2.2. Shaxs sotsial funktsiyasining bajaruvchisi sifatida sotsial rivojlanishning sub‘ekti
Demak, shaxs sotsial funktsiyasining bajaruvchisi sifatida sotsial rivojlanishning sub‘ekti bo’lib qoldi. Shuning uchun halqni tashkil etuvchi shaxslarning ma‘lum bir sotsial funktsiyalarni bajarishini hisobga olmasdan turib, sotsial tizimning xarakatini tushunish mumkin emas. Ularning sub‘ektiv faoliyati ob‘ektiv qonunlarning erkin faoliyatiga yordam berib, bu bilan ijtimoiy rivojlanish jadallashtirishi ham mumkin,yoki ularning faoliyatiga to’sqinlik qilib, rivojlanishni to’xtatib qo’yishi ham mumkin. Shaxsning tizimga ta‘siri darajasi esa uning jamiyatda tutgan, uning ijtimoiy mavqei (status)ga bog’liq.
SHaxsning ijtimoiy mavqei – bu shaxsning uning huquq va majburiyatlari yoshi, jinsi, kelib chiqishi, kasbi, oilaviy ahvoliga mos ravishda jamiyatda egallagan o’rnidir. Shaxsning ijtimoiy mavqeini ikkiga ajratish mumkin: tug’ma (ijtimoiy kelib chiqishi, millat va b. va egallagan ma‘lumotlar, malaka va b.) ijtimoiy mavqelar. Ijtimoiy mavqeni shaxsning birlamchi guruhda uning inson sifatida qanday baholanishiga bog’liq holda tutgan o’rni, ya‘ni shaxsiy mavqeidan farqlash lozim.
Demak, ijtimoiy mavqei shaxsning muayyan ijtimoiy tizimda egallagan konkret o’rnini ifodalaydi, ijtimoiy rol esa uning ijtimoiy tizimda egallagan mavqeidan kelib chiqib amalga oshiriladigan faoliyati ifodalaydi.
SHaxs faoliyati deganda, uning ichki va tashqi tendentsiyalarining ijtimoiy hayotda namoyon bo’lish xususiyatlariga aytiladi. Ijtimoiy faollik insonning shaxs sifatidagi darajasining asosiy ifodasi bo’lib, uning yuksak qadriyatli ehtiyojlarini qondirish usuli va sifat ko’rsatkichidir. Demak, ijtimoiy faollik shaxsning muhim sifatidir.
SHaxs faolligi uning hayotini boshqarish bilan, kasb tanlashini amalga oshirishi bilan bog’liq bo’ladi. Shu jihatdan shaxs faoliyati sotsiologiyada keng va tor ijtimoiy darajalarda o’rganiladi. Shaxsning bunday darajalarda o’rganilishi metodologik ahamiyat kasb etadi.
Keng ijtimoiy darajada shaxs faoliyatining jamiyat, ijtimoiy sinf, millat, davlat miqyosida namoyon qiladigan xususiyatlari tadqiq qilinadi. Masalan, O’zbekistonda, bozor munsabatlariga o’tish jarayonida shaxs milliy tuyg’usining, vatanparvarligining ortib borish tendentsiyalari, davlat tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlaridagi ishtiroki, siyosiy faolligining namoyon bo’lish jihatlari umumnazariy jihatdan o’rganiladi.
Nisbatan, tor ijtimoiy doirada shaxs faolligi, oila, ish joyi, kichik jamoalar darajasida konkret sotsiologik tadqiqot usullari yordamida o’rganiladi. Kichik ijtimoiy darajada shaxs faolligi to’g’risida olingan sotsiologik ma‘lumotlar tahlil qilib umumlashtiriladi va ular keng ijtimoiy darajada umumnazariy xulosalar chiqarishga, ta‘rif berishga xizmat qiladi. G’arb ijtimoiy hayotida shaxs iindividualligi, avtonomligi mavjuddir. Undan farqli sharq, xususan O’zbekiston ijtimoiy hayotida shaxs faoliyati o’zi yashayotgan kichik ijtimoiy muhitda, jamoalarda, mahallada ko’proq namoyon bo’ladi. Shuning uchun, bizning sharoitda shaxs ijtimoiy faolligini kichik ijtimoiy darajada o’rganish ancha qulay va ko’plab empirik ma‘lumotlar bera oladi.
Xulosa qilib aytganda, shaxs faolligini kichik va tor ijtimoiy darajalarda o’rganish uslubiyoti o’zaro dialektik bog’liqdir.
SHaxs manfaati – bu individ faoliyatining u yoki bu ehtiyojni qondirish bilan bog’liq yo’nalganligidir. Manfaat shaxsni mavjud sharoitda hayot shaklini o’zgartirish yoki saqlash uchun kurashishga undovchi hal qiluvchi omil hisoblanadi. Manfaatlar asosida kishilarning ehtiyojlari yotadi. Ular sotsial qonunlar talablarini ifodalaydi, buning natijasida manfaat ehtiyojni anglashda muhim omil sifatida namoyon bo’ladi. Bundan tashqari, manfaatlar orqali shaxs faoliyatini amalga oshirishi jarayonidagi harakatida aks etadi. Manfaatning to’rt turi farqlanadi:
1. Munosabat manfaat shaxsning faoliyati jarayonida u yoki bu ob‘ektdagi voqea va hodisalarga nisbatan qiziquvchanligini anglatadi. Munosabat manfaat shaxsda shu voqellikka nisbatan e‘tiqodining shakllanishidan paydo bo’ladi. Shu sababli munosabat manfaat ijtimoiy munosabatlar sistemasida muhim o’rin tutadi. Munosabat manfaat shaxsda shakllanganligiga ko’ra ikki ko’rinishda farqlanadi. Birinchisi: asosiy munosabat manfaat – bu shaxsning hayotiy faoliyati jarayonida maqsad va vazifasini belgilab olib qilgan harakatlarini o’z ichiga oladi. Ikkinchisi: yordamchi va ikkinchi darajadagi munosabat manfaat. Bu shaxsning faoliyati jarayonida o’zining maqsad va vazifalarini belgilab olib qilgan harakatidan tashqarida yoki undagi voqelikka qiziqishini bildiradigan manfaatdir.
2. Harakat manfaat shaxsning u yoki bu faoliyat sohasida qatnashishida namoyon bo’ladigan manfaat shaxsning faoliyat jarayonining aktivligi yoki passivligini bildiradi. Maqsadli harakat manfaat esa o’z boshlang’ich faoliyati bilan cheklanib qolgan va tor doiradagi harakat manfaatdir.
3. Tayanch manfaat shaxsning boshqa shaxslar, guruhlar bilan uzoq sotsial ta‘sirlashuv jarayonida shakllangan va turli shaxslararo, guruhlararo munsabatlarda ma‘lum bir faoliyatda yoki ijtimoiy munosabatlarda shakllanadi va sotsial dinamik xususiyatga ega bo’ladi. Tayanch manfaat shaxsda o’zining imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda, unda stereotiplarning shakllanishida asos bo’lib xizmat qiladi.
4. Yo’nalish manfaat manfaatlar ichida murakkab hisoblanadi, chunki shaxs manfaatlaridan birinchi, ya‘ni o’zi uchun muhimini tanlashini talab qiladi. Shaxs manfaatlari ma‘lum bir ijtimoiy muhitda shakllanadi va sotsial dinamik xususiyatga ega bo’ladi. Ijtimoiy muhitning o’zgarishi shaxsdan o’z manfaatlarini o’zgartirishni talab qiladi.
SHaxs o’z manfaatlarini yangi sotsial vaziyatda o’zgartira olmaydigan holatlarda uni o’zgartirishga majbur qiladigan sotsial adaptatsiya mexanizmi ishga tushadi. Sotsial adaptatsiya mexanizmlari o’zgargan sharoitga shaxsiy munosabatni shakllantirish imkonini beradi va shu bilan birga shaxs faoliyati natijasidan kelib chiqadigan keskinlikni yumshatish imkonini beradi.
SHaxsning ijtimoiylashuvi ya‘ni ijtimoiy shakllanshi va rivojlanishi bu juda murakkab, ko’p qirrali jarayondir, u ob‘ektiv muhit ta‘siri ostida ham, maxsus tashkil etilgan va ongli yo’naltirilgan tarbiya ishlari ta‘siri ostida ham yuzaga keladi. Sotsiologiya ijtimoiylashuvni: birinchidan, shaxsning insoniyat tomonidan yaratilgan madaniyatni o’zlashtirish mexanizmi sifatida qaraydi. Ijtimoiylashuv shaxsni tarbiyalashga nisbatan kengroq ma‘no kasb etadi. Tarbiyalash tashkil etilgan, maqsadli yo’naltirilgan, oldindan programmalashtirilgan sotsial faoliyatdir. Ijtimoiylashuv esa bu faoliyat bilan bir qatorda yana iqtisodiy, siyosiy, kundalik turmush va boshqa shu kabi shaxsga stixiyali ta‘sir ko’rsatuvchi ob‘ekt faktorlarning ijtimoiylovchi ta‘sirini ham o’z ichiga oladi.
Ijtimoiylashuvning jamiyatni «tashkil etuvchi mexanizmi» sifatidagi mohiyatini shaxsni bir vaqtning o’zida ham sotsial ta‘sirining ob‘ekti, ham sotsial faoliyat sub‘ekti sifatida qaralganda ochish mumkin. Bu birinchi navbatda shaxsning muhit bilan o’zaro aktiv faoliyati jarayonidir. Bu o’zaro faoliyat bir tomondan, muhit tomonidan shaxsga uning rivojlanish jarayoni yo’nalishiga hal qiluvchi ta‘sir ko’rsatilishida, namoyon bo’lsa, ikkinchi tomonidan shaxsning muhitga aktiv kirib borishi va bu jarayonda mukammllashib, o’z hayotiy pozitsiyasini, qadriyatli yo’nalishini belgilab olishida namoyon bo’adi.
SHaxsning sotsial muhit bilan o’zaro faoliyati bir necha etapda o’tadi: individlarning birlamchi ijtimoiylashuvi (individual tajriba orttirish, sotsial-shartlangan reaktsiyalarni ishlab chiqish).
Individning sotsial jamoa bilan o’zaro faoliyati (guruh ichidagi o’zaro hatti-harakat va b.), va nihoyat, individning butun jamiyat bilan o’zaro faoliyati (sotsial adaptatsiya, individual hulq-atvor motivatsiyasida sotsial ko’nikmalar va b.).
«Sotsial muhitning» shaxsga ta‘siri jarayoni ko’p qirralidir, chunki, u sotsial sistemaning barcha tomonlari, jarayonlarining majmuasini ifodalaydi: moddiy elementlar, individni o’rab turgan, o’z konkret sotsial roli, pozitsiyasi, qarashlari va o’rganishlariga ega bo’lgan odamlar, individ tomonidan o’zlashtiriladigan, qabul qilmaydigan (yoki individ tan olmaydigan, qabul qilmaydigan) sotsial hulq-atvor normalar, shuningdek, jamiyatda obe‘ktiv mavjud bo’lgan sotsial imkoniyatlar, sotsial «ko’nikmalar», talablar strukturasi.
Individlarni tarbiyalash va ularning kundalik turmushining sotsial shart-sharoitlarni yaxshilash shaxsning sotsial muhit bilan o’zaro faoliyati jarayonining maqsadli yo’naltirilgan boshqaruvini bildiradi. Bu o’zaro faoliyatning muhim tarkibiy qismi qilib shaxs va uni o’rab turgan odamlar o’rtasidagi munosabatlarni olish tizimi.
Ijtimoiylashuvda mafkura uni o’qitish tizim muhim o’rin tutadi. U bir tomondan, g’oyalar, qarashlar, kontseptsiyalarni ommalashtirish va «ist‘emol qilish» o’z ichiga oladi, bular asosan ommaviy axborot vositalari, maktablar va boshqa mafkuraviy institutlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ijtimoiylashuvda ijtimoiy etalonlar tizimi ham o’ziga xos o’ringa ega. Ularga sotsial normalar, baholovchi mezonlar, urf-odatlar, an‘analar va boshqalar kiradi. Ular shaxsning jamiyatga, sinfga, kollektivga oila va boshqalarga nisbatan majburiyatlarini belgilaydi, uning hulq-atvorini boshqaradi. Bunda hulq-atvorning majburiy va mumkin bo’lgan tipik variantlarini aks ettiruvchi sotsial normalar hal qiluvchi rol o’ynaydi. Ijtimoiy etalonlar tizimida baholovchi kriteriylar – siyosiy, huquqiy, estetik, pedagogik va bu o’ziga xos ahamiyatga ega. Ular individual emas, balki umumiy xarakterga ega normalardan farqli o’laroq ular majburiy hulq-atvorni belgilamaydi, balki amalga oshirilgan yoki mumkin bo’lgan hulq-atvorning umumiy xarakteristikasini tashkil etadi. Masalan, san‘atning baholovchi kriterialari tipik shaxsning badiiy obrazi orqali ko’rinadi va shu obraz orqali shaxsga real ta‘sir ko’rsatadi.
SHaxsning sotsial mavqei, roli va funktsiyalari tizimi haqida gapiradigan bo’lsak, ular shaxsning sotsial aloqalar va munosabatlar sistemasida tutgan o’rnining ko’rsatkichlari sifatida shunga mos sotsial pozitsiyalarni shakllantiradi, sotsial sistemaning turli sohalardagi o’z hayotiy faoliyati jarayonida hulq-atvor tajribasini o’zlashtirish usuli va xarakteriga katta ta‘sir ko’rsatadi.
Insonning ijtimoiylashuv va tarbiya asosidagi shaxsga xos xususiyatlarining shakllanish jarayonini qator ob‘ektiv va sub‘ektiv faktorlar bilan asoslash mumkin: 1) sotsial ehtiyojlar va qiziqishlar; 2) sotsial yo’nalishalr va pozitsiyalar; 3) hulq-atvorni strategik tashkil etish; 4) sotsial aktivlik;
Sotsial ehtiyojlar va qiziqishlar tizimi, ilgari aytib o’tganimizdek, shaxsning ijtimoiylashuvi va tarbiyasi asosini tashkil etadi. Ehtiyojlar inson faoliyatining va hulq-atvorining birlamchi, asosidir, ularni yuzaga keltiruvchi kuchdir. Ijtimoiylashuv jarayoni jamiyatning hamda shaxsning o’zining ob‘ektiv va qiziqishlarini anglab yetishda, ularni ijtimoiy ahamiyatga ega hulq-atvor motiviga aylantirishda, ularga nafaqat tashqi zarurat yuzasidan, balki ichki ishonch yuzasidan ham rioya qilishda o’z aksini topadi.
SHaxsning sotsial yo’nalishi va dunyoqarashi sistemasiga programmalar, maqsadlar, ishonch-e‘tiqodlar va baholovchi kriteriylar yig’indisi kiritiladi. Ular shaxsning afzalroq va majburiy fe‘l-atvorini belgilaydi. Dunyoqarash shaxsning mavqeidan kelib chiqadi va uning tashqi dunyoga ichki dunyoga ichki sub‘ektiv munosabatini bildiradi. U tanlash xususiyatiga ega va shaxsning u uchun tabiiy bo’lgan masalalarga ustunroq turuvchi munosabatini boshqarishga, fe‘l-atvorini baholashga va ob‘ektiv sotsial voqelik bilan aktiv munosabat o’rnatishga ega.
Fe‘l-atvorni ichki strategik tashkil etish tizimini (ya‘ni maqsadlarga erishish, umumiy g’oyalar va dunyoqarash printsiplarga ergashish) ijtimoiylashuvining asoslovchi mexanizmlarini harakatga keltirish «vositasi» sifatida qarash mumkin. U bir tomondan shaxsning ehtiyojlari qiziqishlari orientatsiyalari /yo’nalish/ va pozitsiyalari /dunyoqarash/ va ikkinchi tomonda uning aktivligi o’rtasida «ko’prik» sifatida namoyon bo’ladi. Bu tizim tufayli ma‘lum bir ehtiyojlar, talablar va ob‘ektiv shart-sharoitlarga mos keluvchi hatti-harakatga o’tiladi.
Ijtimoiylashuvning shaxsga xos tizimlari konkret – tarixiy xarakterga ega va shaxsning ijtimoiylashuvi jarayoni mohiyatini ochib beruvchi ijtimoiy munosabatlar tipi va xarakteriga bog’liq. Agarda jamiyatda uning a‘zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari, orientatsiyalari va fe‘l-atvorining merkantil yo’nalishi hukmron bo’sa, u holda odamlarning hohish va intilishlarida shaxs ijtimoiylashuvining asosiy mohiyati sifatida qaraluvchi qadriyatli –ehtiyojli orientatsiyasi, individualizm «qadriyat»lari ustunroq turadi.
Bozor munsabatlariga o’tish yo’lidagi mulkchilikning turli ko’rinishlarida, tadbirkorlikning rivojlanishida, shuningdek, xalq ma‘naviyatining tiklanishida insonga o’z sotsial tabiatining ko’rsatishga, jamiyatning aktiv a‘zosi sifatida sotsial funktsiyalarini bajarishga yordam beruvchi mutlaqo yangi ijtimoiylashuv tipi uchun ob‘ektiv asoslar yuzaga kelmoqda.
Xulosa
Demak, shaxsning jamiyatga, sotsial jamoalarning turli tiplariga madaniyat elementlari, sotsial norma va qadriyatlarni o’zlashtirish orqali sodir bo’ladigan jarayon ijtimoiylashuv deb ataladi. Individning sotsial tashkilot elementlar bo’lishi qay tarzda ro’y berishidan, bir tomondan, sotsial tashkilotning shaxsga ta‘sir etishi orqali qobiliyatini shakllanishi, ikkinchi tomondan, shaxsning boshqa odamlar ta‘siriga berilishi qobiliyatining shakllanishiga bog’liqdir.
SHaxsning ijtimoiylashuvi jarayonini ikki bosqichga, ya‘ni sotsial adaptatsiya va sotsial interiorizatsiya bosqichlariga ajratish mumkin.
Sotsial adaptatsiya individning sotsial sharoitlarga, funktsiyalarga, sotsial normalarga, sotsial guruhlarga, tashkilot va institutlarga, ya‘ni muhitga moslashishi bosqichidir. Sotsial adaptatsiya jarayoni asosan oiladan boshlanadi va shakllanadi. Oiladagi har qanday munosabatlar shaxsning ijtimoiylashuvi jarayonida o’z aksini topadi. Shu sababli individning shaxs sifatida shakllanishida oila muhim rol o’ynaydi.
Sotsial interiorizatsiya sotsial norma va qadriyatlarning individning ichki dunyosiga kirishishi jarayonidir. Shaxs sotsial muhitga qorishib ketmaydi, balki unga mustaqil birlik sifatida kiradi. Ko’pgina nazariyalarda shaxsning ijtimoiylashuvi tashqi ta‘sir ob‘ekti sifatidagina qaraladi. Bu nazariyalarda asos qilib faqatgina ijtimoiylashuv yordamida sotsial o’zgaradigan insonning tabiiy mohiyati olinadi; shaxsning aktivligi va ungi beriladigan biologik xususiyatlar hisobga olinmaydi. Ijtimoiylashuv shunga asoslanadiki, odam ijtimoiy faoliyatchi sifatida o’zining ham, ijtimoiy hayotning ham sharoit va vaziyatlarini belgilovchi omildir. Shaxs – sotsial ta‘sirlanishning ob‘ekti va sub‘ektidir. Ijtimoiylashuv jarayonida belgilar tizimi muhim ahamiyatga ega. Belgilar yordamida jamiyat individlar faoliyatini boshqaradi. Individ sotsial faoliyati ko’rsatishi uchun sotsial jamoada qabul qilingan belgilar va ularni ishlatish usullarini o’zlashtirgan bo’lishi kerak. Individ faoliyat qiluvchi mavjudotdir, u tashqi muhitga shunchaki, javob bermaydi, balki amaliy faoliyat jarayonida ham tashqi muhitning ob‘ektiv qonuniyatlarni, ham inson sifatidagi o’zining taraqqiyot va faoliyati qonuniyatlarini anglaydi va bu anglash asosida o’zining faoliyatini boshqarish faqat ob‘ektiv va sub‘ektiv qonuniyatlarni bilishini emas, balki shu qonuniyatlar elementlarining ma‘lum sharotidagi shakl va xususiyatlarini ham bilishni taqazo qiladi.
SHaxslarning sotsial faoliyati va sotsial harakatining boshlang’ich nuqtasi ma‘lum ehtiyoj va manfaatlarni yuzaga keltiruvchi ob‘ektiv hayot sharoitlaridir. Faoliyat turlari ko’pginadir, lekin eng muhimi ularning barchasi shaxsni moddiy va ma‘naviy asosini tashkil qiluvchi, ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, ehtiyojlar shaxsning tashqi muhitga ob‘ektiv bog’liqligini bildiradi. Shu sababli shaxsning amaliy faoliyati ehtiyojlarni qondirish shakli sifatida qaralishi, ob‘ektiv sharoitlarning in‘ikosi va ularni qondirishning real imkoniyatlarni anglash sifatida qaralishi mumkin, ehtiyojlarning ikki ko’rinishi farqlanadi: tabiiy va jamiyat tomonidan paydo bo’lingan ehtiyojlar, ya‘ni sotsial ehtiyojlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |