Mamlakatimizda bunyod etilayotgan insonparvar, demokratik jamiyat, huquqiy davlat qurish tajribasi jamiyatni mafkurasiz tasavvur etish mumkin emasligini yana bir bor isbotladi


Milliy istiqlol mafkurasining asosiy vazifasini ro‘yobga chiqarish



Download 103 Kb.
bet3/7
Sana05.07.2022
Hajmi103 Kb.
#741421
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ijtimoiy institutlar tizimida milliy g\'oyaning o\'rni va ahamiyati

1.2. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy vazifasini ro‘yobga chiqarish
Barkamol inson shaxsini shakllantirish uchun birinchi navbatda mustahkam mafkuraviy ta’sir sistemasini shakllantirish zarur bo‘ladi. Bu sistemada jamiyatning barcha ijtimoiy institutlari o‘z o‘rniga, o‘z funksiyalariga ega bo‘lmog‘i kerak, biroq ularning barcha imkoniyatlari milliy istiqlol manfaati tomon yo‘naltirilmog‘i lozim.
Jamiyat taraqqiyoti va shaxs kamoloti uchun zarur bo‘lgan ma’naviy va axloqiy poklanish, iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr - oqibat, keksalarga, davlatimiz ramzlariga hurmat singari chinakam insoniy fazilatlar odamlarda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Hammasining zaminida yosh avlodga oilada, umumta’lim maktablarida, xalq ta’limi tizimining boshqa tarmoqlarida sidqidildan beriladigan chuqur ta’lim -tarbiya yotadi.
Jamiyatning, davlatning, insonning kelajagi oiladan boshlanadi. Oila - jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir. Oilada singdirilgan tarbiya, Vatan, el - yurt, mustaqillik ozodlik haqida beriladigan ilk tushuncha va tasavvurlar bolaning mur-g‘ak qalbida bir umrga muhrlanib qoladi. “Oila turmush va vijdon qonunlari asosida quriladi, o‘zining ko‘p asrlik mustahkam va ma’naviy tayanchlariga ega bo‘ladi, oilada demo-kratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab ehtiyoj-lari va qadriyatlari shakllanadi... Bu esa oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir. (Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura.- Toshkent, 1996, 47-bet).
Jamiyatning barcha ijtimoiy institutlarining, eng aso-siy bo‘g‘ini bo‘lmish – oila va uning muqaddasligini ta’minlash muhim masalalardan biridir. Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlaydigan, milliy qadriyat-larning rivojini ta’minlaydigan, yangi avlodni dunyoga keltirib, uni ma’naviy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalaydigan, jamiyatning asosiy negizi hisoblanuvchi muqaddas maskandir. Biroq oila mazmun va mohiyatiga ko‘ra har bir xalq, har bir millat uchun o‘ziga xos xarakterli xususiyatlarga egadir. Sharqda oila tushunchasi oila qurish va uning mustahkamligini, farovonligi va barqarorligini ta’minlash insonning o‘z millati, avlod - ajdodlari, jamiyati oldidagi muqaddas burchi hisoblanadi. Ayniqsa, o‘zbek xalqi uchun oila eng muqaddas dargohdir. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda: “Bunda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini ado etmasa, bir - biriga nisbatan ezgulik bilan mehr - oqibat ko‘rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. O‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oilasining, qarindosh - urug‘lari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarining omon - esonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi.” (qarang: Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-Tom. “O‘zbekiston”, - Toshkent, 1996, 49-bet).
Shuning uchun ham jamiyatning barcha ijtimoiy institut-larining eng asosiy bo‘g‘ini bo‘lmish – oila va uning muqad-dasligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Demak, oila poydevorining mustah-kamligi – jamiyat poydevorining mustahkamligini ta’min-lashning asosiy shartidir, uning moddiy va ma’naviy barkamolligi esa davlat va jamiyat farovonligining negizidir.
Ma’lumki, oilaning bir nechta asosiy vazifalari mav-juddir. Chunonchi, birinchidan, oila reproduktivlik funksiya-sini bajaradi, ya’ni farzand ko‘rish orqali avlodlar vori-siyligi va davomiyligini, kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyotini ta’minlaydi. Ikkinchidan, oila nuklearlik (nuklear – lotincha so‘z bo‘lib, yadro degan ma’noni anglatadi) funksiyasini bajaradi. Oilaning ko‘p bo‘g‘inliligini ifoda-laydigan, er - xotin va bolalardan iborat bo‘lgan oila nuklear oila deb ataladi. Uchinchidan, oilada birgalikda iqtisodiy-moliyaviy xo‘jalik faoliyati yuritiladi. To‘rtinchidan, oilada dunyo voqealaridan voqif bo‘lish, uning mazmunini oila a’zolari o‘rtasida muhokama etish imkoniyatlari mavjud. Biroq oila bajaradigan eng muhim funksiya tarbiya bilan bog‘liqdir.
Mafkuraviy ta’sir sistemasida maktabgacha tarbiya muassasalarining o‘rni ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ular oila bilan xamkorlik qilgan holda insonlarni har tomonlama kamol toptirish va tarbiyalashga da’vat etilgan. Maktabgacha tarbiya muassasalarining asosiy vazifasi inson kamoloti asoslarini shakllantirishdan, uning bilimga qiziqishini, madaniy - axloqiy ehtiyojlarini, dastlabki ko‘nikmalarini, ilmga muhabbat qo‘yishini o‘stirishdan, salomatligini mustah-kamlashdan iborat.
Biroq bugungi kunda maktabgacha tarbiya muassasalari o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni to‘la bajara olmayotir. Moddiy tanqislik, mutasaddi tashkilotlarning e’tiborsizligi, ularda ishlayotgan xodimlarning malakasizligi bolalar ijtimoiy qiyofasiga samarali ta’sir ko‘rsatishga xalal berayotir. Maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyaviy imkoniyat-larini mustahkamlash uchun eng avvalo ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash, malakali kadrlar bilan ta’min-lash zarur bo‘ladi.
Umumiy talim maktablarida sinfdan va maktabdan tashqarida amalga oshirilayotgan tarbiyaviy ishlar jamiyatning boshqa ijtimoiy institutlari amalga oshirayotgan bir butun, yaxlit tarbiyaviy tasir doirasida bo‘lib, ushbu maqsadli, ongli faoliyatning davomidir. Umumiy talim maktablarida yigit va qizlarning ilk ijtimoiy qadriyatlari, axloqiy, siyosiy, huquqiy va boshqa qarashlari shakllanadi.
Biroq umumta’lim maktablarida olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar jamiyatning boshqa ijtimoiy institutlari tasiridan tashqarida qolayotgandek tuyuladi. Hatto o‘quv jarayoni bilan bo‘sh vaqt ramkasida amalga oshirilayotgan maqsadga muvofiq ijtimoiy tasir biri - ikkinchidan ajralib qolmoqda.
Umumta’lim maktablarida va maktabdan tashqarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlar haqida gapirganimizda, uning tashkilotchilari jamiyatda amalga oshirilayotgan ijti-moiy tarbiya sistemasi haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘lishlari lozimligini ham nazarda tutishimiz darkor. Malumki, jamiyatni turli ijtimoiy institutlari aniq dastur, reja asosida amalga oshirilayotgan tarbiyaviy ishlarning hammasi yaxlit, bir butun sistemani tashkil etadi. Umumiy talim maktablaridagi tarbiyaviy ishlar o‘sha bir butun sistemaning bo‘lagi hisoblanadi. Keyingi yillarda tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish borasidagi fikr - mulohazalarimiz malum bir bo‘lak atrofida o‘ralashib qoldi. Tarbiya borasida qilgan say - harakatlarimizning amaliyotda samarasiz, bo‘lib qolayot-ganligining asosiy sabablaridan biri butun bilan bo‘lak orasidagi aloqadorlik mexanizmida tub sifatiy o‘zgarish yasay olmaganligimizda, o‘sha mexanizmni bir maromda uzluksiz ishlashini taminlay olmaganimizda bo‘lsa kerak. Afsuski, yaratiladigan konsepsiyalarda ham o‘sha butun bilan bo‘lak orasidagi aloqadorlikni takomillashtirish yo‘llari, uslub-lari ko‘rsatib berilmagan.
Mafkuraviy ta’sir sistemasining markaziy komponenti mehnat jamoasi bilan bog‘liq. Chunki aynan mehnat jamoasi yordamida shaxs jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarda ishtirok eta boshlaydi. Mehnat jamoasida shaxsning ijtimoiy qiyofasi shakllanadi, ehtiyojlari va manfaatlari qondiriladi. Xuddi shuning uchun ham K. Gelvetsiy, T. Mor, T. Kampanella, A. Sen-Simon, Sh. Furye, R. Ouen va boshqa mutafakkirlar mehnat jamoasi muammolariga alohida e’tibor berganlar.
O‘zbekistonda amalga oshirilgan ijtimoiy - iqtisodiy islohotlar natijasida mamlakatdagi mehnat jamoalarining qiyofasi tubdan o‘zgardi. Bugungi kunda mehnat jamoalarining qariyb 70 foizi xususiy sektorga taalluqli. Bu hol, albatta, mehnat jamoalarining tarbiyaviy imoniyatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Afsuski, ushbu ta’sir aksariyat hollarda salbiy xarak-terga ega bo‘lib qolmoqda. Chunki xususiy sektorda mashg‘ul bo‘l-gan mehnat jamoalari asosiy e’tiborni daromadga qaratmoq-dalar. Ma’naviy - axloqiy rivojlanish bilan bog‘liq masalalar esa hatto rejalashtirilmaydi ham. Buning natijasida mehnat jamoalarining tarbiyaviy imkoniyatlari to‘liq ro‘yobga chiqmay qolayotir. Insonparvar, demokratik jamiyat barpo etish va barkamol avlodni shakllantirish vazifasini o‘z oldimizga qo‘yar ekanmiz, mehnat jamoalarining diqqat - e’tiborini nafaqat daromad, balki ma’naviy-axloqiy rivojlanish muammolari bilan ham mashg‘ul etish yo‘larini izlab topishimiz lozim.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlar davomida fuqarolarning hayotdagi pozitsiyasini shakllanti-rishda, jamiyat kelajagi bo‘lgan yoshlar tarbiyasi samara-dorligini oshirishda jamoat tashkilotlarining, xususan mahalla kengashlari va madaniy - ma’rifiy uyushmalarining roli oshib bormoqda. Ayniqsa, jamoat tashkilotlari, mahalla kengashlari va oilaning yoshlar tarbiyasi borasidagi hamkorligi takomillashmoqda. Ushbu hamkorlikning rivojlana borishi milliy istiqlol mafkurasi vazifasining bajarilishi uchun puxta zamin tayyorlaydi.
Yuqoridagi mulohazalarimizdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
1.Oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy ta’lim maktablari, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari, mehnat jamoalari, jamoat tashkilotlari murakkab mafkuraviy ta’sir sistemasini tashkil etadilar.
2. Mafkuraviy ta’sir sistemasining samaradorligi ushbu sistema elementlari faoliyati bilan bog‘liq muammolarning o‘z vaqtida aniqlanishi va bartaraf etilishi bilan bog‘liq.
3.Mamlakatimizda insonparvar, demokratik jamiyatning barpo etila borgani sayin mafkuraviy ta’sir sistemasi tar-biyaviy imkoniyatlari ham kengaya boradi.

Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish