VII. Iqtisodiyotni ekologiyalashtirish va tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari
18.
Iqtisodiyotning barcha sektorlarida ekologik jihatlar hisobga olinishini ta’minlash.
Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning uzoq muddatli dasturiy hujjatlari, konsepsiyalari va strategiyalarini, shu jumladan ularni strategik jihatdan ekologik baholash, shuningdek, ekotizimlarning qayta tiklash imkoniyatlari va ehtimoliy sig‘imini hisobga olgan holda, alohida loyihalarning atrof muhitga ta’sirini baholash orqali qayta ko‘rib chiqish.
Iqtisodiyot sektorlarini ekologik tarkibiy qismni hisobga olgan holda rivojlantirish.
19.
Iqtisodiyotni jadallik bilan ekologiyalashtirish vositalarini yaratish.
Quyidagilar bo‘yicha choralar ko‘rish:
Davlat ekologiya qo‘mitasi, aloqador vazirliklar va idoralar
Iqtisodiyot sektorlarini rivojlantirishni rejalashtirishda ekologik tarkibiy qismni hisobga olish orqali ifloslanish hajmlarini kamaytirish va ekologik vaziyatni yaxshilash.
ekotizimlarning qayta tiklash imkoniyatlari va ehtimoliy sig‘imini baholash ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;
2020-yil 1-iyun
Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari
xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini ekologik sug‘urtalash va ekologik auditdan o‘tkazish tizimini joriy etish;
2020-yil 1-dekabr
atrof muhitning sifatini belgilab beruvchi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro standartlarga (BMTning YIK, YI va boshqalar) o‘tish.
2021-yil 1-dekabr
Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari
20.
Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashti-rish.
Xalqaro tajribani o‘rganish.
2020-yil 1-yanvar
—
Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston ekologik partiyasi, aloqador vazirliklar va idoralar
Tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga investitsiyalar ortishi uchun shart-sharoitlar yaratish va ekologik toza texnologiyalardan foydalanishni rivojlantirish.
Milliy normativ-huquqiy bazani xatlovdan o‘tkazish
2020-yil 1-mart
Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish:
2020-yil 1-dekabr
“ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyilini to‘liq ro‘yobga chiqarib, tashlangan chiqindilar va tashlamalar uchun to‘lov miqdorlarini ularning hajmi hamda atrof muhit va aholi salomatligi uchun xavfiga bog‘liq bo‘lishini ta’minlash;
nazorat ostidagi ifloslantiruvchi moddalar sonini YI standartlari asosida optimallashtirgan holda chiqindi va tashlamalar ustidan samarali nazorat mexanizmini joriy etish;
iqtisodiyotni xomashyo eksport qilishdan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish va chuqur qayta ishlashga o‘tkazishni rag‘batlantiruvchi soliq va tarif siyosatini shakllantirish hamda olib borish;
ekologik neytral texnologiyalar, tovarlar va xizmatlardan foydalanish va olib kirishni rag‘batlantiruvchi soliqlar va bojlar tizimini yaratish;
xo‘jalik faoliyati natijasida atrof muhitga yetkazilgan zararni hisoblashning samarali usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
qayta tiklanuvchi va noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirish, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olingan elektr energiyasini tarmoqqa yetkazib berish bo‘yicha maxsus xarid tarifini (“yashil tarif”) joriy etish;
sanoat chiqindilarini takroriy ishlatish va ikkilamchi qayta ishlashni rag‘batlantiruvchi bozor mexanizmlarini joriy etish.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.
2021-yil 1-aprel
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.