III. Suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar
5.
Suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Quyidagilarga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish:
suvni hisobga olish va monitoring qilish tizimini takomillashtirish;
suv resurslarini yo‘qotishni 2 foizga kamaytirish;
eng avvalo qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni tomchilab sug‘orishga o‘tkazish va ularning maydonini 4 foizga yetkazish hisobiga qishloq xo‘jaligidagi suv iste’molini 2 foizga kamaytirish;
sanoat korxonalarini tozalash inshootlari bilan jihozlashni rag‘batlantirish;
respublikadagi kanalizatsiya tozalash inshootlarini tubdan modernizatsiya qilish choralarini ko‘rish;
sanoatda suv ta’minotining aylanma siklini keng joriy etishni ta’minlash va uning umumiy suv iste’moli hajmini 10 foizgacha yetkazish;
respublika aholisining 20 foizini kanalizatsiya tizimi bilan qamrab olinishini ta’minlash.
2021-yil 1-dekabr
—
Suv xo‘jaligi vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston ekologik partiyasi
Suv yo‘qotishni kamaytirish hisobiga suv resurslaridan oqilona foydalanilishi.
IV. Atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar
6.
Joylarda Konsepsiyaning atmosfera havosini muhofaza qilishga doir qismi bajarilishini ta’minlash.
Quyidagilarni inobatga olgan holda, atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha amaldagi idoraviy uch yillik harakat rejalariga tuzatishlar kiritish, yangilarini ishlab chiqish va qabul qilish:
2020-yil 1-yanvar
Aloqador vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mablag‘lari
Manfaatdor vazirliklar, idoralar, Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston ekologik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Atmosfera havosiga statsionar va harakatdagi manbalardan ifloslantiruvchi moddalar chiqish hajmlarining kamayishi.
yangidan foydalanishga topshirilayotgan ishlab chiqarish quvvatlaridagi atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarda kamida 99, 5 foizlik samaradorlikka ega chang-gaz tutgichlar qo‘llanilishini ta’minlash;
faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlaridagi atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarning kamida 30 foizida 95 foizdan past bo‘lmagan samaradorlikka ega chang-gaz tutgichlar qo‘llanilishini ta’minlash.
Quyidagilarni inobatga olgan holda Atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy harakatlar rejalarini ishlab chiqish va qabul qilish:
transport va piyodalar oqimining kesishmalari sonini kamaytirish, magistrallardagi yuklama darajasini pasaytirish, transport oqimi tarkibini, tezlik rejimini, tartibga solish siklini optimallashtirish, yo‘lovchi tashish transporti uchun alohida yo‘l qatori ochish, alohida velosiped yo‘lakchalarini tashkil qilish hisobiga yo‘l harakatini to‘g‘ri tashkil etishni ta’minlash;
jamoat transportining kamida 50 foizini gaz-ballon yoqilg‘i, elektr va boshqa muqobil yoqilg‘i turlariga o‘tkazish, shuningdek, yo‘l infratuzilmasini tashkil etish.
2020-yil 1-yanvar
Mahalliy budjet, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘z mablag‘lari, xalqaro moliyaviy tashkilotlar, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning grantlari
7.
Elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan ifloslantiruvchi moddalarni tashlash bo‘yicha solishtirma me’yorlarni ishlab chiqish va qabul qilish.
Xalqaro me’yorlar va standartlarni o‘rganish.
2019-yil 1-dekabr
Aloqador vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mablag‘lari
Energetika vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi
Elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish bo‘yicha solishtirma me’yorlarning xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilishi.
Texnik tartibga solish sohasida tegishli tahliliy materiallar va me’yoriy hujjat loyihasini tayyorlash.
2020-yil 1-iyun
Texnik tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatni kelishish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2020 yil 1-dekabr
Texnik tartibga solish sohasida qabul qilingan me’yoriy hujjatni hisobga olgan holda energetika kompleksi korxonalarini modernizatsiya qilish dasturlariga tuzatishlar kiritish.