*Manba: “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UK “Buxgalteriya balansi” (2016-2018-yillar)
Aktivlarning koʻpayishini ijobiy baholagan holda, maʼlumotlarga eʼtibor qiladigan boʻlsak, aktivlarning koʻpayishi asosan joriy aktivlarning 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 4 649 087 ming soʻmga ya’ni 9,6 %ga, 2018-yilda 2017-yilga nisbatan esa 47 078 ming soʻmga ortganligi hisobiga bo’lgan. Korxonaning uzoq muddatli aktivlari ham 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 2 595 971 ming soʻmga ya’ni 15 % ga, 2018-yilda 2017-yilga nisbatan 52 166 510 ming soʻmga ya’ni 3.6 barobarga ortganligini ijobiy baholamoq lozim. Joriy aktivlarning tarkibini oʻrganadigan boʻlsak, 2017-yilda 2016-yilga nisbatan Tovar moddiy zaxiralar 838 428 ming soʻmga ya’ni 3.5 % barobarga koʻpaygan,2018-yilda esa 2017-yilga nisbatan 7 310 196 ming soʻmga ya’ni 34.3 % ga kamaygan. Korxona pul mablagʻlari va qisqa muddatli qoʻyilmalari 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 3 210 ming soʻmga ya’ni 3.5 barobarga ortgan, 2018-yilda esa 2017-yilga nisbatan – 1 535 ming soʻmga ya’ni 34.3 % ga kamaygan. Korxona aktivlari tarkibida 2018– yilda asosiy salmoqni uzoq muddatli aktivlar egallamoqda, yaʼni u 57 % ga yaqin aktivlar summasini tashkil etmokda.
7-rasm. “Oʻztemiryoʻlmashta’mir” unitar korxonasining buxgalteriya balansi aktiv moddalarining dinamikasi
“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UK da 2017-yilda 2016-yilga nisbatan aktivlar summasi 7 245 058 ming soʻmga, 2018-yilga 2017-yilga nisbatan esa 52 223 588 ming soʻmga koʻpaygan. Aktivlarning koʻpayishini ijobiy baholagan holda, maʼlumotlarga eʼtibor qiladigan boʻlsak, aktivlarning koʻpayishi asosan joriy aktivlarning 2017-yildda 2016-yilga nisbatan 4 649 087 ming soʻmga, 2018-yilda 2017-yilga nisbatan esa 47 078 ming soʻmga ortganligi hisobiga bo’lgan.
Balansning passiv qismida korxona mabagʻlarini qoplash manbalari koʻrsatiladi. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoyitida mablagʻlarni toʻldirish quyidagilardan iborat:
-Oʻzlik mablagʻlarning manbalari
- Majburiyatlar
Bunda eng muhim oʻrinni korxonaning oʻziga qarashli ustavga qoʻshilgan, rezerv, kapitallar, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushum va fondlar, kelgusi davr sarflari va toʻlovlari uchun rezervlar, kelgusi davr daromadlari egallaydi. Ustav kapital korxona ixtiyoridagi doimiy berkitilgan asosiy va aylanma mablagʻlarning hajmini koʻrsatadi. U turli xoʻjalik muomalalari taʼsirida oʻzgarib turadi. Bunga foydaning taqsimlanishi hisobiga toʻldirilish, xomiylarning aʼzolik badallari, asosiy vositalarning qayta baholanishi va boshqalar sabab boʻlishi mumkin. Mablagʻlarning ko’paytirish manbalari tarkibida foyda alohida oʻrinni egallaydi. Foyda hajmining koʻpayishi eng avvalo Nizom jamgʻarmasini toʻldirishga va boshqa ehtiyot jamgʻarmalari yaratilishga olib keladi.
Kredit va boshqa mablagʻlarga qisqa, oʻrta, uzoq muddatga moʻljallab olingan kreditlar, oʻz muddatida uzilmagan ssudalar va boshqa qarz mablagʻlari kiradi. Shuningdek kreditorlar bilan hisoblashishlar va boshqa passivlar ham shu yerda inobatga olinadi. Bunda kreditorlik qarzlardan tashqari byudjetga, sugʻurta va mehnat haqi yuzasidan korxonaning qarzlari koʻrsatiladi.
Quyidagi 6-jadvalda “Oʻztemiryoʻlmashta’mir” unitar korxonasining buxgalteriya balansi passiv moddalarining dinamikasi keltirilgan.
Quyida keltirilgan 6-jadval maʼlumotlaridan koʻrinadiki, tahlil qilinayotgan “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKda jami passivlari 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 7 245 058 ming soʻmga ya’ni 11 % ga, 2018-yilda 2017-yilga nisbatan 52 223 588 ming soʻmga ya’ni 72 % ga koʻpaygan. Korxonada mol-mulkni tashkil etuvchi manbalarning bunday tartibda koʻpayishini ijobiy holat sifatida baholamoq lozim.
6- jadva
“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UK ning buxgalteriya balansi passiv moddalarining tahlili,ming soʻm *
Koʻrsatkichlar
|
2016-yil
|
2017-yil
|
2018-yil
|
2017-yil 2016-yilga nisbatan
|
2018- yil 2017- yilga nisbatan
|
Farki
|
%
|
Farki
|
%
|
1.Oʻz mablagʻlarining manbalari
|
42 844927
|
43 603571
|
99 181744
|
758 644
|
102
|
5578173
|
222
|
2.Majburiyatlar,
Shu jumladan:
|
22 398748
|
28 885162
|
25 530 577
|
6 486414
|
129
|
-3354585
|
88,3
|
2.1 Qisqa muddatli
|
112 234
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
2.2 Uzoq muddatli majburiyatlar
|
22 286514
|
28 885162
|
25 530 577
|
6 598648
|
130
|
-3354585
|
88,3
|
Balans passivining jami
|
65 243675
|
72 488733
|
124 712321
|
7 245058
|
111
|
52 223588
|
172
|
*Manba:“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UK Buxgalteriya balansi ,2016-2018-yillar
Ammo, ushbu manbalar qaysi manbalar hisobiga koʻpayganligiga alohida ahamiyat qaratish maqsadga muvofiqdir. Yaʼni, manbalarning koʻpayishi, oʻz mablagʻlari manbalari hisobigami yoki qarz manbalari hisobiga ekanligini aniqlash lozim. Korxonaning maʼlumotlaridan koʻrinadiki, korxonada oʻz mablagʻlarining manbalari 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 758 644 ming soʻmga ya’ni 2 % ga koʻpaygan. 2018-yilda esa 2017-yilga nisbatan 5 578 173 ming soʻmga ya’ni 2.2 barobarga oshgan. Bunday natijalarni korxona uchun ijobiy xolat deb baholamoq lozim. Chunki, oʻz mablagʻlari manbalarining koʻpayishi korxonaning moliyaviy mustaqilligining oshirishga, toʻlov qobiliyatining yaxshilanishiga hamda korxonaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir koʻrsatishiga olib keladi. Maʼlumotlardan koʻrinadiki, korxonada 2017-yilda majburiyatlar summasi 2016-yilga nisbatan 6 486 414 ming soʻmga ya’ni 29 % ga koʻpaygan. 2018-yilda esa 2017-yilga nisbatan - 3 354 585 ming soʻmga yani 11.7 % ga kamaygan. Bundan koʻrinadiki korxonaning toʻlov likvidligi ancha koʻpaygan.
8-rasm. “Oʻztemiryoʻlmashta’mir” unitar korxonasining buxgalteriya balansi passiv moddalarining dinamikasi
“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKda jami passivlari 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 7 245 058 ming soʻmga, 2018-yilda 2017-yilga nisbatan 52 223 588 ming soʻmga koʻpaygan.
Moliyaviy tahlilning korxona moliyaviy holatini umumiy baholash bosqichidan keyingi eng asosiy bosqich boʻlib, korxonaning moliyaviy mustahkamligi tahlili bosqichi hisoblanadi. Ushbu bosqichda korxonaning aylanma mablagʻlarini qoplashga korxonaning oʻz mablagʻlari yetarli yoki yetishmasligi ham oʻrganiladi. Balans maʼlumotlariga qarab korxonaning aylanma mablagʻlari qanday manbalar hisobiga tashkil etilganligi oʻrganiladi. Bunday tahlilning zarurligi shundaki, korxonalarning moliyaviy mustaqilligi, barqarorligi, kredit olishga layoqatliligini aniqlashda oʻzlik manbalar bilan taʼminlanganlik koʻrsatkichi muhim ahamiyatga egadir. Quyidagi jadvalda zaxira va xarajatlarni qoplashga oʻzlik manbalarning yetarliligini tahlili keltirilgan.
Quyidagi 7-jadvalda “Oʻztemiryoʻlmashta’mir” unitar korxonasining Tovar-moddiy zaxiralarni qoplashga tegishli manbalar bilan taʼminlanganlik tahlili keltirilgan.
Quyida keltirilgan 7 -jadval maʼlumotlaridan koʻrinadiki, tahlil kilinayotgan “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKda 2017-yilda 2016-yilga nisbatan oʻz mablagʻlarining manbalari 1,7 %ga, 2018-yilda esa 2017-yilga nisbatan 2,2 barobarga oshgan. Shuningdek, uzoq muddatli aktivalr 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 4% ga koʻpaygan boʻlsa, 2018-yilda 2017-yilga nisbatan 4 barobarga oshgan. Buning natijasida korxonada 2018-yilga kelib tovar moddiy xaxrajatlarni qoplashga tegishli oʻzlik mablaglari hajmi 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 77 289 ming soʻmga koʻpaygan. 2018-yilda esa 2017-yilga nisbatan 5,7 % ga koʻpaygan. Tovar-moddiy zaxiraalrini qoplashga tegishli oʻzlik va uzoq mudatli qarz manbalari 2017 – yilda 2016 –yilga nisbatan 1.2 % ga kamaygan. 2018- yilda 2017-yilga nisbatan 5.7 % ga koʻpaygan. Tovar-moddiy zaxiralarini qoplashga tegishli jami manbalar 2017 – yilda 2016 –yilga nisbatan 1.2 % ga kamaygan. 2018- yilda 2017-yilga nisbatan 5.7 % ga koʻpaygan. Tovar-moddiy zaxiralarni jami 2017 – yilda 2016 –yilga nisbatan 2.6 % ga koʻpaygan. 2018- yilda 2017-yilga nisbatan 22.1 % ga koʻpaygan. Oʻzlik manbalarning koʻpayishini ijobiy holat sifatida baholamoq lozim. Korxonada tovar moddiy zaxiralari hajmi birmuncha yuqori boʻlganligi uchun tovar-moddiy zaxiralarini qoplashga oʻz manbalari hamda oʻz va uzoq muddatli qarz manbalari - 3 908 533 ming soʻmga yetarli boʻlmagan.
7-jadval
Tovar-moddiy zaxiralarni qoplashga tegishli manbalar bilan taʼminlanganlik tahlili,ming soʻm*
Koʻrsatkichlar
|
2016-yil
|
2017-yil
|
2018-yil
|
2018-yil 2016-yilga nisbatan
|
2018- yil 2017- yilga nisbatan
|
1.Oʻz mablagʻlarining manbalari
|
42 844 927
|
43 603 571
|
99 181 744
|
101,7
|
227,4
|
2.Uzoq muddatli aktivlar,
|
17 003 841
|
17 685 196
|
71 776 322
|
104
|
405,8
|
3.Tovar-moddiy zaxiraalrini qoplashga tegishli oʻz manbalari (1-2)
|
25 841 086
|
25 918 375
|
27 405 422
|
100,2
|
105,7
|
4.Uzoq muddatli kredit va qarzlar
|
112 234
|
-
|
-
|
-
|
-
|
5.Tovar-moddiy zaxiraalrini qoplashga tegishli oʻzlik va uzoq mudatli qarz manbalari (3+4)
|
25 953 320
|
25 918 375
|
27 405 422
|
99,8
|
105,7
|
6.Tovar-moddiy zaxiraalrini qoplashga tegishli jami manbalar (5)
|
25 953 320
|
25 918 375
|
27 405 422
|
99,8
|
105,7
|
7.Tovar-moddiy zaxiralarni jami
|
32 090 643
|
32 929 077
|
40 239 273
|
102,6
|
122,1
|
8.Tovar-moddiy zaxiraalrini qoplashga oʻz manbalarining yetarliligi (+) yoki yetishmasligi(-) (3-7)
|
-6 249 557
|
-8 925 318
|
-12 833 851
|
-2 675 761
|
-3 908 533
|
9.Tovar-moddiy zaxiraalrini qoplashga oʻz va uzoq muddatlimanbalarining yetarliligi (+) yoki yetishmasligi(-) (5-7)
|
- 6 137 323
|
- 8 925 318
|
-12 833 851
|
- 2787 995
|
-3 908 533
|
10.Tovar-moddiy zaxiralarini qoplashga jami manbalarining yetarliligi (+) yoki yetishmasligi(-) (6-7)
|
- 6 137 323
|
- 8 925 318
|
-12 833 851
|
- 2787 995
|
-3 908 533
|
*Manba:“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UK Buxgalteriya balansi (2016-2018-yillar)
II Bob Korxona moliyaviy natijalarining buxgalteriya hisobi
2.1. “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UK daromadlarining buxgalteriya hisobi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning barqaror faoliyat yuritishi koʻp jihatdan ularning ijobiy moliyaviy natijalarga erishishiga bogʻliq. Moliyaviy natijalar – xoʻjalik yurituvchi subyektning maʼlum hisobot davrida tadbirkorlik faoliyati jarayonida oʻziga qarashli mablagʻning oshishi yoki kamayishidir.
Buxgalteriya hisobida bunday faoliyat natijasi hisobot davridagi barcha foydalar va zararlarni hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi. Yuqoridagi taʼrifdan koʻrinib turibdiki, moliyaviy natijalarni aniqlash uchun maʼlum bir davrdagi olingan daromadlar bilan qilingan xarajatlarni taqqoslash, yaʼni olingan daromadlardan qilingan xarajatlarni ayirish lozim.
Moliyaviy natijalar ijobiy yoki salbiy boʻlishi mumkin. Ijobiy moliyaviy natijada olingan daromad qilingan xarajat summadan yuqori boʻladi va uni foyda sifatida tan olinadi.
Moliyaviy natijada qilingan xarajat olingan daromad summasidan ortib ketsa, u zarar hisoblanadi. Ammo moliyaviy natijaning qator koʻrsatkichlari mavjud, ularning barchasi moliyaviy natijalar toʻg’risidagi hisobotda oʻz aksini topadi va ushbu hisobot davridagi daromadlari va xarajatlari tog’risidagi oraliq va yakuniy ma’lumotlar bilan taminlaydi.
Daromad va xarajatlarni taqqoslash orqali quyidagi koʻrsatkichlari aniqlanadi. Ushbu moliyaviy natija koʻrsatkichlari muhim ahamiyatga ega va turli xil maqsadlar uchun qoʻllaniladi. Jumladan, ular hisobot davrida korxona faoliyatining samaradorligini baholashda va tahlil qilishda mustaqil oʻrinni egallaydi.
8-rasm. Moliyaviy natija koʻrsatkichlari
Ushbu moliyaviy natija ko'rsatkichlari muhim ahamiyatga ega va turli xil maqsadlar uchun qoʻllaniladi. Jumladan, ular hisobot davrida korxona faoliyatining samaradorligini baholashda va tahlil qilishda mustaqil oʻrinni egallaydi. Ayniqsa samaradorlik koʻrsatkichlarini aniqlashda foydalaniladigan soliq toʻlaguncha boʻlgan foyda, mahsulot sotishdan olingan foyda va korxonaning sof foyda koʻrsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Korxonaning iqtisodiy koʻrsatkichlarini toʻg’ri aniqlash daromad va xarajatlarni toʻg’ri tasniflash bilan bevosita bog’liq.
Daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijalarni xarakterlovchi foydani oʻlchashga daxldor bo'lgan elementlar hisoblanadi. Daromadlar va xarajatlarni, yaʼni foydani aniqlash va oʻlchash korxona o'z moliyaviy hisobotini tayyorlashda foydalaniladigan kapital konsepsiyasi hamda kapitalning saqlanishiga bogʻliq boʻladi. Daromadlar va xarajatlar elementlari quyidagicha aniqlanadi.
9-rasm. Daromadlar va xarajatlar elementlari
“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKda iqtisodiy faoliyatdan olinadigan daromadlari oʻz ichiga asosiy faoliyatdan olinadigan va moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarni oʻz ichiga oladi va ularni buxgalteriya balansida quyidagi schyotlar bilan aks ettiriladi.
9000 - Asosiy (operatsion) faoliyatdan olingan daromadlar: Tayyor mahsulot, tovar, bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlarni sotishdan olingan daromadlar, shuningdek sotilgan tovarlarning qaytishi, sotish va baholardan chegirmalar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
9010-Tayyor mahsulot sotishdan tushgan daromad: 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar” schyotlarining kreditida korxonaning asosiy faoliyati (tayyor mahsulotlar, tovarlarni sotish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish)dan daromadlar olinadigan schyotlar va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi, biroq, oldingi hisobot davrlarida olingan, ammo joriy hisobot davriga tegishli boʻlgan daromad summalari 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Mahsulot, tovar, ish, xizmatlarni sotishda 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar” schyotlarida sotishdan tushgan sof tushum summasi aks ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar” schyotlari 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan yopiladi.
“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UK da daromadlarni hisobini yuritishda quyidagi subschyotlardan foydalaniladi.
9011- “Eksport uchun tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar”;
9012- “Mahalliylashtirish yoʻli bilan tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar”;
9020- “Tovarlarni sotishdan tushumlar”;
9030- “Ishlar va xizmatlar daromadlari”;
9031- “Ishlarni bajarish va eksport xizmatlarini koʻrsatishdan tushgan daromadlar”;
9032- “Ishlarni bajarishdan va mahalliylashtirish xizmatlaridan daromadlar”;
9034- “Ishlarni bajarish va qurilish xizmatlarini koʻrsatishdan tushgan daromadlar”;
9040- Sotilgan tovarlar qaytarilishi schyoti sotilgan mahsulot va tovarlarning qaytishini hisobga olish uchun moʻljallangan. Bu schyot asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9000) guruhiga kontr-passiv schyot hisoblanadi va uning debet aylanmasi mahsulotlar va tovarlar sotishdan daromadni kamaytiradi. 9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi” schyotining debetida qaytarilgan tovarlar qiymati, tegishli: pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan xaridorlar va buyurtmachilar tomonidan qaytarilgan tovarlarning qiymati; olinadigan schyotlar bilan qaytarilgan tovarlar boʻyicha bekor qilingan debitorlik qarzlari summasi; toʻlanadigan schyotlar bilan mazkur tovarlar uchun xaridorlar va buyurtmachilardan olingan toʻlovlar va boʻnaklar boʻyicha vujudga kelgan qarz summasi aks ettiriladi. Bunda ilgari hisoblangan qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi boʻyicha byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi tegishli schyotlarning debeti va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar, olinadigan schyotlarning kreditida yozuv amalga oshiriladi. Qaytarilgan mahsulotlar va tovarlarning tannarxi TMZlarni hisobga oluvchi tegishli schyotlarning debetida va sotilgan mahsulotlar va tovarlarning tannarxini hisobga oluvchi tegishli schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
9050- “Qabul qiluvchilar va mijozlarga berilgan chegirmalar” schyoti shartnoma shartlariga muvofiq berilgan sotuv chegirmalari, shuningdek sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larda aniqlangan yaroqsizliklar va hokazolar natijasida berilgan narx chegirmalarni hisobga olish uchun moʻljallangan. Ushbu schyot asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9000) guruhiga kontr-passiv schyot hisoblanadi va uning debet aylanmasi mahsulotlar va tovarlarni sotishdan, ish bajarishdan va xizmat koʻrsatishdan daromadlarni kamaytiradi. 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” schyotining debetida sotuv va narxlardan berilgan chegirmalarning summasi tegishli olinadigan schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi
Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9000) boʻyicha analitik hisob sotilgan mahsulotlar (tovarlar), bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlarning har bir turi boʻyicha alohida yuritiladi.
“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKda asosiy faoliyatning boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi:
-Asosiy vositalar va boshqa aktivlarni yoʻqotishdan olingan daromadlar;
- ijara daromadi;
- olingan jarimalar va jarimalar;
- hisobot davrida belgilangan oʻtgan yillardagi daromadlar;
- qarzlarni toʻlashdan olinadigan daromadlar;
-Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
8 -jadval
“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKda daromadlarni hisobga oluvchi 9000 -schyotning bogʻlanishi
Xoʻjalik muomalalarining mazmuni
|
Summa
|
Schyotlarning bogʻlanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1. Olinadigan schyotlar
|
12 442 953 754,60
|
4000
|
9000
|
2.Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar
|
11 104 288 691,00
|
4010
|
9000
|
3.Xaridorlar va eksport qiluvchilardan olinadigan schyotlar
|
1 322 057 267,60
|
4011
|
9000
|
4.Ajratilgan boʻlinmalar, shoʻba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyot
|
142 444 461 078,63
|
4100
|
9000
|
5.Shoʻba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar
|
142 444 461 078,63
|
4120
|
9000
|
6.Turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar
|
15 454 214,20
|
4800
|
9000
|
7.Qisqa muddatli ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar
|
11 195 877,13
|
4820
|
9000
|
8.Boshqa debitorlar qarzlari
|
4 258 337,07
|
4890
|
9000
|
Korxonaning asosiy faoliyatining boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda”
9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda”
9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar”
9340 “Oʻtgan yillar foydalari”
9350 “Operativ ijaradan daromadlar”
9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar”
9370 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar daromadlari”
9380 “Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam”
9390 “Boshqa operatsion daromadlar”.
Hisobot davrining oxirida asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda summasi 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” schyotining kreditida 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda summasi 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyotining kreditida 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Xoʻjalik shartnomalarining shartlarini buzganliklari uchun qarzdorlardan undirilgan jarimalar, penya, ustamalar va boshqa jarima turlari, shuningdek yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha daromadlar
9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar” schyotining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar yoki olinadigan schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Hisobot davrida aniqlangan oʻtgan yillar foydalari 9340 “Oʻtgan yillar foydalari” schyotining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar yoki tegishli olinadigan schyotlarning debeti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Mulkni operativ ijaraga berishdan daromadlar
9350 “Operativ ijaradan daromadlar” schyotining kreditida 4820 “Operativ ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Boshqa operatsion faoliyatdan olingan daromadlar 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyotining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar yoki olinadigan schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
9 -jadval
“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKda asosy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi 9300 schyotning bogʻlanishi
Xoʻjalik muomalalarining mazmuni
|
Summa
|
Schyotlarning bogʻlanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1.Materiallarni xisobga oluvchi schyotlar
|
391 188 720,29
|
1000
|
9300
|
2.Oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar
|
8 458 019,16
|
2100
|
9300
|
3.Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar
|
6 353 438,00
|
4000
|
9300
|
4.Shoʻba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar
|
165 225,54
|
4120
|
9300
|
5.Turli debitorlar qarzlarini xisobga olish schyotlari
|
265 034 502,76
|
4800
|
9300
|
6.Hisob-kitob schyoti
|
4 668,30
|
5100
|
9300
|
7.Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar
|
120 145 685,43
|
6000
|
9300
|
8.Ajratilgan boʻlinmalarga, shoʻba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar
|
251 667 012,18
|
6100
|
9300
|
9.Olinadigan boʻnaklarni xisobga oluvchi schyotlar
|
36 233 173,68
|
6300
|
9300
|
10.Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlar
|
24 425 671,60
|
6700
|
9300
|
11.Turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni xisobga oluvchi schyotlar
|
18 636 325,47
|
6900
|
9300
|
12.Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini xisobga oluvchi schyotlar
|
1 584 087 731,49
|
9200
|
9300
|
Daʼvo muddati oʻtib ketgan kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar 9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar” schyotining kreditida kreditor va deponent qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
9370 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar daromadlari” schyotida xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa daromadlar hisobga olinadi. Pul mablagʻlari va pul ekvivalentlari koʻrinishida tekinga olingan daromadlar 9380 “Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam” schyotining kreditida pul mablagʻlari va pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKda moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarig dividendlar, foizlar, lizing daromadlari va valyuta ayirboshlash shaklidagi daromadlarini oʻz ichiga oladi va 9500- “Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarda aks ettirilad. Moliyaviy faoliyat daromadlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
9510 “Royalti koʻrinishidagi daromadlar”
9520 “Dividendlar koʻrinishidagi daromadlar”
9530 “Foizlar koʻrinishidagi daromadlar”
9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”
9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar”
9560 “Qimmatli qogʻozlarni qayta baholashdan daromadlar”
9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari”
Royalti koʻrinishida olingan daromadlar 9510 “Royalti koʻrinishidagi daromadlar” schyotining kreditida 4850 “Olinadigan royalti” yoki pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida boshqa korxonalar faoliyatida ulush bilan ishtirok etishdan olingan daromadlar, korxonaga tegishli boʻlgan aksiyalar boʻyicha dividendlar 9520 “Dividendlar koʻrinishidagi daromadlar” schyotining kreditida 4840 “Olinadigan dividendlar” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Uzoq muddatli va joriy investitsiyalar boʻyicha foizlar koʻrinishidagi daromadlar 9530 “Foizlar koʻrinishidagi daromadlar” schyotining kreditida 4830 “Olinadigan foizlar” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotida balansning valyuta moddalari boʻyicha ijobiy kurs farqlaridan olingan daromadlar aks ettiriladi. Chet el valyutasidagi operatsiyalar boʻyicha ijobiy kurs farqi, shu jumladan, buxgalteriya balansini tuzish sanasiga qarzlarni qayta baholash farqlari 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotiga oʻtkaziladi.
Mulkni moliyaviy ijaraga berishdan olingan daromadlar 9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar” schyotining kreditida 4830 “Olinadigan foizlar”, 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar”, pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Qimmatli qogʻozlarni qayta baholashdan daromadlar 9560 “Qimmatli qogʻozlarni qayta baholashdan daromadlar” schyotining kreditida qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” schyotida moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari aks ettiriladi. Daromadlarni hisobga oluvchi schyotlarni yopish uchun quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari tuziladi.
Debet 9000 “Asosiy faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar”
Debet 9500 “Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar”
Kredit 9900 “Yakuniy moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi schyotlar”
Ammo korxonalar faoliyatining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda daromad schyotlarini yopish ikki bosqichda amalga oshirilishi mumkin. Birinchi bosqichda daromad schyotlari tarkibidagi 9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi” va 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” schyotlar yopiladi, yaʼni ushbu schyotlarning debetidagi summa 9000 schyotining debetiga olib boriladi hamda daromad summasini kamaytiradi. Shundan soʻnggina ikkinchi bosqichga oʻtiladi va yuqorida keltirilgan buxgalteriya oʻtkazmasi orqali olingan daromad summasi 9900 schyotga oʻtkaziladi.
10 -jadval
“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKda moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi 9500 schyotning bogʻlanishi
Xoʻjalik muomalalarining mazmuni
|
Summa
|
Schyotlarning bogʻlanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1.Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklarni xisobga oluvchi schyotlar
|
366 559,65
|
4300
|
9500
|
2.Turli debitorlar qarzlarini xisobga olish schyotlari
|
156 311 666,27
|
4800
|
9500
|
3.Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar
|
8 960 405,67
|
6000
|
9500
|
4.Olinadigan boʻnaklarni xisobga oluvchi schyotlar
|
107 164 035,11
|
6300
|
9500
|
Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini ikki guruhga boʻlish mumkin. Birinchi guruhga asosiy faoliyatning boshqa muomalalaridan olingan foyda summasini kiritish mumkin. Ikkinchi guruhga esa asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini olib borish mumkin. Asosiy faoliyatning boshqa muomalalaridan olingan foyda summasini aniqlash uchun dastlab 9200 “Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar” da olingan foyda summasining qoldigʻi aniqlanadi. Shundang soʻng ushbu qoldiq summa 9300 “Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar” ning foydani hisobga oluvchi schyotlariga oʻtkaziladi.
Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarni yopish uchun quyidagi buxgalteriya o’ztkazmasi tuziladi:
Debet 9300 “Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar” Kredit 9900 “Yakuniy moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi schyotlar” Korxonalar foydasi tarkibida favqulodda foydalar summasi ham hisobga olinadi va u 9710 Favqulodda foydalar» schyotida hisobga olinadi. Ushbu schyotni yopish quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 9710 “Favqulodda foydalar”
Kredit 9900 “Yakuniy moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi schyotlar”
Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirladigan daromadlar va foyda summalari yuqoridagi hisob ishlarini bajarish orqali aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |