Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror oʻsishini taʼminlashda asosiy ro’lni korxonalar oʻynaydi, chunki ularda yalpi ichki mahsulot yaratiladi. Shuning uchun ham korxonalarni moliyaviy holatiga alohida eʼtibor berilmoqda



Download 398,58 Kb.
bet1/6
Sana26.02.2020
Hajmi398,58 Kb.
#40902
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
natija

Kirish

Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror oʻsishini taʼminlashda asosiy ro’lni korxonalar oʻynaydi, chunki ularda yalpi ichki mahsulot yaratiladi. Shuning uchun ham korxonalarni moliyaviy holatiga alohida eʼtibor berilmoqda. Bunda ularning moliyasini nazorat qilish muhim ahamiyatga egadir.

Korxonalar moliyasi – moliya tizimining ajralmas qismi boʻlib, uni nazorat qilish va faoliyatini samarali tashkil etilganligini baholash hozirgi davrning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Chunki moliyaviy nazorat korxonalar moliyasini boshqarishning muhim elementi boʻlib, ularning moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishini taʼminlab beradigan eng maqbul vositadir. Xoʻjalik moliyaviy holatini baholash va tahlil etish jarayonida korxonaning iqtisodiy salohiyati namoyon boʻladi. Bu jarayonning toʻgʻri olib borilishi natijasida xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyati yaxshilanishi, resurslardan oqilona foydalanilishi, raqobatbardoshlik oshirilishi va boshqa zaruriy xulosalar chiqarilishiga imkon yaratadi.

Oʻzbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, iqtisodiyot sohalarini jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilish boʻyicha qabul qilingan choralar joriy yil uchun belgilangan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning bajarilishini taʼminlab berayotgani taʼkidlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev tomonidan 2018 - yilga “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili” deb nom berilib, Davlat dasturi doirasida 21 trillion soʻm va 1 milliard dollarga teng 76 mingta loyihani amalga oshirilgani iqtisodiyotni rivojlantirishdagi koʻrilgan chora tadbirlarning natijasi ekanligi tasdiqlab oʻtildi.



Mamlakat iqtisodiy oʻsish surʼatlari qatorida yakuniga yetgan 2018-yil mamlakat iqtisodiyotining qon tomiri hisoblanuvchi temir yoʻl transporti tarmogʻi uchun salmoqli yil boʻldi. Jumladan, oʻtgan 2018-yil davomida temir yoʻl stansiyalaridan 94.8 mln. tonna yuk ortilib oʻz manziliga yetkazilgan. Shuningdek, yoʻlovchi tashish borasida ham yaxshi natijalarga erishilib, belgilangan reja 104,6 foizga bajarilgan. Tarmoqda eksport xizmatlariga alohida eʼtibor qaratilib, oʻtgan 2018-yilda yuk tashish aylanmasi 22.9 mlrd, tonna-km.ni, yoʻlovchi tashish aylanmasi 4329 km.ni tashkil qildi.

Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi shundaki, mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror oʻsishini taʼminlashda asosiy roʻlni moliyaviy barqaror korxonalar oʻynaydi. Moliyaviy natijalarning shakllanish jarayoni, ularning korxona faoliyatidagi oʻrni oʻz navbatida bir qancha hisob-kitob ishlarini amalga oshirish va mavjud imkonyatlardan foydalanish yoʻnalishlarini aniqlashni talab etadi. Korxonaning moliyaviy jihatdan barqaror boʻlishi ularning faoliyati davomida olgan foydasining toʻgʻri shakllantirilishi bilan aloqador. Faqat moliyaviy barqaror korxonalargina ishlab chiqarishni kengaytiradi, yangi innovatsion texnologiyalarni va toʻgʻridan –toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkonini beradi.

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi:

  • Temir yoʻl transporti korxonasining asosiy faoliyati, ularning moliyaviy koʻrsatkichlari tarkibini oʻrganish va tahlil qilish;

  • Korxonada moliyaviy natijalarining buxgalteriya hisobini yuritishni oʻrganish;

  • Korxona moliyaviy koʻrsatkichlari tarkibini shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlilini oʻrganish.

Bitiruv malakaviy ishining oʻrganish ob’yekti boʻlib, “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UK korxonasi hisoblanadi.

Bitiruv malakaviy ishining oʻrganish predmeti boʻlib, korxonaning moliyaviy natijalar hisobi va ularning tahlili hisoblanadi.

Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilmasi quyidagilardan iborat:

  • Kirish, 3 ta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar.

  • Kirish qismida bitiruv malakaviy ishning mavzusi dolzarbligi maqsad va vazifalari, predmeti, obyekti yoritilgan;

  • Ishning birinchi bobida korxona asosiy ishlab chiqarish koʻrsatkichlari tahlili;

  • Ikkinchi bobida korxona moliyaviy natijalarining buxgalteriya hisobi;

  • Uchinchi bobida korxona moliyaviy koʻrsatkichlari tarkibini shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili keltirilgan.

  • Xulosa va takliflarda korxona boʻyicha umumiy koʻrsatkichlar natijasi, hamda korxonaning moliyaviy koʻrsatkichlari boʻyicha fikr va mulohazalar berilgan.

Bitiruv malakaviy ishi mavzusini yoritishda quyidagi manbalardan foydalaniladi:

  • Korxona Nizomi;

  • Korxonaning Hisob siyosati;

  • Korxonaning asosiy ishlab chiqarish koʻrsatkichlari boʻyicha maʼlumotlar 2016-2018-yillar uchun;

  • Korxonaning moliyaviy hisobot shakllari 2016-2018-yillar uchun;

  • Korxona boʻyicha moddiy boyliklarni hisobga olish schyotlar boʻyicha maʼlumotlar 2016-2018-yillar uchun.

I Bob Korxona asosiy ishlab chiqarish koʻrsatkichlari tahlili

    1. Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UK ning asosiy faoliyati tavsifi va tahlili

Temir yoʻl transporti Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojlanishida muhim oʻrin egallaydi. Shunday ekan temir yoʻl transportining rivojlanishi, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish muhim ahamiyati kasb etadi. Xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirishda harakatlanuvchi tarkib yaroqliligi holatini taʼminlash asosiy muhim vazifalardan biridir. Bu borada, “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UK muhim oʻrin egallaydi.

“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” unitar korxonasi - Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining uzoq tarixga ega korxonasi hisoblanadi. Toshkent teplovoz taʼmirlash zavodi 1900-yilda Markaziy Osiyo temir yoʻlining asosiy ustaxonalari sifatida tashkil etilgan.

1958-yilda korxona tubdan yangilash ishlari olib borilgan. Uch yil mobaynida korxona ishchilari tomonidan 146 ta stanoklar, elektrik va materiallarni qayta ishlash jihozlari oʻzlashtirildi. Lokomotivlarni taʼmirlash xujjatlarini rasmiylashtiradigan boʻlim tashkil etildi. 1965-yilda zavodda ChemEX-2 seriyali Chexoslovak lokomotivlarini taʼmirlash oʻzlashtirildi. 70-yillarda 2TE10L seriyali yirik magistral teplovoz lokomotivlarini taʼmirlash ishlari oʻzlashtirildi. 80-yillarnig boshlarida zavodga katta miqdorda kapital qoʻyilmalar amalga oshirildi. Rekonstruksiya qilishdan oldin 300 ta teplovoz remont qilingan boʻlsa, rekonstruksiya amalga oshirilgandan keyin bu koʻrsatkich 400 taga yetgan. Rekonstruksiyadan keyin 90-yillarda zavodning mavqeyi yanada mustahkamlandi. 1993-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan Toshkent teplovoz taʼmirlash zavodi, Andijon va Paxtaobod mexanika zavodlari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi tarkibiga kiruvchi “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirildi. 1995-yildan depolar uchun Elektrovoz gʻildirak juftliklarini taʼmirlash yoʻlga qoʻyilgan. 1997-yilda Asaka shahrida yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi (UZDEWOavto) zavodning ishga tushirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan zavodga avtomobillarni tashish uchun ikki bosqichli platformani takomillashtirish va taʼmirlash ishlarini topshirilgan. Bundan tashqari, 1997-yilda mineral oʻgʻitlarni tashish uchun Xopper vagonlarini taʼmirlash va modernizatsiya qilish ishlari boshlangan. 2000 -yilda zavod birinchi marta Oʻzbekistonda va butun Markaziy Osiyoda “AZOVMASH” zavodi va “Serep” MCHJ - Ukraina mutaxassislari bilan birgalikda katta sisternalarni yigʻish oʻzlashtirilgan. Teplovoz va yopiq vagonlarni taʼmirlash ishlari olib borilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24- oktyabrdagi 464-son qaroriga muvofiq. “Lokomotiv parkini modernizatsiya qilish” investitsion loyihasini amalga oshirish uchun “Iridromash” OAJ ning quyma ishlab chiqarish boʻyicha “Oʻztemiryoʻlmashtamir” UK dagi “Quyuv va mexanika zavodi” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga aylantirildi. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATKning 2009-yil 25-avgustdagi 311-H sonli,“Oʻztemiryoʻlmashtamir” unitar korxonasi bosh direktorining 2009-yil 10-avgustdagi 623-sonli buyrugʻiga asosan “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻllari” yuk vagonlarining “Oʻztemiryoʻlmashta’mir” UK da taʼmirlangan vagonlarni modernizatsiyasi “LMZ” va “AMZ” ga oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarishda “Oʻztemiryoʻlmashta’mir” unitar korxonasi mahalliy xom ashyo asosida tayyor maxsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi boʻyicha Davlat dasturiga kiritildi. 2009-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 -yil 18 -martdagi 1074-sonli “2009-2013-yillarda temir yoʻllarni rivojlantirish va modernizatsiya qilish boʻyicha kompleks dastur” hamda 2009-yil 29 -iyuldagi 276-H-sonli “Oʻzbekiston temir yoʻllari” ning “Oʻztemiryoʻlmashta’mir” unitar korxonasi dizel lokomotivlarini modernizatsiya qilish bilan 1A-9DG yangi dizel motorini oʻrnatmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 29-dekabrdagi 1455-sonli qaroriga binoan, 21.12.2010-yildagi № 8, 12-sonli buyruqlar №1446, shuningdek, 2010-yil 15- dekabrdagi 3-sonli va 1442-sonli buyruqlar 2-ilovada 2011-2015-yillarda “Oʻztemiryoʻlmashta’mir” UK “Oʻzbekiston temir yoʻllari”AJ lokomotivlari va yuk vagonlarini modernizatsiya qilish va qayta tiklash rejalashtirilgan.



1-rasm. “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UK ixtisoslashgan yoʻnalishlar


Korxonaning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmasi: muhandislik, metallga ishlov berish, temir quyish, zarb va presslash, yogʻochni qayta ishlash, asbob-uskuna, qurilish, kauchuk ishlab chiqarish, energetika va transport shoxobchalarini oʻz ichiga oladi. “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” unitar korxonasi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan birgalikda yirik xorijiy firmalar bilan oʻzaro manfaatli iqtisodiy sharoitlarda hamkorlik qiladi. “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir”UK asosan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportining kapital taʼmirlash, modernizatsiya qilish, joriy va kapital taʼmir extiyojlarini qondirishdan iboratdir.
Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UK oʻz faoliyatini olib borishda quyidagi maqsad va vazifalarni amalga oshiradi:

2-rasm. “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKning asosiy maqsad va vazifalari

Kompaniyaning asosiy mahsulotlari TE10, TEM2, CHME3 seriyali elektor lokomotivlari kapital rekonstruksiyasini amalga oshiradi. Shuningdek VL80S va VL60k yuk va maxsus vagonlarni, lokomotivlarini modernizatsiya qilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshiradi. Komponentlar va yigʻmalarni taʼmirlash va extiyot qismlarini ishlab chiqarishdan iborat.

Kompaniyaning ishlab chiqargan mahsulotlari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” ning ehtiyojlarini qondiradi, shuningdek, MDH temir yoʻl kompaniyalari korxonalariga eksport qilinadi.



Mahsulotlarni sotishning asosiy bozori “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati va Oʻzbekiston Respublikasi sanoat korxonalari hisoblanadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar MDH mamlakatlariga eksport qilinadi.


Download 398,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish