1.2.Korxona moliyaviy koʻrsatkichlarining tahlili
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalar faoliyatida erkin munosabat yuritish, hamkorlikda faoliyat koʻrsatish uchun sherik tanlay bilish, oʻzi ishlab chiqargan maxsulot va uni sotishdan olgan daromadiga egalik qilish huquqini berdi va bu moliyaviy koʻrsatkichlarning oʻzgarishiga bevosita taʼsir etadi.
Respublikamiz iqtisodiyotini bozor munosabatlariga oʻtkazish bilan korxonalar xoʻjalik faoliyatini tahlil qilishni ahamiyati yanada ortdi, chunki bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarishga joriy etilmagan resurslarni aniqlash va ulardan samarali foydalanish dolzarb muaommaga aylandi. Korxonalarning moliyaviy holatini baholash va uning tahlilini toʻgʻri tashkil etilishi hamda takomillashtirilib borilishi bozor iqtisodiyotining eng dolzarb masalalaridan biri ekanligini alohida taʼkidlab oʻtish lozim boʻladi. Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil etish orqali uni yanada sogʻlomlashtirish imkoniyatlariga baho beriladi hamda moliyaviy mustahkamligi kuchaytiriladi.
Korxona buxgalteriya hisobi amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari asosida olib boriladi. Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida” gi Qonuniga muvofiq, yillik moliyaviy hisobot quyidagi shakllardan iborat boʻlishi shart:
- Buxgalteriya balansi – 1-shakl;
- Moliyaviy natijalar toʻg’risidagi hisobot – 2-shakl;
- Pul oqimi toʻg’risidagi hisobot – 4-shakl;
- Xususiy kapital toʻg’risidagi hisobot – 5-shakl;
- eslatmalar, hisoblar va izohlar.
Korxonada Oʻzbekiston Respublikasida tasdiqlangan qonun va milliy standartlar asosida buxgalteriya hisobi yuritiladi.
Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarning eng asosiy yoʻnalishlaridan biri – bu boshqaruv tizimini takomillashtirish hisoblanadi. Bu masalani ijobiy hal etishda korxonalarning xoʻjalik faoliyati va moliyaviy holatini tahlil qilish muhim ro’l oʻynaydi, chunki korxonalar faoliyatini tahlil qilish boshqaruv tizimi samaradorligini ohirishning muhim sharti hisoblanadi. Moliyaviy holat davlat, tashkilot va shaxslar oʻrtasida boʻladigan oʻzaro munosabatlarni tartibga solish bilan bogʻliq pul hisob – kitoblarini ifodalaydi. Moliyaviy holat korxonani mablagʻ bilan taʼminlanganligi, barcha turdagi mablagʻlarni maqsadga muvofiqligi, byudjet, bank, xom ashyo yetkazib beruvchilar, xaridorlar va boshqa tashkilotlar bilan olib boriladigan hisob-kitob ishlari oʻz muddatida amalga oshiriladi. Moliyaviy intizomga rioya qilmaslik, debitorlik va kreditorlik qarzlarini ortib ketishiga olib keladi va muddati uzaytirilgan qarzlarini surunkali davom etishi bankrotlik alomatlarini vujudga keltiriladi.
6-rasm. Korxonaning moliyaviy holati
Korxonalarning ichki va tashqi omillar taʼsiri ostida shakllangan moliyaviy holati, ularning istiqbolini aniqlash bilan birga, korxona bilan aloqada boʻlgan boshqa tashkilotlar va korxonalarning moliyaviy holatiga taʼsir koʻrsatadi. Korxonaning moliyaviy holatini tahlil qilish, yaʼni moliyaviy tahlil keng koʻrsatkichlar yordamida, kompleks usullaridan foydalanib korxonalarning moliyaviy resurslari borligini, holatini, joylashganligi va ulardan foydalanish darajasini ifodalashdir.
Korxonaning moliyaviy tahlilini bajarishda zarur boʻladigan manbalarga korxona balansi, unga qilinadigan ilovalar va boshqa hisobot maʼlumotlari kiradi. Balans maʼlumotlarida ishlab chiqarishni uzluksiz olib borish uchun zarur bulgan va hisobot tuzish davriga qiymat shaklidagi mol- mulki hamda uni qoplashga jalb qilingan manbalari o'z aksini topadi. Bu koʻrsatkichlar mol-mulk hajmi, tarkibi va qiymatining qay darajadaligini ifodalaydi. Shuningdek, mol-mulkning moliyalashtirish manbalari, yaʼni oʻziga tegishli manbalar va chetdan qarzga jalb qilingan manbalar holati ham passivda keltirilgan. Balansdagi har bir band va boʻlim korxonalarning moliyaviy holatiga bogʻliq, shuning uchun ham uni chuqur o’rganish lozim. Aktiv qism asosiy va aylanma mablaglarning holatini koʻrsatib, moliyaviy xoʻjalik jarayonini yuritish vazifasini bajarishda bu mulklardan foydalanadi. Mulk to’plangan moliyaviy xamda davlat tashkilotlari mablagʻi, xususiy shaxslar jamgʻarmasi, hissador va taʼsischilarning ulushi, bank krediti, chet ellik sarmoyadorlar va hokazo mablagʻlar evaziga sotib olinadi. Ayrim xollarda taʼsischilar asosiy vosita va moddiy boyliklarning oʻzini berishi ham mumkin. Asosiy va aylanma mablagʻlar ishlab chiqarish faoliyatini uzluksiz yuritishga xizmat qiladi. Oʻz-oʻzidan bu faoliyat davomida oʻzgaradi, harakatda boʻladi va tarkibi yanada yangilanadi. Balansning birinchi bo’limi “Uzoq muddatli aktivlar” deb nomlanib, nomoddiy aktiv va asosiy vositalar boshlangʻich, eskirish va qoldiq qiymatda, oʻrnatiladigan asbob-uskunalar, tugallanmagan kapital va uzoq muddatli qoʻyilma taʼsischilar bilan hisob- kitoblar va boshqa oborotdan tashqari boʻlgan aktivlardan iboratdir. Moddiy aktivlar korxonaga daromad keltirish yoki uning ishlab chiqarishini yuritishga shart-sharoit yaratuvchi, natural buyum shakliga ega boʻlgan mulkiy huquqiy qiymatlar, patentlar, mualliflik huquqi, savdo markalari, “Nou-xau”, yerdan, suvdan va boshqa tabiiy boyliklardan, bino, inshoot va qurilmalardan foydalanish huquqlaridan iborat boʻladi. Shuningdek, bu bandda hissadorlik jamiyati boshqaruvi kelishuviga muvofiq Nizom jamgʻarmasini tashkil qilishi uchun ajratgan nomoddiy aktivlari ham aks etadi. Nomoddiy aktivlar tarkibida korxona manfaati uchun kelgusida ishlatilishi moʻljallangan ilgʻor texnologiyadan foydalanish huquqi, ularni olib kelish va ishlatishga tayyorlash xarajatlari qoʻshilgan holda aks etadi. Bu holat qoʻshma korxonalardagi Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan yuridik shaxs bilan, xorijiy sarmoyadorlar hamkorligi tufayli koʻproq vujudga keladi. Ishlab chiqarish va xizmat binolari, inshootlar va uskunalardan foydalanish xarajatlari ijara haqi summasiga teng boʻladi. Umuman nomoddiy aktivlar boshlangʻich bahoda koʻrsatiladi, xizmat muddatiga qarab uning eskirishi hisoblanadi va balans jamlanganda qoldiq bahodagi summa qoʻshiladi. “Asosiy vositalar” bandida balans tuzilgan vaqtgacha boʻlgan 0100 schyotlari qoldigʻi koʻrsatiladi. Kreditiga esa yil davomida chiqib ketganlari aks ettiriladi. Asosiy vositalar boʻyicha eskirish xisoblanadi, buni aniqlash murakkab. Shuning uchun toʻliq tiklash uchun hisoblangan amortizatsiya summasiga eskirish teng deb shartli qabul qilinadi. Amortizatsiyani hisoblash maxsus meʼyorlar asosida (boshlangʻich yoki tiklash bahosiga nisbatan foiz hisobida) aniqlanadi. Meʼyorlar har bir asosiy vosita turlari bo’yicha differensiyalashgan, lekin amortizatsiyani hisoblashda asosiy vositalarning xizmat muddati tugaguncha, boshlangʻich yoki qoldiq qiymatini eskirish sifatida yangi yaratilayotgan qiymatga oʻtkazishi lozim. Hisoblashning tezlashgan meʼyorini qoʻllash mumkin, faqat bu tartib faol qatnashuvchi (mashina, uskuna va transport) vositalarga taalluqlidir. Asosiy vositalarning eskirishi 0200 schyotlarida hisoblangach, shunga qarab amortizatsiyalashgan yoki qoldiq bahodagi asosiy vositalar hajmi aniqlanadi, yaʼni boshlangʻich bahodan (0100 schyot) eskirish summa (0200 schyot) ayirib topiladi. Shu bandda uzoq muddatga ijara olingan, ishlatilishi yoki konservatsiyada turganligidan qatʼiy nazar balansidagi asosiy vositalar qiymati aks etadi. Balansning qolgan qismida kapital qoʻyilmalar, shoʻba korxonalardagi aksiyalar, shoʻba korxonalarga berilgan qarzlar, uyushma korxonalardagi aksiyalar, uyushma korxonalariga berilgan qarzlar, uzoq muddatli investitsiyalar va boshqa aktivlar kursatiladi. Bu xo’jalik yoki pudrat usulida bajarilayotgan tugallanmagan kapital kurilish, moddiy boyliklar qidirish ishlari uchun sarflar va shu maqsadlarga ajratiladigan mablagʻlarni koʻrsatadi. Kapital xarajatlarni korxona oʻz mablagʻi yoki uzoq muddatli kredit evaziga bajarishi mumkin. “Uzoq muddatli investitsiyalar” bandida hamkorlikda ishlashga kelishganlarning korxona ustav fondiga qoʻshgan xissasi yoki bergan qarzi koʻrsatiladi. Qimmatli qogʻozlar mulk egasining huquqini aks ettirib, maʼlum darajadagi qoʻshimcha foydaning foizi daromad keltiradi. Bunday qogʻozlar boshqa korxonalarning aksiya va obligatsiyalari, davlat tomonidan chiqarilgan ichki zaymdir, bankdan sotib olingan uzoq muddatli jamgʻarmali sertifikatlardir. Bu band uchun summani 0600 “Uzoq muddatli investitsiyalar” schyotlari qoldigʻidan olinadi.
Balans aktivining II boʻlimi “Joriy aktivlar” deb nomlanib, asosiy oʻrinni “Tovar-moddiy zaxiralar” bandi egallaydi. Chunki, bu banda korxona ishlab chiqarishni yuritishga zarur boʻlgan buyumlar jamlanadi. Unda xomashyo va materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, konstruksiyalar va detallar, urugʻ, yem-xashak, yoqilgʻi, idishlar va idishbob materiallar, ehtiyot qismlar, qayta ishlash uchun chetga berilgan materiallarning haqiqiy tannarxi (sotib olish va olib kelish bilan bogʻliq xarajatlar) koʻrsatiladi. Ushbu boʻlimning yangi xususiyati shundaki, arzon baholi va tez eskiruvchan buyumlar boshlangʻich, eskirish va qoldiq baholarda keltiriladi hamda balans jamlanganda faqat qoldiq bahodagi, yaʼni yaroqli qiymati qoʻshiladi. Pul mablagʻlari, valyuta mablagʻlar, gʻaznadagi pullar, qisqa muddatli qoʻyilmalar bandlarida material shaklida boʻlmagan boyliklar aks ettiriladi. Bu mablagʻlarning hajmi korxonaning ixtisoslashganligi, bozor munosabatlarida taʼminotning tashkillashtirilishi va boshqa koʻpgina sabablarga bogʻliq. Masalan, sanoatda pul salmogʻi yuqori boʻlsa, savdo tashkilotlarida esa debitorlar bilan hisob-kitoblar koʻp boʻlishi mumkin, chunki bu tovarlarni sotishga borib qadaladi. Eng avvalo, debitorlar bilan hisob-kitoblar koʻrsatiladi, chunki hozirgi sharoitda bu masalani tahlil qilib turish zarurdir. Debitorlar boshqa yuridik (korxona, tashkilot va muassasa) va jismoniy shaxslar toʻlashi lozim boʻlgan qarzdorlardir. Qarzdorlarni shartli ikki guruhga ajratish mumkin: odatdagi va asoslanmagan. Odatdagi qarzlarga ishlab chiqarish, tovarlar sotish va xizmat koʻrsatishga avvaldan qarz berish, daʼvo qilish va shu kabi munosabatlar tufayli yuzaga kelgan, ammo toʻlash muddati hali yetmaganlari kiradi. Asoslanmagan qarzlar faoliyat davomidagi kamchiliklar, tovar va moddiy boyliklarning kamomadi, oʻgʻrilik va har xil yoʻqolishlar hisobiga paydo boʻladi. Bu holat doimo nazoratda boʻlib, muntazam tahlil etib borishni talab qiladi. Umuman, debitor qarzlarning mavjudligi moliyaviy ahvolga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Shu bois tovar, bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlar uchun olingan veksellar boʻyicha, sho’ba korxonalari, byudjet, xodimlar va boshqa debitorlar bilan boʻlgan munosabatlar xususida balans tuzilgan davrdagi holat koʻrsatiladi. II boʻlim aktivida mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan avanslar va qisqa muddatli moliyaviy qoʻyilmalar ham keltiriladi. Mablagʻlarni oʻrganishda pul mablaglarining tahlili alohida oʻrinni egallaydi. Bunday mablagʻlar hisob-kitob, valyuta schyoti va gʻaznadagi pullar tushuniladi. Mazkur mablagʻlar toʻlov majburiyatlarining bajarilishida birlamchi vosita boʻlib xizmat qiladi. Ayniksa, hisob-kitob va valyuta schyotidagi mablagʻlar mahsulot yetkazib beruvchilar, pudratchilar, ishchi-xizmatchilar, byudjet, bank, sugʻurta va boshqalar bilan boʻladigan aloqa manbasidir. Shu tufayli bu masala alohida oʻrganilishi lozim. Shu yerda oʻtgan va joriy yildagi koʻrilgan zararlar ham aks ettirilishi kerak. Korxona mulki va mablagʻlarning kelib chiqish manbalari balansning passivida koʻrsatiladi. Bular oʻziga qarashli va chetdan jalb qilingan manbalarga ajratiladi. Jalb qilingan manbalarga bank kreditlari va kreditorlik qarzlari kiradi. Passiv ham xuddi aktiv qism kabi ikkita boʻlimdan iborat. Yaʼni balans passivining birinchi boʻlimi — “Oʻz mablagʻlari manbalari” deb nomlanib, bunda ustav kapitali, qoʻshilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar, maqsadli tushum va fondlar kelgusi davr sarflari va toʻlovlari uchun rezervlar, kelgusi davr daromadlari aks ettiriladi. Passivning “Ustav kapitali” bandida xoʻjalik faoliyatini yuritish uchun ajratilgan mablagʻlari koʻrsatiladi. Hissadorlik jamiyatlarida esa har bir qatnashchining qoʻshgan hissasi ustav fondida koʻrsatiladi. Divident sifatida taqsimlanadigan sof foyda hajmi ham qoʻshilgan hissaga qarab aniqlanadi. Demak, ustav fondi bozor iqtisodiyoti sharoitida yuridik shaxs sifatida korxonaning oʻziga tegishli mablagʻi va aksiyonerlarning qoʻshgan hissasidan iborat bo’ladi. Har bir qatnashchi shaxsiy hissasiga qarab korxonaning xo’jalik va moliyaviy faoliyatiga aralashadi. Hamkorlikdagi, hissadorlik, qoʻshma va kichik korxonalarning nizom jamgʻarmasi hajmi qatnashchilar qoʻshgan badallar miqdoriga bogʻliq boʻladi. Qoʻshilgan kapital, rezerv kapital bandlarida korxonaning boyliklarini qayta baholanishidan, olgan foydasidan tashkil etilgan rezervlardan, qoʻshimcha aksiyalar chiqarish natijalaridan ko’paygan xususiy manbalar koʻrsatiladi.
Passiv I boʻlimiga taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) ham kiritiladi. Bu bandning summasi korxonaning olgan foydasi miqdoriga va uning taqsimlanishiga bogʻlikdir. Korxona oʻz oldidagi foydadan toʻlashi lozim boʻlgan majburiyatlarini bajarib boʻlgandan soʻng, qolgan qoldiq kelgusida rezerv sifatida foydalanilishini koʻzlanib qoldiriladi. Taqsimlanmagan foyda bandi oʻtgan yillardagi foydadan qolgan summalarni ham ifodalaydi. Balansda korxonaning oʻz mablagʻlari manbasi qancha koʻp ulushni egallasa, shunchalik moliyaviy ahvol ishonchli boʻladi. Balans passivining ikkinchi boʻlimi “Majburiyatlar” deb nomlanib, unda korxonaning uzoq muddatli va joriy majburiyatlari aks ettiriladi. Uzoq muddatli majburiyatlarga - uzoq muddatli bank kreditlari va uzoq muddatli qarzlar va shu kabi uzoq muddatli majburiyatlar kiritiladi. Bank kreditlari ishlab chiqarishni texnik jihozlash, asosiy vositalar sotib olish va koʻrish, asosiy poda tashkil qilish va boshqa koʻpgina istiqbolli loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlash maqsadida olinishi mumkin. Qarzlar bandida esa boshqa korxonalardan (bankdan tashqari) olingan qarz summalari koʻrsatiladi. Bu bandlarni toʻldirish uchun zarur maʼlumotlar “Banklarning uzoq muddatli kreditlari” va “Uzoq muddatli qarzlar” schyotlar qoldigʻidan olinadi. Passiv II boʻlim passivini oʻrganish ham katta ahamiyatga ega. Balans passivining ikkinchi boʻlimi “Majburiyatlar” deb nomlanib, bu boʻlimda qisqa muddatli bank kreditlari va qarzlarini, korxona ishchi-xizmatchilari uchun bank kreditlari, tovarlar, bajarilgan ishlar, xizmatlar uchun berilgan veksellar, mehnatga haq toʻlash boʻyicha, ijtimoiy himoyalash, sugʻurta, taʼminot, mulkiy va shaxsiy sugʻurta, byudjet bilan, undan tashqari toʻlovlar, shuʼba korxonalari va boshqalar bilan boʻladigan hisob-kitoblar koʻrsatiladi. Bulardan tashqari haridorlar va buyurtmachilardan olingan avanslar, koʻzda tutilgan daromadlar, xarajatlar va toʻlovlar zaxirasi, dargumon qarzlar boʻyicha zaxiralar va boshqa qisqa muddatli passivlar ham ushbu boʻlimda aks ettiriladi. Shu boʻlim passivida juda koʻp buxgalteriya hisobining schyotlarining kredit qoldigʻi keltiriladi. Korxona balansini oʻrganishda asosiy eʼtibor yil boshida o’tgan davrda mulk va mablagʻlarning qanchalik oʻzgarganligi hamda aktivdagi har bir band passivdagi manbalar bilan qanchalik taʼminlaganligiga qaratiladi.
Moliyaviy tahlilning muhim xususiyatlaridan biri korxona mulki, zaxiralar va xarajatlarni har tomonlama organishdir. Bunday mablagʻlar tarkibiga ishlab chiqarish zaxiralari, yaʼni xomashyo va materiallar, ikkilamchi materiallar va oʻrnatilgan asbob – uskunalar, ehtiyot qismlar, parvarish va boquvdagi chorva mollar, arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar kiradi. Ular korxonaning bir meʼyorda ishlashi hamda mahsulot ishlab chiqarishi va shartnoma boʻyicha sotish rejasini taʼminlashga yetarli boʻlishi lozim. Quyidagi jadvalda korxona mulkining hajmi va tarkibi keltirilgan. Uni tuzishda balans maʼlumotlaridan foydalanib, sof, ishlatishga layoqatli boyliklar holati oʻrganiladi. Keltirilgan maʼlumotlar balansning jami summasiga teng boʻladi.
5-jadvalda “Oʻztemiryoʻlmashta’mir” unitar korxonasining buxgalteriya balansi aktiv moddalarining dinamikasi keltirilgan.
Quyida keltirilgan 5-jadval maʼlumotlaridan koʻrinib turibdiki, tahlil qiliniyatgan “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UK da 2017-yilda 2016-yilga nisbatan aktivlar summasi 7 245 058 ming soʻmga ya’ni 11 % ga, 2018-yilga 2017-yilga nisbatan esa 52 223 588 ming soʻmga ya’ni 72 %ga koʻpaygan.
5-jadval
“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UK ning buxgalteriya balansi aktiv moddalarining tahlili,ming soʻm *
Koʻrsatkichlar
|
2016-yil
|
2017-yil
|
2018-yil
|
2017-yil 2016-yilga nisbatan
|
2018- yil 2017- yilga nisbatan
|
Farki
|
%
|
Farki
|
%
|
1.Uzoq muddatli aktivlar
|
17 003841
|
19 599812
|
71 776322
|
2 595 971
|
115
|
52 166 510
|
366
|
2.Joriy aktivlar,
shu jumladan
|
48 239834
|
52 888921
|
52 935999
|
4 649 087
|
110
|
47 078
|
100
|
2.1 Tovar-moddiy zaxiralar, kelgusi davr va muddati kechiktirilgan xarajatlar
|
32 090643
|
32 929077
|
40 239273
|
838 428
|
103
|
7 310 196
|
122
|
2.2Debitorlar
|
16 147918
|
19 955031
|
12 693778
|
3 807 113
|
123
|
-7 261 253
|
63,6
|
2.3 Pul mablagʻlari va qisqa muddatli qoʻyilmalar
|
1 273
|
4 483
|
2 948
|
3 210
|
352
|
-1 535
|
65,7
|
Balans aktivining jami
|
65 243675
|
72 488733
|
124 712321
|
7 245 058
|
111
|
52 223 588
|
172
|
Do'stlaringiz bilan baham: |