Darsni mustahkamlash uchun savollar:
1. Shoirning hayoti va ijodi?
2. Shoirning o‘qish, odob haqidagi asarlari?
3. Bolalar o‘yinlari, tabiat, Vatan haqidagi asarlari?
319
CHÅT EL BOLALAR ADABIYOTI
Mustaqil mamlakatimizda kattalar adabiyotining ajralmas
bir bo‘lagi bo‘lgan bolalar adabiyotining rivojlanishi, har to-
monlama boyib borishida tarjima asarlarining o‘rni, ahamiyati
katta. Negaki, tarjima asarlarini o‘qigan har bir yosh kitob-
xonning dunyo haqidagi fikri, tasavvuri boyib, o‘sha xalqning
yashash sharoitlari, urf-odatlari, mehnatlari, orzu-intilishlari
bilan oshna bo‘ladilar.
Asrlar osha xuddi ertak kabi eldan elga, tildan tilga o‘tib,
dillarni yashnatib yurgan „Qizil Shapkacha“ (Sh. Perro), „Ro-
binzon Kruzo“ (D. Defo), „Dyumchaxon“ (H. Andersen),
„Gulliverning sayohatlari“ (J. Svift), „Oltin baliq“ (A. S. Push-
kin), „Òom Soyyerning boshidan kechirganlari“, „Shahzoda
va gado“ (M. Òven), „Kapitan Grant bolalari“, „Ostin-ustin“
(S. J. Vern), „Don Kixot“ (J. Servantes) kabi asarlar yosh
qalblarning olamga nisbatan qiziqishlarini jo‘sh urdirib yu-
boradi.
XX asrda bunyod etilgan „Maugli“ (R. Kiðling), „Kich-
kina Shahzoda“ (A. De Sent — Ekzyuperi), „Katta va kichik
Karlson“ (A. Lindgren), „Òoshkent — non shahri“ (A. Ne-
verov), „Vinni Pux“ (A. Miln), „Ahmoq sichqoncha haqida
ertak“ (S. Marshak), „Uch baqaloq“ (Y. Olesha), „Quvnoq
japbaqlar“ (B. Kerboboyev), „Doktor Voyjonim“ (K. Chu-
kovskiy), „Òemur va uning komandasi“ (A. Gaydar), „Chi-
ðollinoning sarguzashtlari“ (J. Rodari), „Styopa amaki“ (S. Mi-
xalkov), „Kim bo‘lsam ekan?“ (V. Mayakovskiy), „Bilmasvoy
quyosh shahrida“ (N. Nosov) singari olam kezib yurgan
asarlar o‘zbek kitobxon bolalarida katta taassurot qoldirmoqda.
Yuqorida tilga olingan asarlar yosh kitobxonni nimagadir
o‘rgatadi, nimagadir da’vat etadi. Bu asarlarning ko‘pchiligida
ona-Vatanga muhabbat, uning ozodligi va baxti uchun jon
fido qilish („Uch baqaloq“), noshukur bo‘lmaslik, ota-ona
pand-nasihatiga quloq solish („Ahmoq sichqoncha haqida
ertak“), tabiatga buyuk mehr („Maugli“), tabiatni asrash,
hayvonot olamini sevish („Doktor Voyjonim“), odamlar xiz-
320
matini bajarish, beminnat yordam ko‘rsatish („Òemur va
uning komandasi“), o‘ziga pishiq-puxta bo‘lish, ichki sirlarni
o‘zgalarga oshkor qilmaslik („Qizil Shapkacha“), namunali
o‘qish, kasb-hunar egasi bo‘lish („Kim bo‘lsam ekan?“),
sergak, tadbirkor bo‘lish, quvnoqlikka intilish („Quvnoq jap-
baqlar“)dek oliyjanob g‘oyalarning yotishi bolalarning tarjima
asarlariga nisbatan bo‘lgan qiziqish va ishtiyoqlarini o‘stiradi.
Bir misol: suriya xalqining „Asalari håch narsa dåmabdi“
dågan bir ertagi bor. Bu ertakda måhnatkash-u kamtarin bo‘-
lish masalasi ko‘tariladi. Ertak juda jozibali, hayajonli. Shu bi-
lan birga, yosh kitobxonni o‘ylantiradigan, o‘ziga-o‘zi hisob
båradigan ruhda kamol topishiga ham ko‘mak båradi.
Bir o‘rmonda xo‘roz, chigirtka, chivin va asalari yashaydi.
Ma’lumki, bu yårda asalaridan tashqari håch kim ish, yu-
mush bajarmaydi. Hammasi ishyoqmas, dangasa, ammo maq-
tanchoq, takabbur. Xo‘roz: „Mån qichqirmasam, tong ham ot-
maydi. Tongni mån orttiraman“. Chigirtka: „Måning kuyim
dunyoda eng yoqimli, mayin kuy“. Chivin: „Odamlar ovo-
zimni eshitib, huzur qilishadi“.
Barcha biladi: bularnnig barchasi zararkunanda. Odam-
larning asablariga tågishdan nariga o‘tmaydiganlardan. Endi
bularning qo‘shnilari asalari-chi? Juda kamgap, kamsuqum. U
doimo måhnat bilan band. Asalarining bunday xususiyati yosh
kitobxonni odobli, måhnatkash, kamtarin bo‘lishga o‘rgatadi.
Turkman adibi Bårdi Kårboboyåvning „Quvnoq japbaq-
lar“ asarida bolalarni bir-birlari bilan ahil, do‘st, tadbirkor-u
vatanparvar bo‘lishga undaydi.
Bir oilada Japbaq, Mapbaq, To‘pbaq, Yapbaq ismli juda
quvnoq, kambag‘al-qashshoq aka-ukalar istiqomat qilishadi.
Ota yo‘q, onaning topgan-tutgani ro‘zg‘or tåbratishga yåtmay-
di. Ajoyib-g‘aroyib kulgu-yu sarguzashtlarga boy bu asarda
aka-ukalar hayotda bo‘sh kålmaslikka, ozgina mug‘ombir, oz-
gina ishbilarmonlik namunasini ko‘rsatishga harakat qilib ya-
shashlari kitobxon bolalarga manzur bo‘ladi.
Yurtda nima ko‘p — boy-u puldor ko‘p. Nima ko‘p — al-
damchi, g‘irrom, o‘zgalar hisobiga kun ko‘radiganlar ko‘p.
Japbaqlarning mana shundaylarga qarshi ish yuritishlari, ol-
dindan chiqadigan har qanday to‘siq-g‘ovlarni quvnoqlik yo‘-
lini tutib, ishbilarmonlik bilan yångib o‘tishlari quvonchlidir.
Qishloqdagi eng katta boylardan biri Duyduq xolani, uzoq
321
yillardan båri xasislikda nom chiqargan Kålåkboyni, „Ham-
mangni duoyi ba’d qilib, yår yuzidan supirib tashlayman“,
dåb yuradigan tåkintomoq Yaloq eshonni, ham ko‘p uxlash
yo‘lini tutib, måhnatkash xalqni aldab, unga riyokorlik ko‘r-
satib kåladigan uyquchi Yotag‘on laqabli bir boyni o‘zlarining
so‘zga chåchanliklari-yu sabr-toqatlari bilan yångib chiqishlari
elga manzur bo‘ladi.
Japbaqlar el-yurt, shahar va qishloqlarni aylanib chiqi-
shadi. Ular qayårda bo‘lishmasin, albatta, xalqni zulukdåk
so‘ruvchilarni ahillig-u tabassumlari bilan sindirishadi.
Inson uchun hayotda eng muhimi, suv bilan havodåk
zaruri uy-joy, ya’ni vatan hisoblanadi.
Japbaqlar ko‘p o‘ylashadi. Ancha-muncha joylarda uy-joy
qurib, o‘sha yårni vatan aylab, yashab qolishmoqchi ham
bo‘lishadi. Låkin ona qishloq, kindik qonlari to‘kilgan joy ular
uchun mo‘tabar tuyulavåradi. Bizning bu fikrimizga ularning
mana bunday suhbatlari-yu xulosalari asos bo‘ladi:
— Kambag‘alning kamchiligi nima? — dåbdi Yapbaq. —
O‘tin bilan suv. Dåmak, o‘tovni o‘shanday joyga quramiz“.
Shu zaylda aka-ukalar turli joylarni tanlab, uy qurish-
moqchi bo‘lishadi. Hamma joyda ham tinchlik, xotirjamlik yo‘q.
Endi mana bu gapga e’tibor båring:
— Agar yurtda osoyishtalik bo‘lmasa, — dåyishibdi Japbaq-
lar, — o‘tinning issig‘i, suvning ta’mi-yu nonning kuchi ham
bo‘lmaydi. Dunyoni qanchalik kåzma, baribir ona-Vatandan
azizroq joy yo‘q.
Shunday qilib, og‘a-inilar o‘zgalar yurtidan ko‘ngillari to‘l-
may, o‘z makonlari sari otlanadilar. Qachonlardir uylari tur-
gan joyning tuprog‘ini o‘pib, shu yårga yangi uy qurib oladi-
lar. Shunday qilib, o‘z uying — o‘lan to‘shaging, dåganlari-
dåk, japbaqlar uchun kindik qonlari to‘kilgan yår hamma
joydan ko‘ra go‘zal, orombaxsh bo‘lishi kitobxon bolalar
uchun ibrat maktabi rolini o‘taydi.
21 — Bolalar adabiyoti va ifodali o‘qish
322
Hamma zamonlarda ham, har qanday holatda ham bo-
lalar ertak tinglashgan, ertaklar og‘ushida kamol topishgan.
Ertaklardagi hayajonli, ta’sirli voqåa va hodisalar ularni nima-
gadir da’vat etgan, to‘lqinlantirgan, yaxshi, ijobiy ishlarga yo‘-
naltirgan.
Olamda maxsus badiiy ertak aytuvchi hamda ertak yo-
zuvchi qalamkashlar ham bo‘lgan. Ana shunday badiiy ertak
yozuvchilardan biri fransuz shoiri va tanqidchisi, badiiy er-
taklar ijodkori Sharl Pårrodir. U o‘zining „Qizil Shapkacha“,
„Zolushka“ va „Etik kiygan mushuk“ asarlari bilan jahonga
tanildi.
Sharl Perro badiiy ertaklar ijod etishdan oldin xalq og‘-
zaki ijodini mehr va ishtiyoq bilan chuqur o‘rgandi. Shuning
uchun ham u o‘z ertaklarida xalq udumlarini dadil ilgari surdi.
Perro qahramonlari o‘z mehnatsevarliklari hamda saxiyliklari
bilan ajralib turadilar. G‘arazgo‘ylik, maqtanchoqlik, qizg‘an-
chiqlik o‘rnini yaxshilik, mehribonlik bosib ketishi hamon
kitobxonni shod etib kelmoqda.
Sharl Perrodan bor-yo‘g‘i o‘n ikki ertak saqlanib qolgan.
Qaysi ertagiga nazar tashlamang, barchasida bolalar zavq
oladigan qirralar bor ekanligini darrov payqaysiz. Dunyoda
uning „Etik kiygan mushuk“ ertagini o‘qimagan yoki shu
ertak asosida yaratilgan multfilmni miriqib tomosha qilmagan
bola topilmasa kerak. Ertakda aqllilik, bilimdonlik, topag‘onlik
bosh masala qilib qo‘yiladi. Boshqa asarlarida bo‘lgani kabi
Sharl Perro bu ertakda ham folklor an’analariga yana bir bor
sodiq qoladi. Ertak qahramoni — tegirmonchining kenja o‘g‘li
Karabs fahm-farosat, aql bilan ish ko‘rib, o‘z murod-maqsa-
diga yetadi, baxtiyor bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |