BOLALAR ADABIYOTI FANI HAMDA UNING
MAQSAD VA VAZIFALARI
Pråzidåntimiz I. A. Karimov o‘zining „Yuksak ma’navi-
yat — yångilmas kuch“ kitobida ma’naviyat masalasiga alohida
e’tibor bårib: „Biz xalqimizning dunyoda håch kimdan kam
bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli,
dono va albatta, baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va
imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada
ma’naviy tarbiya masalasi, håch shubhasiz, båqiyos ahamiyat
kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va såzgirligimizni,
qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni
o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, mu-
qaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan
ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda
o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chåtga chi-
qib qolishimiz mumkin“,
1
— dåb yozadi. Ma’naviyat insonga
havodåk, suvdåk zarur. Sahrodagi sayyoh har doim buloqdan
chanqog‘ini bosadi. Xuddi shuningdåk, inson ham nåcha-nå-
cha azoblar va qiyinchiliklar bilan ma’naviy chashmasini iz-
laydi. Yer, oila, ota-ona, bolalar, qavm-qarindoshlar, qo‘ni-
qo‘shnilar, xalq, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga
hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik — ma’naviyatning
ma’nosi ana shunday juda kång¾ Inson o‘zini xalqining bir
zarrasi dåb såzgandagina, u haqda o‘ylab, o‘qib, måhnat qilib
yashagandagina ma’naviyat bilan tutashadi.
Bunday mas’uliyatli vazifani amalga oshirishda kattalar
adabiyotining ajralmas bir bo‘lagi bo‘lgan bolalar adabiyoti-
ning ham alohida o‘rni bor.
Xalqda „Adabiyotga e’tibor — ma’naviyatga e’tibor“ dåyi-
ladigan juda katta ta’lim-tarbiyani o‘zida jamlagan umumlashma
bor. Bu umumlashmada adabiyotdan xabardor bo‘lgan bola-
ning ilmi, odobi, yurish-turishi, muomalasi, ota-ona va va-
4
tanga måhr-muhabbati risoladagidåk bo‘lishi masalasi ilgari
suriladi.
Ko‘rinadiki, bolalar adabiyoti oldida bajarilishi lozim bo‘l-
gan juda muhim ishlar turadi. Bu haqda Pråzidåntimiz 2009-
yilda O‘zbåkiston yozuvchilar uyushmasi raisini qabul qilib,
uyushma faoliyatining samaradorligini oshirish, milliy adabi-
yotimizni rivojlantirish masalasi bo‘yicha bårgan ko‘rsatmasida
bolalar adabiyoti yuzasidan to‘xtalib: „Ayniqsa, biz uchun
g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bolalar adabiyotini ri-
vojlantirishga alohida e’tibor bårishimiz, mustaqil fikrlaydigan
shaxsning shakllanishi, har qanday kitobxonlik, mutolaa ma-
daniyati bolalikdan boshlanishini doimo yodda tutishimiz lo-
zim“, dåb ta’kidlab o‘tdi. Barchamizga ma’lumki, bolalar ada-
biyoti so‘z san’ati va tarbiya vositasidir. Kichkintoylar uchun
yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyat-
lariga, saviyalariga mos, kitobxonlar qalbida o‘y-fikrlar uyg‘o-
tadigan, yorqin obrazlarga boy, yuksak g‘oyalarga, ulkan va
porloq ishlarga ilhomlantiradigan bo‘lishi zarur. Eng muhimi,
mavzular tushunarli, sodda va qiziqarli tilda ifodalanishi kårak.
Bolalar adabiyoti yoshlarni imon-e’tiqodli va ona-Vatanga
muhabbatli qilib tarbiyalashda mustaqil mamlakatimizning
qudratli qurolidir. Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga
kuchli ta’sir ko‘rsatib, ana shu yuksak talablarga javob båra
oladi. Dåmak, bunday kitoblar pådagogik va psixologik nuqtayi
nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Bolalar kitobi bu vazifani bajarishda badiiy tilga suyanadi.
Adabiy asarning tili uning g‘oyaviy mazmunini aniq va ifodali
ochib bårish vositasidir. Yaxshi, aniq, ravon, obrazli, boy til
bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va fikrlarini kitob-
xonlarga tåz va oson yåtkazadi.
Alishår Navoiy „Mahbub ul-qulub“da tilni „ko‘ngil xazi-
nasining qulfi“, dåb ta’riflaydi. Buyuk shoir kishilarni qisqa va
mazmunli, chuqur mantiq bilan so‘zlashga chaqiradi. Bu
talab, shubhasiz, bolalar yozuvchilariga ham taalluqlidir.
Dåmak, bolalar yozuvchisi sodda, ravon, qiziqarli va
mazmundor qilib yoza bilishi kårak. Buning uchun esa u xalq
tilini puxta bilishi lozim. Ravon til bilan yozilgan badiiy asar-
lar kitobxonning nutqiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi, so‘z
boyligini oshiradi.
5
Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh avlod-
ni hayotga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi, ona di-
yorimizga, måhnatga muhabbat, zamonamizga sadoqat ruhida
tarbiyalaydi, ularni yurtimizning munosib farzandlari bo‘lishga
chaqiradi. Kitob bolaning dunyoqarashini shakllantirishga yor-
dam båradi, xaraktårini tarbiyalaydi, ilm-fanga muhabbatini
oshiradi. Kitob xalqimizning o‘tmishi, ilg‘or madaniyatimiz,
fan va tåxnikamiz yutuqlari bilan tanishtiradi, faxr-iftixor
tuyg‘ularini o‘stiradi.
Bugungi kunda qudratli qurollardan biri bo‘lgan bolalar
adabiyotidan kång foydalanmay turib, yangi jamiyat quruv-
chisini har tomonlama yåtuk inson qilib tarbiyalash mumkin
emas.
Bolalar kitobxonligini o‘quvchilarning pådagogik-psixologik
xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha guruhlarga ajratib o‘rganish
mumkin:
1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar kitobxonligi (2
yoshdan 7 yoshgacha).
2. Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi (7 yosh-
dan 11 — 12 yoshgacha).
3. O‘rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi (13 — 14
yoshdan 15 — 16 yoshgacha).
Do'stlaringiz bilan baham: |