Mamasoli jumaboyev


Darsni  mustahkamlash  uchun  savollar



Download 12,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/120
Sana31.12.2021
Hajmi12,91 Mb.
#220217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Bog'liq
bolalar adabiyoti va ifodali oqish (1)

Darsni  mustahkamlash  uchun  savollar:
1. Bolalar  adabiyotining  vazifasi?
2. Bolalar  adabiyotida  ma’naviyat?
3. Bolalar  adabiyotining  boshqa  fanlar  bilan  yaqinligi?
4. Bolalar  adabiyoti — so‘z  san’ati?


6
Maktabgacha  ta’lim  yoshidagi
bolalar  kitobxonligi
Odatda,  bola  olamga  kålibdiki,  onani  taniydi,  uning  hi-
dini,  qadam  tashlashini,  nafas  olishini  darhol  såzib  oladi.  Ona
bir  daqiqa  o‘zidan  uzoqlashsa  xarxasha  qiladi,  ingrab  yig‘laydi.
Chunki  bu  norasida  onaning  qornida  ekanligidayoq  uni  o‘ziga
kashf  qilib  olgan.  Shu  onaning  ko‘magida  atrof-muhit  bilan,
o‘zini  qurshab  olgan  olam  bilan  tanishadi.  Onaning  allasi,
qo‘shig‘i,  ertagi  murg‘ak  qalbida  bir  umrga  muhrlanib  qoladi.
Folklor  va  yozma  adabiyot  namunalarini  tinglab,  voyaga
yåtayotgan  bolalarning  o‘yinlari,  sho‘xliklari,  xayollari,  qizi-
qishlari,  gap-so‘zlari¾ — bular  bolalarning  ma’naviy  dunyo-
sini  boyitadigan  omillardandir.  Agarda  kattalar  bu  o‘ziga  xos
bolalar  dunyosini  tushunib,  uni  to‘g‘ri  baholay  olsalar,  bola-
larning  kålajagi  uchun  katta  ish  qilgan  bo‘ladilar.
Alla,  ertak,  topishmoq,  maqollarda  kuzatganimizdåk,
odamlarga,  jonivorlarga,  tabiatga  bo‘lgan  måhr-muhabbat,
do‘stlik  va  o‘rtoqlikning  ilk  tuyg‘ulari,  yaxshilikka  nisbatan
uyg‘ongan  dastlabki  minnatdorchilik  hissi,  har  narsaga  chan-
qoqlik  bilan  qiziqib  qarash  kabilarning  barchasi  bolaning  ma’-
naviy  dunyosini  boyitishi,  uning  xayoli  va  tasavvurini  kångay-
tirishi  lozim.
Biz,  kattalar  „Bolalik  båtashvishdir“,  „Bolalik  hayotdagi
eng  baxtiyor  damdir“,  „Bolalik  inson  umrining  yorqin,  ba-
horiy  tongidir“  kabi  gaplarni  qayta-qayta  gapirishni  yaxshi
ko‘ramiz.
Har  bir  kishi  folklorda  zikr  etilganidåk,  eng  baxtiyor  va
båtashvish  bolalik  yillarida  taxminan  quyidagi  qobiliyatlarni
egallab  olgan  bo‘lishi  lozim.  O‘ynab  va  sho‘xlik  qila  turib,  u:
nima  yaxshi  va  nima  yomonligini,  narsalar  dunyosini,  hayvo-
not  dunyosini,  odamlar  dunyosini  anglab  boradi.  Buning
ustiga  dunyoni  bilish  shunchaki  yuzaki  bir  kuzatuv  emas:
kåcha  u  yomg‘irning  nimaligini  bilmas  edi,  bugun  esa  u  er-
talab  yomg‘irni  ko‘rdi-yu,  ayni  paytda  dunyoda  tarnovlar  bo‘-
lishini,  chumchuqlar  sovuqda  xurpayib,  yum-yumaloq  bo‘lib
olishini  ham  bilib  oldi.  Bu  ertalabki  kashfiyotlar  edi,  tushga
borib  esa,  u  mushukchani  qo‘rqitib  yuborsa,  yunglari  xurpa-
yib,  ko‘zlari  yashil  rangda  chaqnab  kåtishini  ham  birinchi
bor  ko‘rdi.


7
Darhaqiqat,  bolalarning  o‘yinlariga,  chizgan  rasmlariga
astoydil  razm  soling,  gaplarini  tinglang.  Shunda  siz  ularning
olamni  naqadar  yorqin,  aqlga  sig‘mas  darajada  mo‘jizakor  bir
tarzda  ko‘ra  bilishlarini  payqaysiz.  Ular  o‘zlarining  såzgirliklari
tufayli,  hatto  qo‘rqinchli  ertaklardan  ham  qandaydir  qiziq
joylarini  ilib  oladilar,  kundalik  voqåalarning  esa  kattalar  såz-
may  qoladigan  muhim  jihatlarini  ko‘ra  biladilar.  Mana  shu
musaffo  tuyg‘ulari  uchun  ham  kishilar  bolalikni  såvadilar  va
uni  butun  umr  mamnuniyat  bilan  xotirlab  yuradilar.  Båtash-
vish  bo‘lgani  uchun  emas,  musaffo  tuyg‘ulari  uchun  såva-
dilar  uni.  Shu  boisdan  kattalar  bolalarni  quvonchdan  mah-
rum  etmasliklari,  ularning  yangilikka  boy  bo‘lgan  va  doimo
o‘zgarib  turuvchi  hayotdan  olgan  taassurotlarini,  his-haya-
jonga  to‘la  hayratli  tuyg‘ularini  toptamasliklari  kårak.
Har  birimiz  ham  bolalikda  kunlarning  uzoqligi,  har  bir
kunning  voqåalarga  boy  o‘tgani,  tushda  osmonda  uchib  yurish
naqadar  yoqimliligi,  oddiygina  uyning  shifti  ham  naqadar
baland,  hovli  oldidagi  bog‘  juda  katta,  hov  naridagi  o‘tloqzor
esa,  qanchalar  sirli  tuyulganini  eslashni  istaymiz.
Låkin  quyoshdan  taraladigan  chinakam  nur — yog‘duni
hammamiz  ham  yaxshi  xotirlay  olamizmi?  Yangi  o‘yinchoq,
yangi  kitobchalarning  yoqimli  hidini  qay  birimiz  aniq  eslay-
miz?  Oddiy  hodisalarning  yoqimli  hidini  qay  birimiz  aniq  es-
laymiz?  Oddiy  hodisalar  ham  qanchalar  tantanavor  va  mu-
him  bo‘lib  tuyulgani  va  qachonlardir  yuz  bårgan  olis  voqåalar
xuddi  kåchagidåk  xotiraga  mahkam  o‘rnashib  qolganini-chi?
Hamma  yoqdan  anvoyi  gullarning  o‘tkir  isi  kåladigan  op-
poq,  tåbranib  turuvchi  dalalar-chi?  Shunda  to‘satdan  uzoqda
ko‘ringan  ona¾  Uning  ovozi¾  Har  tomonga  go‘yo  uzun-
uzun  oltinrang  chiziqsimon  quvnoq  nur  taratayotgan  saxiy
quyosh-chi?  Ularni  kattalar  sira  ko‘rmaydilar,  bolalar  esa
ko‘radilar.  Någaki  ular  o‘zlari  tinglagan  ertaklarida  bunday
ajoyib-g‘aroyib  voqåa-hodisalarni  ko‘p  bor  eshitishgan.  Hatto
rasmini  ham  chizadilar.
Bolalar  chizgan  rasmning  bo‘yog‘i  juda  tiniq  bo‘lishi  ham
båjiz  emas.  Bolalik  paytida  yaxshilik  bilan  yomonlik  ham  mana
shunday  aniq  ko‘rinadi.  Bolalikda  yo  såvishadi  yoki  nafrat-
lanishadi,  bolalar  xatti-harakatlarining  o‘rtamiyonasi  ham
bo‘lmay,  faqat  yo  yaxshi,  yoki  yomon  bo‘lishi  mumkin.
Ularda  tajriba,  bilim  hali  yåtarli  emas-u,  ammo  chiroyli  va


8
xunukni,  samimiyat  va  soxtalikni  his  etish  tuyg‘usi  nihoyatda
o‘tkir  bo‘ladi.
Tåvarak-olamni  mana  shunday  tiyraklik  bilan  his  etgan
odamlar  tufayligina  biz  musiqa  eshitib,  yaxshi  kitoblarni
o‘qib,  chinakam  san’at  asarlarini  ko‘rib,  chåksiz  huzur-halo-
vat  olamiz.  Ular  ohanglar,  so‘zlar,  ranglar  vositasida  dunyo-
ning  nafosati-yu,  uning  donishmandligini  bizga  yaqqol  ko‘r-
satib  båradilar,  chunki  istå’dodning  o‘zi  aslida  bolalik  ta’sir-
chanligidan,  oddiy  narsadan  go‘zallik  topa  bilish  xislatidan
boshlanadi,  bu  xislat  esa  hayotiy  tajriba  va  ma’naviy  yåtuklik
tufayli  boyib  boradi.
Bu  davr  bolalar  kitobxonligi,  asosan,  ota-onalar  va
tarbiyachilar  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Hali  o‘qish,  yozish,
chizishni  bilmaydigan  maktabgacha  ta’lim  yoshidagi  bolalar
dunyo  sirlaridan  butunlday  båxabar  bo‘ladilar.  Shunga  qara-
may,  kichkintoylar  o‘zlarini  qurshagan  olamni  tåzroq  bilib
olishga,  uni  o‘rganishga  intiladilar.  Bunda  ota-onalar,  bog‘-
chalarda  esa  tarbiyachilar  bolalarga  yaqindan  yordam  bårish-
lari,  ya’ni  ularga  badiiy  asarlardan  parchalar  o‘qib  bårishlari
lozim.  Bu  davr  bolalariga  o‘qib  båriladigan  har  qanday  asar-
ning  hajmi  qisqa,  mazmuni  sodda  bo‘lishi  talab  etiladi.  Shu-
ningdåk,  bunday  kitoblarning  rasmlari  rang-barang,  harflari
esa  yirik-yirik  bo‘lishi  maqsadga  muvofiq.
Maktabgacha  ta’lim  yoshidagi  bolalar  tinglaydigan  asar-
larning  ko‘pchiligini  alla-qo‘shiq,  ertak,  topishmoq,  maqol,
tåz  aytish  kabi  xalq  og‘zaki  ijodi  asarlari  tashkil  etadi.
Bundan  tashqari,  yozuvchilar  yaratgan  va  yuqoridagi  ta-
lablarga  to‘la-to‘kis  javob  båradigan  ayrim  asarlar  ham  mak-
tabgacha  ta’lim  yoshidagi  bolalar  uchun  qo‘l  kåladi.  Ammo
shu  narsani  ham  ta’kidlab  o‘tish  kårakki,  bolalar  uchun  ijod
qiladigan  qalam  sohibi  hayotdagi  muhim  xaraktårli  voqåa  va
hodisalarni  badiiy  obrazlar  orqali  bolalar  nutqiga  mos  tilda,
ularning  yoshi,  ruhiyati  va  saviyasiga  muvofiq  ravishda  tasvir-
lashi  lozim.
Bolalar  shoiri  Anvar  Obidjon  o‘zining  „Suhbat“  nomli
shå’rida  bolalar  yaxshi  ko‘radigan  g‘ozlar  to‘g‘risida  so‘z  yu-
ritadi.  Ma’lumki,  bolalar  jonivorlar,  xususan,  qushlarga  ilk
yoshlaridan  boshlab  qiziqadilar.  Shu  jihatdan  qaraydigan  bo‘l-
sak,  „Suhbat“  bola  hayotida  muhim  rol  o‘ynaydi.  Voqåa  juda
oddiy  va  sodda.  O‘zaro  suhbatdan  ma’lum  bo‘ladiki,  g‘ozlar-


9
ning  qorni  och,  ularni  boqish  kårak.  Buni  shoir  o‘yin  vo-
sitasida  ifoda  etadi:
— G‘ozlar,  bir  so‘z  dåysizmi?
— G‘a,  g‘a,  g‘a!
— Totli  suli  yåysizmi?
— Ha,  ha,  ha.
— Någa  patni  silaysiz?
— G‘oq,  g‘oq,  g‘oq.
— Måndan  nima  tilaysiz?
— Boq,  boq,  boq!
Bu  xildagi  shå’rlar  kichkintoylarni  mustaqil  fikrlashga,
turmush  taassurotlarini  to‘plab,  ulardan  xulosa  chiqarishga
o‘rgatadi.
Bolalarning,  ayniqsa,  jajji  qizchalarning  såvimli  mash-
g‘ulotlaridan  biri  qo‘g‘irchoq  o‘ynashdir.  Yo‘ldosh  Sulaymon-
ning  „Qo‘g‘irchoq“  shå’rida  qo‘g‘irchoqlarni  asrab-avaylash,
oddiy  bir  o‘yinchoq  vositasida  kattalarning  måhnatini  e’zoz-
lash  masalasi  o‘rtaga  tashlanadi:
Quyosh  bilan  tång  turib,
Ozoda  kiyintirib,
Sånga  taqamiz  marjon,
Qo‘g‘irchoq,  qo‘g‘irchoqjon.
Qo‘ldan  qo‘ymaymiz  sira,
Yuqtirmaymiz  gard,  shira.
Ovunchoqsan  bizlarga,
Qo‘g‘irchoqsan  bizlarga.
Har  qanday  yozuvchi  maktabgacha  ta’lim  yoshidagi  bola-
larga  o‘qib  båriladigan  asar  tilining  badiiy  jihatdan  puxta-pi-
shiqligiga,  tushunarli,  aniq  va  ravonligiga  alohida  e’tibor  båradi.
Bu  yoshdagi  bolalarga  tavsiya  etiladigan  asarlar  ularga  hayot
haqida  muayyan  tasavvur  bårishi  bilan  birga  zavq-shavq  ba-
g‘ishlaydi.  Masalan,  Shukur  Sa’dullaning  „Lola  va  mushuk“
shå’rini  olaylik.  Bu  asar  juda  oddiy.  Misralari  ham  sodda.
Ammo  u  bir  o‘qishdayoq  kichkintoy  måhrini  o‘ziga  tortadi,
uni  barvaqt  turishga,  yuvinib-taranishga,  ozoda,  pokiza  bo‘-
lishga  o‘rgatadi.  Shuningdåk,  ularning  uy  hayvonlariga,  joni-
vorlarga  måhribon,  g‘amxo‘rliklarini  oshiradi:
Mån  Lolaman,  Lolaman,
Ozoda  qiz  bolaman.


10
Erta  bilan  turaman,
Yuz-qo‘limni  yuvaman.
Mushugim  bor  Qoramosh,
O‘zi  judayam  yuvosh.
Måndan  oldin  turadi,
Yuz-qo‘lini  yuvadi.
Xulosa  qilib  aytganda,  bolalar  o‘zlari  tinglagan  asarlari
yordamida  asta-såkin  atrof-muhit  bilan  tanishadilar,  ona  yurtga
måhr-oqibatli  bo‘lishni,  tabiatni  asrashni,  måhnatni  såvishni
o‘rganadilar.

Download 12,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish