KAVSAR TURDIYEVÀ
(1958- yilda tug‘ilgan)
303
Gullar ekib, daraxtlarni oqlaganlar,
Òabiatning go‘zalligin saqlaganlar,
Jonzotlarga kimda mehr kuchli, mo‘ldir,
Bilib qo‘ying, bunday bola yaxshi, zo‘rdir.
Kichik maktab yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan „Mard
o‘g‘lonlar bo‘lamiz“ she’ri ham ota va o‘g‘ilning savol-javobi
tariqasida beriladi. Unda xalq og‘zaki ijodi mahsuli bo‘lgan
maqollardan unumli foydalanadi va bolalarga ommabop, sodda
tilda o‘z fikrlarini ifodalaydi. Aynan savol-javob shakli she’rda
xuddi samimiy suhbat ko‘rinishini namoyon qiladi va o‘quv-
chining ishonchini oqlaydi:
— Òog‘ni baland demangizlar,
Istasangiz yiqasiz,
Raqiblarni kuchli demang,
G‘ayrat qiling, yengasiz.
Mard bo‘linglar, botir bo‘ling,
Shu otangiz tilagi.
Ezgu ishga qodir bo‘ling,
Yigitga shu keragi.
— Ha, dadajon, qo‘rqmaymiz biz,
Mard va polvon bo‘lamiz.
Ishonchingiz oqlash uchun
Kuch-qudratga to‘lamiz.
Umuman, shoiraning vatanparvarlik mavzusidagi ko‘pgina
she’rlarida Vatan uchun yosh avlodning mas’ulligi, ular shu
yurt ravnaqi uchun kuch-g‘ayratlarini ayamasliklari kerakligi,
ona-Vatanning yaratib berayotgan imkoniyatlaridan to‘laqonli
foydalanishlari o‘zlarining, shu bilan birga, Vatanning yuksa-
lishiga olib kelishi yaqqol ko‘rsatiladi. Chunki yurt farzandi
o‘sha elning bir bo‘lagi, ular bir-birini to‘ldiradi va bir-biriga
kerak:
Vatanim qaydadir?
Qalbim so‘roqlar,
Yuragim bog‘langan
Yaqin-yiroqlar.
Vatan — yuragimning
Òug‘ilgan joyi.
O‘lkamning quyoshi,
Yurtimning oyi.
304
Vatanim jismida
Men ham bir bo‘lak,
Vatanim menga-yu,
Men unga kerak.
Yuqoridagi she’rda Vatan, uning qismlari, bo‘laklari, ya’-
ni uni tashkil qiluvchilari quyosh, oy, zamin uyg‘unligi ta-
rannum etiladi.
Agar bu yerda Vatan obrazi lirik talqin etilsa, „Vatan iq-
bol kutar“ she’rining har bir misrasi go‘yo harakat uchun
dasturdek jaranglaydi:
Senda, menda, bizda,
Har bir o‘g‘il-qizda
Yagonadir Vatan,
Asra uni har dam.
Sendan, mendan, bizdan,
Har bir o‘g‘il-qizdan
Vatan iqbol kutar,
Bizga imkon tutar.
„Bu bizning O‘zbekiston“ she’ri esa respublikamiz vilo-
yatlarining o‘ziga xos jihatlarini iftixor bilan tarannum etadi.
Bu she’rda ham bolalar uchun qulay savol-javob shakli tan-
lanadi:
— Qaysi yurtning nonlari
Kiritadi jonlarni?
— Minoralari baland
Samarqand bu, Samarqand!
Kavsar Òurdiyevaning so‘nggi yillardagi ijodida turkum
she’rlar katta o‘rin tutadi.
Bu, eng avvalo, kichik bog‘cha yoshidagi bolalar uchun
mo‘ljallangan „Harakatli o‘yin“ she’rlari turkumi. Ular „Òu-
g‘ilgan kun“, „Biz aqlli bolamiz“, „Òozalik — go‘zallik“, „Ba-
dantarbiya“, „Òandirimiz“, „Oftob chiqdi olamga“, „Sich-
qonchalar qo‘shig‘i“ va ko‘pgina boshqa she’rlardir. „Òug‘ilgan
kun“ she’ri barcha bog‘chalarda harakatli o‘yin sifatida tarbiya-
lanuvchilarni tug‘ilgan kun bilan qutlash uchun mo‘ljallangan:
A k b a r s h o h :
Gulshodaning bugun tug‘ilgan kuni,
Davra qurib tabriklaymiz biz uni,
305
Bo‘yi o‘ssin bunaqa
(Bolalar qo‘llari bilan baland harakat qilishadi).
Y i g i t :
Qizcha bo‘lsin bunaqa, bunaqa
(Bolalar qo‘llari bilan „a’lo“ harakatini qilishadi).
Jumladan, sichqonchalar qo‘shig‘ida jonivorlarni jonlanti-
rish orqali bolalarga axloq-odobning ilk saboqlari beriladi:
Cha-cha-cha,
Salom, sichqoncha.
Cho‘m-cho‘m-cho‘m,
Qilaylik achom.
Chiy-chiy-chiy,
Yur, o‘ynaylik-chi.
Cha-cha-cha,
Xayr tonggacha.
Bu she’r ham qofiyalarning jarangdorligi, harakatlarning
tezligi, taqlidiy so‘zlarning ko‘pligi va bolalarga tanish so‘zlar
ishlatilishi bilan bolalar diqqatini o‘ziga jalb qiladi va tez yod-
lanadi. Xuddi „Oftob chiqdi olamga“ she’ridagi kabi:
Oftob chiqdi olamga,
Nuri tushdi xonamga.
Sen quvnoqsan, men quvnoq,
Davraga tushgin, o‘rtoq.
Quvnoq qo‘shiq boshlanar,
Òaq-taq qilar poshnalar.
Òaq-taq-taq, tuq-tuq-tuq,
O‘ynamagan bizda yo‘q.
Kavsar Òurdiyevaning ko‘plab turkumlari kasblarga, ko‘-
chalarga, hayvonot olamiga, dorivor giyohlarga, yo‘l harakati
qoidalariga, meva va sabzavotlarga bag‘ishlangan. Yana uning
turli shakldagi alifbolari ham diqqatga sazovordir. Masalan,
Kavsar Òurdiyevaning qaysi she’r turkumini o‘qimang, unda
ma’naviy barkamollikka chorlash, yurtning ravnaqini ko‘rish
istagi barq uradi. „Òoshkent ko‘chalari“ turkumiga kiritilgan
„Mehribon“, „Iltifot“, „Orzu“, „Vijdon ko‘chasi“ haqidagi
she’rlari bunga misol bo‘la oladi. Masalan, „Vijdon ko‘chasi“
she’rini olaylik:
Ko‘chamga bosganing on,
Senda uyg‘onar vijdon.
20 — Bolalar adabiyoti va ifodali o‘qish
306
Menga tomon qadam tashlaysan,
So‘ngra o‘ylay boshlaysan.
Xafa qilgan kishingni,
Qilgan yomon ishingni.
O‘tgan bo‘lsa ayb-qusur,
Borib so‘raysan uzr.
Hatto og‘ir bo‘lsa ham,
Xatolaring olgach tan.
Vijdoningni sozlaysan,
So‘ngra nafas rostlaysan.
Bu she’rlar kichik yoshdagi o‘quvchilar ko‘z o‘ngida vij-
don, mehr, iltifot kabi mavhum tushunchalarni jonlantirishga
yordam beradi. Uning kasblar haqidagi 1 — 4- sinf o‘quv-
chilariga mo‘ljallangan she’rlari 100 ta kasbga bag‘ishlangan va
ular turli hajmga ega: 1- sinf uchun 4 qator, 2- sinf uchun
6 qator, 3- sinf o‘quvchilari uchun 8 qator, 4- sinf o‘quv-
chilari uchun 12 qatordan iborat va turli-tuman kasblarni o‘z
ichiga oladi.
Masalan, „Kinolog“ yoki „Landshaft dizayneri“, „Labo-
rant“, „DAN xodimi“, „Ofitsiant“, „Òelefon operatori“,
„Etnolog“, „Ixtiolog“ va boshqalar.
Mana „Landshaft dizayneri“ she’rini o‘qib ko‘raylik:
Landshaft ne? O‘ylab qara,
Bir xil yer bu, manzara.
Bir xillikni bezay der
Shu sohada dizayner.
Rassom sezgisi hamda
Yuksak did bordir unda.
Binoga bo‘lsin monand,
Maydonda ko‘kat, daraxt.
Naqshdek ekilgan gullar
Go‘zal tus hosil qilar.
Eng oddiy ko‘rimsiz joy,
U bo‘lsa ochar chiroy.
„Kasblar alifbosi“ haqidagi she’rda turli kasbni orzu qil-
gan bolalar ana shu sohada eng mahoratli, eng bilimdon va
yurtining obro‘-e’tibori uchun xizmat qilishni orzu qiladi. Ma-
salan, agronom oyga tarvuz-qovunlar, paxta ekib, ularni kar-
307
von orqali yerga yuborishni orzu qiladi. Bog‘bon yangi nav
yaratishni xohlaydi.
Harflar haqida juda ko‘p she’rlari mavjud. Masalan,
„Harflar ustaxonasi“, „Bemor „B“ “, „Harflar she’r yozish-
gani haqida“. Ularda she’rlarni ma’rifiy va ma’naviy maqsadi
birlashib ketadi va o‘quvchida zavq uyg‘otadi. Bola ruhiyati-
ning turli qirralari aks etadi.
Kavsar Òurdiyeva bir she’rida harflarning shakli haqida
ma’lumot beradi. Masalan:
„A“ harfi ko‘p yoshidan,
Alifbening boshida.
O‘xshar ikki oyoqqa,
Òomga, ikki tayoqqa.
Shoira hatto to‘rtliklarga ham quvnoqlikni, tarbiyani va
ma’rifatni joylaydi. Masalan, „V“ harfiga yozilgan she’r:
„A“ harfga qo‘shsang meni,
„Va“ deb bog‘layman seni.
Nimadir bir jon-u tan?
Men, oilam va Vatan.
Yoki „P“ harfiga:
Paqillog‘i paqillab,
Yursa kimdir laqillab,
„P“ harfidan beomon,
Bir so‘z kelar — „Pushaymon“.
Kavsar Òurdiyevaning ko‘pgina she’rlari sujetli. Ularda
qahramonlar o‘zlarining aynan bolalarcha xulq-atvori bilan
kattalarni bolalikka qaytarsa, kichik o‘quvchilarni hayratga
soladi. Ularning beg‘ubor qalbi va orzu-tilaklari aks etadi. Ma-
salan, „Òelefon“ she’rida telefondan ikki opa-uka tinmasdan
oyisiga qo‘ng‘iroq qilishi tabiiy aks etgan. Mana, ular qo‘shni
bolalarni uyga taklif qilib mehmon qilishdi. Sovitgichdagi bor
yegulikni „quritishdi“. Mana, qo‘shnisi o‘z bolasini qarab
turish uchun tashlab ketdi. Ular butun uyni boshiga ko‘tarib,
bolakayni zeriktirmaslik uchun uni ot bo‘lib mindirishdi, oy-
nani sindirishdi. Keyin yuqori qavat balkonidan uning yelka-
sidan ushlab, pastdagi voqea-yu manzaralarni tomosha qildi-
rishyapti. She’r quyidagicha yakunlanadi. Bolalar onasiga te-
lefon qilib, shu haqida xabar berishadi:
308
Endi-chi, balkon osha
Qilayapmiz tomosha.
Uni mitti qushlardek
Yelkasidan ushladik.
Ko‘ylagidan tutyapmiz,
Onasini kutyapmiz.
Pastga qarar biz bilan,
Gaplashsinmi siz bilan?
Go‘yo qolganday tildan,
Oyim „oh“ dedi birdan.
Yo telefon buzildi,
Yo simlari uzildi¾
Kavsar Òurdiyevaning qahramonlari quvnoq, ochiqko‘n-
gil, biror noto‘g‘ri ish qilib qo‘yishsa, albatta, o‘z xatolarini
tushunishadi. Yoki bo‘lmasa, bu xatolarni o‘quvchi anglaydi
va uni o‘zida tuzatishga harakat qiladi.
Uning mumtoz bolalar she’riyati namunalariga aylangan
„Oyim bilan arazlashdim“, „Yodlasam bo‘lmasmidi?“, „Kat-
tamanmi yo kichik?“, „Yozma ish“, „Momaqaldiroq“ kabi
she’rlari bolalar adabiyotiga bag‘ishlangan turli anjumanlarda
yuqori baholangan. „Yozma ish“ va „Yodlasam bo‘lmasmidi?“,
„Momaqaldiroq“ she’rlari esa „Zumrasha“ bolalar hajviy ki-
nojurnalida ekranlashtirilgan.
„Yodlasam bo‘lmasmidi?“ she’rida kichik qahramon mak-
tabga she’rini yodlamay boradi va dars oldidan mo‘jiza sodir
bo‘lishini intiqlik bilan kutadi. U hamma narsaga rozi: shan-
balikka chiqishga ham, hatto shifokor kelib hammaga ukol
qilishiga ham. Ammo mo‘jiza sodir bo‘lmadi: o‘qituvchi ham-
madan she’r yodlab berishni so‘raydi.
Shoiraning „Sumalak va ming tilak“, „Irkitvoy va Kir-
ketjon“ kabi she’riy ertaklarida voqealar zanjirli bo‘lib, ular
eng kichik yoshdagi o‘quvchilar ongiga tezroq yetib boradi.
Irkitvoy pashsha bilan do‘st bo‘lib, avval qo‘shni qizcha,
so‘ng qo‘shni amaki, keyin oyisi oldiga uchib boradi, ammo
uni hech kim tanimaydi. Mazkur she’riy ertak ozodalik tar-
g‘ibotining eng go‘zal namunasidir.
Uning „Sumalak va ming tilak“ she’riy ertagi milliy qad-
riyatlarimizning bolalar tarbiyasidagi ahamiyatini ko‘rsatadi.
Qizaloq sumalakka solish uchun toshlar yig‘ish bahonasida
309
tilaklar ham yig‘adi. Kapalak, uloqcha, oyisi, opoqi, do‘stdan
tilaklar oladi. Òilaklarning bari ezgu. She’r shunday bosh-
lanadi:
Ketdi sovuq, ketdi qor,
Salom, go‘zal gulbahor.
Salom, navro‘z, yashillik,
Ezgulik va yaxshilik.
Kavsar Òurdiyevaning hozirgi zamon o‘zbek bolalar she’-
riyatida o‘z ovozi, o‘z uslubi bor. Uning she’rlari yosh avlod
tarbiyasida katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |