Mamasoli Jumaboyev



Download 0,53 Mb.
bet31/42
Sana21.06.2023
Hajmi0,53 Mb.
#952700
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz- BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

O'rtoqjon Turg'un,
Men bilan yurgin.
Bizning bog'chani -
Bir borib ko 'rgin.
Turli o'yinchoq, !
Arg'imchoq bizda.
Kemamiz suzar
Dengizchamizda.
Miltig'imning
O'qlari olmos,
Chegaramizga
Dushman yo'lolmas.
Shoir «Baxtli bolalar» she'rida bolalarni ozod, erkin, baxtiyorligi va jlarning ona-Vatanga bo'lgan cheksiz mehr-muhabbatlarini zo'r ko'tarinki ruh bilan kuylaydi. Qudrat Hikmat bu she'rida ham o'z uslubiga sodiq yiaroq misralarni eng kichik vaznda ifodalaydi:
Quyosh yo'liday ,
Yowg' yo'limit.
Qayga uzatsak,
Gullasin doim .
Jonajon Vatan!
Xalqimiz. Uchun
Fidojon va tan.
Qudrat Hikmat kichik yoshdagi bolalarni maktabga qiziqtirishni, ularning ilm-fanga nisbatan bo'lgan havasini uyg'otishni o'zining shoirlik vazifasi debbildi. Masalan, uning «Kitob — do'stim» she'riniolib ko'raylik. She'rda boshdan oyoq kitob ta'rifi yotganligini ko'ramiz. Shoirning ta'kidlashicha, kimki idtobga mehr qo'ysa, astoydil o'qisa, aqli-zehni rivojlanishinijudao'ynoqimisralardayozadi: .
Kitob ~ keng dunyo.
So'zi nur — ziyo.
Qo^sang mehringni,
Ochar zehningni
Shoir kitobning mohiyatini chuqurroq ochishga intilib, «Keng dunyo», «So'zi nur—ziyo» kabi istioralarni qo'llab o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishadi.
«Salom, maktab» she' rida shoir maktabning mohiyati va ulug'vorligini birbutunligicha kitobxon ko'z o'ngida gavdalantira olgan. San'atkor jozibah" misralar tuzib, bolalar e'tiqodini maktabga tortadi, ularni ilm-fan asoslarini mukammal egallashga undaydi:
Ilmu fan bori.
Hayot bulog'i.
Aziz umrning . .
Suyangan tog'L
She'rda nazarda tutilgan eng muhim masalalardan biri shundaki, maktabdan olgan ilmni xalq uchun, Vatan uchun sarf qilish har bir bolaning muqaddas burchi ekanligi alohida ta'kidlanadi:
Sendan olib dars,
O'sdik har nafas. Vatan xizmatin
O'tash bizning qan..
Qudrat Hikmat ijodida «Tinchlik haqida qo'shiq» she'ri alohida ahamiyatga egadir. Shoir tinchlikning mohiyatini butun borligicha die' rga soladi:
Tinchlikjuda soz,
To'kin-sochin yot.
O'q tovushi chiqmas,
Yangrar qo'shiq-soz, —
deb bolaning tinchlik haqidagi tasawurini hayotiy parchalar orqali kengaytiradi. Shoir tinchlik so'zini yanada chuqurroq ochish uchun urushning yomon oqibatlarini bolalar ongiga mos ravishda ko'rsatadi:
Bo'lsa-chi unish,
O't tushar har yon.
Tinch, shirin turmush,
Bo'ladi vayron...
Go'zal shaharlar,
Yonib kul bo 'lar.
Na giyoh qolar,
Na daryo, ko'llar.
Bu sira bo'lmas
Xalqlarymas,
Tinchlik ~ obodlik, :
Hech qachon so'nmas.
Shoir hamma, har bir oila, jumladan, shavkatlarning oilasi ham tinchlik bo'lsin deb astoydil xizmat qilayotganini tasvirlab, tinchlik urushni yengishi muqarrarligini tasdiqlaydi. Shoir bu bilan bolada jahon ilg'or xalqlarining, ayniqsa, tinchliksevar xalqlarning kuch-qudratiga zo'r ishonch tug'diradi, bolaga tinchliksevarlik ruhini singdiradi.
Qudrat Hikmat halol mehnatni go'zal hayot manbai, u bilan kishi hurmat topadi, e'tibor orttiradi deb ifodalaydi. Shuning uchun u o'zining kichik kitobxonlarida yoshligidanoq mehnat ko'nikmalarini tarbiyalashni asosiy vazifa deb biladi. «Buvimning deganlari» she'rida o'z mehnat samarasidan xursand bo'lgan kichkintoylar obrazini yaratadi. Buni shoir Sanobar obrazida gavdalantiradi. Muallif o'zining kichkina qahramonidagi intilishni sezib, uni ulug' ishlarga boshlaydi. Sanobar buvisi bilan pilla qurti tutadi va bu ishdan benihoya xursand bo'ladi. Buning uchun uning sevinchi, buvisiga bo'lgan muhabbati cheksizdir. Sanobardagi bu holni:
Sanobarning vaqti chog1,
Barg keltirdi bir quchoq, — deb tasvirlaydi.
Buvi ham Sanobarning ishidan xursand bo'ladi, endi uning katta ishlarni ham uddalay olishiga ishonadi:
Endi senga shu so 'zim —
Qurtlar kirdi dahaga, —
O'rnak bo'lib hammaga
Dastaga harakat qil,
O'z ishingning ko'zin bil!
Shoir Sanobarning buvisidan o'rgangan ishining katta ijtimoiy mohiyatga ega ekanini sodda misralarda chuqur ochishga erishadi:
Bu yif bizlar uch marta
Qurt tutib, mamlakatga
Topshiramiz pillani,
Pilla emas, tillani.
Bu she'rning har bir misrasi o'ynoqi, tez yodda qoladigan asarlardan biridir. Buning uchun yuqoridagi parchaga, ayniqsa, «Pilla emas, tillani» iborasiga qayta nigoh tashlash kifoya.
Shoir bu she'rida bolalarni mehnatsevarlikka, Vatan va xalq oldidagi burchini muqaddas deb bilishga undaydi.
Qudrat Hikmat ijodida bolalarning ona-Vatanga nisbatan bo'lgan muhabbatlari «Mening Vatanim», «Men tug'ilgan kun» kabi she'rlarida yaqqol o'z ifodasini topgan. Jumladan, «Mening Vatanim» she'ridajonajon O'zbekistonimizning go'zalligi, yurtimizdagi barcha xalq aka-ukaday do'st bo'lib, ittifoq bo'lib hayot kechirayotganligi o'ynoqi misralarda aks ettirilgan:
Ko'kday bepayon
Boyliklarga kon,
Keng paxta maydon
Mening Vatanim
Qudrat Hikmatning «Chovkar», «ToshbaqaIar hujumi», «Qum ostida qovunlar», «IIonshoh va uning amaldori ari haqida ertak», «Chirchiq farzandi» kabi poema va ertak-dostonJarini bolalar huzur qilib o'qiydilar va katta estetik zavq oladilar.
Qudrat Hikmatning «Bobodehqon hangomasi», «Qum ostida qovunlar», «Toshbaqalar hujumi» poemalarida bolalarning kattalar mehnatiga qiziqishlari, ulardan o'rnak olishga intUishlari yoritiladi.
Bolalar shoiming «Ko'milgan oltin, vaysaqi xotin va tadbirkor ovchi qissasi», «Ilonshoh va uning amaldori ari haqida ertak» singari ertak-dostonlarini ham yaxshi biladilar.
Oz va mazmunli umr ko'rgan Qudrat Hikmat bolalarga bag'ishlab yigirmadan ziyod kitob yozdi. U tamomila yosh kitobxon ishonchini oqlab, kishilar hurmatini qozondi. Buning evaziga u munosib taqdirlanib, el nazariga tushdi.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish