QUDRAT HIKMAT
(1925-1968)
Qudrat Hikmat asarlarida ona-Vatanning ko'rki, istiqboli - bolalar bilan, o'qish, bilish va halol mehnat qilish bilan bog'liq ekanligi mutassil talqin qilib boriladi. Shoir o'z asarlari bilan bolalarda kichiklikdan Vatanga, mehnatga muhabbat his-tuyg'usini, fuqpralik mas'uliyati va faxrini tarbiyalay boshlaydi. Bu Qudrat Hikmat ijodidagi bosh va niuhim mavzudir.
Mehnat - go'zal hayot manbai, halol mehnat bilan kamol topish, hurmat-e'tibor orttirish mumkin degan g'oya Qudrat Hikmat she'rlarida bola tushunchasiga xos sharhlanadi. Masalan, «Bobo va nabira» she'rini olib ko'ring; munkillab qolgan chol yaxshi niyat bilan ko'chatlar o'tqazadi. Shu vaqt nabirasi uning yoniga kelib, bolalarga xos shoshqaloqlik, sabrsizlik bilan bu nihollar o'zini tutib katta bo'lguncha necha-necha vaqt o'tadi, qo'ying, bu ish zarur emas, damingizni oling, deydi. Shunda:
Bog'bon bobo unga der: -
Eshitgin ey, jon bolam!
Ko'chatekkan to'kib ter
Mening ham marhum bobom.
O'sha nihol quchoqqa Sig'mas endi, mana ko'r
Qarab to'ymaysan boqqa,
Mevalari to'kin-mo'l.
Sendek o'g'il-qizlami
Ko 'rib ko 'nglim bo 'lar shod.
Ekaman tok, behilar,
Mendan qolsin yaxshi ot.
Chol tilidan aytilgan bunday o'g'it-nasihat bolani yaxshi, xayrli ishga da'vat etmay qolmaydi. Shoirning «Buvimning deganlari», «Maktabga ketaturib...», «Jo'jam, yurma laqillab» kabi qator she'rlarida bolaning mehnatga, foydali ishga bel bog'lashi zarurligi uqtirilsa, «Bog'chadagi bog'chaim kabi bir turkum she'rlarida kichkintoylarda mehnat zavqi to'lib-toshganini shunday iavhalarda tasvirlaydi:
Hovuzchadan zing'illab,
Suvni tashib bog'chamga.
Quydim bultur o 'tqazgan
Qandak o 'rik, olchamga.
Undan keyin oq, luchchak
Shaftoliga quydim suv,
Tupini sal silkitsang,
Pishganlari tushar duv.
Har ko 'ksulton zoldirdek.
Rang keltirib yetilar.
Shoxlar otib hammasi
Bola psixikasi, ruhiga monand tugal voqeiy badia formasida yozilgan bu kichik she'r yugurib-elib ishlagan kichik bog'bonning mehnat samarasini ham ko'rsatadi-qo'yadi. Bunday tugal, ravon misralardan kichik kitobxon murod hosil qiladi.
Ana shunday zabardast kuychi Qudrat Hikmat 1925 yilda Toshkent shahrida kambag'al dehqon oilasida tug'ildi. Bo'lajak shoir Quddus Muhammadiy rahbarlik qilgan adabiyot to'garagida faol ishtirok etdi. Bu to'garak uning she'riyat sirlarini egallashida katta rol o'ynadi.
Q. Hikmatning ijodiy o'sishida Oybek, Abdulla Qahhor, Uyg'un, Mirtemir, Quddus Muhammadiylarning murabbiylik roli katta bo'ldi.
Q. Hikmat bolalar uchun 1945 yildan boshlab she'rlar yoza boshlaydi. Uning dastlabki she'rlari bolalar va yoshlar gazetalarida hamda jurnallarida bosila boshlaydi.
Q. Hikmat bir qancha vaqt Chirchiq shahar gazetasida ishladi. Shu bilan birga mehnatdan ajralmagan holda hozirgi Toshkent davlat pedagogika universitetida o'qidi. 1957 yildan umrining oxirigacha turli nashriyotlarda redaktor, bo'lim boshlig'i sifatida yosh avlodga kitoblar chop etishda fidoyilik qildi.
Qudrat Hikmatning «Mening Vatanim» (1950), «Baxtli bolalaD> (1951 -1952), «Obodlik» (1953), «Do'stlik» (1954), «Rodnoy Uzbekistan* (1955) kabi qator to'plamlari nashr etildi. Keyinchalik «Ilon shoh va uning amaldori ari haqida ertak» (1963), «Soatjonning soati» (1964), «Toshbaqalar hujumi» (1965), «Daydi bola», «O'g'lim bilan suhbat» (1970) singari kitoblari bilan o'zbek bolalar adabiyoti taraqqiyotiga samarali hissa qo'shdi.
Shoir asarlarining mavzu doirasi keng va rang-barang. Turli yoshdagi kitobxonlar Qudrat Hikmat asarlarini sevib o'qiydilar, ulardan estetik zavq oladilar. Shoir o'z asarlarida bolalarni qiziqtirgan, ulaming bilgisi, eshitgisi kelgan narsa va voqealarni ixcham, o'ynoqi vazn va qofiyalari pishiq ishlangan misralarda ifodalaydi.
Qudrat Hikmat ijodining yana bir muhim tomoni shundaki, u bolalar tilini yaxshi o'zlashtirgan, o'rgangan. Shuning uchun ham uning she'rlari go'zal va yoqimli, sodda va ravon.
Qudrat Hikmat o'zining ilk she'rlaridan biri «Mening Vatanim»da mehribon ona-Vatanning ulug'vorligini ko'tarinki ruh bilan kuylasa, «Bog'cha» she'rida bolalarni shu ulkan Vatanning quchog'iga yetaklab kiradi. Vatan degan shu aziz so'zni, uning torn ma'nosini bolalarning soya-salqin, ozoda, orombaxsh bog'chasiga ko'chiradi. Shu yer, kichkintoylarning yurgan-turgan joyi ulug' Vatan ekanini uqtiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |