SAFO OCHIL
(1942 yilda tug'ilgan)
«Safo Ochil — serqirra ijodkor. U taniqli shoir, iqtidorli adib va tarjimon, iste'dodli adabiyotshunos va tarjimashunos olim, mohir tarbiyashunos va muallim, adolatli noshir sifatida o'zbek xalqiga ma'lum va manzuD>, deyilgan adibning «Orzular ko'kidagi shafaqlar» kitobi awalida. To'g'ri, yuqorida zikr qilingan sifat va fazilatlar Safo Ochilda to'la mujassam.
Shoir va olim Safo Ochil to'fonli kunlarda, o'zbek xalqi ikkinchi jahon urushining dahshatli va vahimali azob-uqubatlarini boshidan kechirayotgan davrda, ya'ni 1942 yil 20 mart kuni Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida dunyoga keldi. U boshlang'ich ta'limni shu tumandagi «Olg'a» hamda Oxuriboboyev nomli maktablarda oldi, keyin esa Bog'ot tumanidagi Narimonov nomli o'rta maktabni tamomladi.
U 1958 yilda Toshkent davlat chet tiflar pedagogika institutining nemis tili fakultetiga kirib, uni nemis till, o'zbek tili va adabiyoti ixtisosligi bo'yicha tugatdi. So'ngra Safo Ochil uzoq yillar Xorazm davlat pedagogika institutida o'qituvchi, katta o'qituvchi, dosent, kafedra mudiri lavozimlarida ishlab, Xorazm viloyati, qo'shni Turkmaniston Respublikasining Toshhovuz viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasi uchun malakali kadrlar tayyorlsh ishlarida samarali faoliyat ko'rsatdi.
Hozirda Safo Ochil «O'qituvchi» nashriyotining «O'zbek tili va adabiyoti, pedagogika* adabiyotlari tahririyatini boshqarmoqda. Shuningdek, u Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining professori sifatida O'zbekiston xalq ta'limi tizimi uchun. malakali o'qituvchi-kadrlar tayyorlashga o'z hissasini qo'shmoqda.
Safo Ochil — filologiya fanlari nomzodi, pedagogika fanlari doktori, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, O'zbekiston xalq ta'limi a'lochisi.
Safo Ochil ijodiy faoliyatini 1955 yilda faoshlagan bo'lib, u bolalarbop she'rlar mashq qildi. Yosh shoiming o'sha davrdagi mashqlarida ham o'ziga xos isyonkoriik va kurashchanlik ko'zga tashlanadi. «Onam paxtakor» (1955) she'rida lirik qahramon onam «0'tgan yil ko'p Paxta terdi, Davlat unga Nishon berdi. Pul ber, desa, Derlar qochqoch, Bizlar esa Och-yalang'och» deya hayqiradi. Darhaqiqat, she'r yozilgan davrda paxtakor mehnatkashlar faqat mehnat qilishgan, lekin mehnatiga yarasha haq olishmagan. Shu hayot haqiqati badiiy haqiqatga aylanganki, bu mavjud sho'ro tuzumiga nisbatan murg'ak qalblarning isyonidir.
Shoir ramziy ifodalar orqali o'zining falsafiy fikrlarini bolalar tilida jonlantirishga harakat qiladi. Bu o'rinda «Kungaboqar» she'ri diqqatga loyiq.
Kungaboqar muloyimdir,
Uyati bor, .
O'ziga xos qiziq, ajib
Odati bor —
Tunda yerga, kunduz esa
Kunga boqar.
Shu boisdan yeru kunga
Birday yoqar.
Qorni to'ygach, «yig'ib olar» '! U esini. ':
Quyoshga ham ko'rsatadi
Elkasini....
Bu she'rda o'zbek xalq og'zaki ijodiga xos botiniy parallelizm uslubi gavdalangan. Kungaboqarning o'ziga xos xususiyatlari, o'sish, «yashash» tarzi yashirin ravishda insonga qiyoslanadi. Darhaqiqat, ayrim laganbardor odamlarning rahbaru amaldorlarga yaltoqlanishi, ularning og'ziga qarab turishi va ularga egilib-bukilib turish manzaralari barchaga ayon va ma'lum. Qolaversa, hayotda ba'zi kishilar borki, ular ishi bitgach, yaxshilikni tez unutadilar, ezgulik qilgan insonga hatto, «elkasini ko'rsatadi»lar. She'rda shu lavhalar badiiy jihatdan yaxshi tasvirlangan.
«Soyam bilan o'ynayman» she'rida ayrim subutsizlar timsoli yorqin ifodalangan. Bola o'z soyasi bilan do'st tutinadi, o'ynaydi. Biroq, soya esa bola yursa-yuradi, tursa-turadi.
Bolada qiziq bir xususiyat bor. Kimdir uning qilgan ishini, xatti-harakatini takrorlayversa, aytgan so'zini botbot aytaversa... «Meni ermak qilayapti* deb bolaning jahli chiqadi. «Soyam bilan o'ynayman» she' ridagi lirik qahramon ham shu holatga tushadi va o'z soyasiga:
«— Ey, soyajon! Qilmagin ermak. Shunday qilsang, Do'stmassan, demak», deya tanbeh beradi. Lekin soya «bilganidan qolmaydi».
Shunda lirik qahramon o'zining ichki ruhiy holatini, kichkintoylarga xos iztirobini, noroziligini to'kib soladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |