Mamasoli Jumaboyev



Download 0,53 Mb.
bet35/42
Sana21.06.2023
Hajmi0,53 Mb.
#952700
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz- BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

MIRAZIZ A'ZAM
(1936yildatug'ilgan)
Hozirgi zamon o'zbek bolalar she'riyatida shoir Miraziz A'zamning o'z o'mi bor. Bu albatta, uning izlanishi, mehnatkashligi, bolalarni va ularning adabiyotini qattiq sevishidan. Ijodkor bolalar o'rtasidagi do'stlik, hamjihatlik, ona-Vatanga cheksiz muhabbat, odobli bo'Iish, yaxshi o'qish uchun harakat qilish, kurashish kabi masalalarni ko'proq ochib berishga harakat qiladi.
Miraziz A'zam 1936 yilda Toshkent shahridatug'ildi. Maktabda o'qib yurgan kezlaridayoq she'riyatga qiziqdi. She'riy mashqlarini Quddus Muhammadiy va keyinchalik Qudrat Hikmat boshchilik qilgan adabiy to'garakda sinovdan o'tkazar, ijodiy izlanish, o'qish va o'rganishni qizg'in davom ettirar edi. Adabiyot va she'riyatga bo'lgan chanqoqlik uni ToshMUga yetakladi. Adabiy mashqlari bolalar va o'quvchilar gazetalarida, «Gulxan», «G'uncha» jurnallarida bosila boshladi.
Universitetni muvafFaqiyatli tamomlagan M. A'zam bir qator gazeta va jurnallarda ishladi. Shoirning «Metallurg», «AqlIi bolalar*, «Senga nima bo(ldi?», «G'alati tush», «Er ay!anadi», «Erga dovruq solamiz», «Haqiqatning ko'zlari», «Sabot», «Tuyg'ular», «Bir cho'ntak yong'oq» kabi to'plamlari bolalar kitob javonlaridan mustahkam o'rin olgan.
Miraziz A'zamning juda ko'p she'r va qo'shiq, ertak, dostonlari katta-kichik bolalarga bag'ishlangan. U har bir asarida bolajonlar uchun, albatta, bir yangilik, bir yaxshi gap aytish ishtiyoqi bilan qaynab toshadi va buning uddasidan chiqadi. Masalan, «Er aylanadi» she'rini olib ko'raylik. Bunday olib qarasangiz, bu bir oddiy gap. Axir necha niing asrdan beri u aylanadi, yana aylanaveradi, bu haqda jozibali she'r bo'lishi mumkin emas, degan tushuncha xayolingizdan o'tadi. Lekin she'rni o'qiydigan bo'lsangiz sizning tasawuringiz butunlay o'zgaradi. Murg'ak qalb u yoqda tursin biz kattalar ham yerning aylanishi, onlarning o'tishi, shamolning esib turishi bilan o'sib ulg'ayishimiz, kamol topishimiz, bunyodkorlik ishlarimiz ko'z o'ngimizdan o'tadi. Qilgan yaxshi-yomon ishlarimizni o'ylaymiz. «Er aylanadi» — xuddi shu haqda bans yuritadi:
Asta-asta Asta-asta
Asta-asta Asta-asta
Asta-asta Asta-asta
Asta-asta Asta-asta
shamol esadi, yer aylanadi.
odam o'sadi, yer aylanadi
. utg'ayar aql, yer aylanadi.
yetilar naql, yer aylanadi...
Kichkintoylar ko'pincha hayot murakkabligidan bexabar bo'ladilar. Ular kattalarning ko'magida, o'zlari tinglagan badiiy asarlari yordamida olam mo"jizalari, turmush bilan tanishib boradilar. Miraziz A'zamning «Bedananing buvisi» she'ri kichik yoshdagi bolalarga juda qo'I keladi. Bu she'r xalq og'zaki ijodi an'analari ta'sirida yaratilgan.
Yosh kitobxonlar she'rda bedanalarning turmush tarzlari bilan yaqindan tanishib oladilar. Xuddi insonlar kabi ularning ham qavm-qarindoshlari, keksa-yoshlari bo'lishini, kasal-sog* yurishlarini buvi bedana kechmishlari orqali tushunib yetadilar. Buvi dardga chalinib, og'ir kasal bo'lib qoladi, tomog'idan ovqat o'tmaydi. Hammaning tinchligi, oromi buziladi, har kim qo'Idan kelgancha unga madadkor bo'Iishga intiiadi. Bu epizod chiroyli va ta'sirli chizilgan:
Bedananing otasi bor ekan, nor ekan,
Onasiga oriyat yor ekan, yor ekan.
Dori-darmon, o't-o'lan keltirib, keltirib,
Qari qushga tutishib, ichirib, yedirib,
Aylanishib boshida turdilar.
Sog'ayishning chorasini ko'rdilar, ko'rdilar...
Va-vaq, va-vaq,
Bit-bil-diq.
Va-vaq, va-vaq, Bit-bil-diq.
Biz har doim bolalar adabiyotida o'y-o'ylash, xayol surish, o'zining uchqur xayollari bilan yashash haqida yozilgan asarlarni qizg'in qo'llab-quwatlaymiz, Miraziz A'zamning ham «Xayol surish» she'rining qahramoni har bir narsani tezroq bilib olgisi, uning poyoniga yetgisi keladi. Lekin u qanchalik o'ylanmasin, xayol surmasin, aqliy tafakkuri hali to'la rivojlanmaganligi sababli ko'p narsalarni tushunmaydi, ojizlik qiladi. Ota o'g'ilini unchalik o'ylamaslikka chaqiradi. Otaning nasihati bilan bola o'zini tinchita olmaydi:
Kun qisqa qanday qilib kun chiqadi deb o'ylayman,
Tun cho'zilsa, ; nega fun cho'zildi,deb o'ylayman.
Uni xayol qilaman, Buni xayol qilaman
O'ylayman, bari bir, o'ylayman. '
Miraziz A'zamning «Biz yengamiz bo'ronlarni» she'ri bugungi mustaqillikka juda qiyinchilik bilan, kurashlar bilan yetib kelganligimizni jarangdor misralar bilan chiroyli ifodalab beradi:
Biyii bosdi dovullar, sellar —
Omon chiqdik bo'ronlardan,
Oman yashar botir ellar —
Qo'rqmas vahshiy hayvonlardan,
Qorli, muzli cho'qqilar ham
Qolib ketar poyimizda.
-Jasur qo'shiq bizga hamdam
Har bir qo 'ngan joyimizda.
Shoir bu bilan chegaralanib qolmaydi. Hali oldinda qiladigan ishlarimiz, ulug' maqsadlarimiz borligini ta'kidlaydi, bolalarni yuksak axloq-odobli bo'lishga, kattalarning ishlarini davom ettirishga chorlaydi
Maqsadimiz tog'day ulug
Chambarchasdir tutash qo'llar.
Ozodlikningyo'li qutlug' –
Olg'a, do'stlar, og'aynilar!
Miraziz A'zamning «Qirq bolaga kirq savol», «G'alati tush», «Nurxon bilan Burxon», «Ota bilan bola», «Bir cho'ntak yong'oq» (turkum), «Allai>, «Bola va ona», «Yo'tal bobo» kabi she'r va qo'shiqlari bolalar adabiyotida katta o'rinda turadi.
«Asror», «Erk qushi», «Ona yurt osmonida», «Antiqa» kabi doston, ertak-dostonlari ham bolalarda katta qiziqish uyg'otib kelmokda.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish