Mamasoli Jumaboyev



Download 0,53 Mb.
bet34/42
Sana21.06.2023
Hajmi0,53 Mb.
#952700
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz- BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

IATIF MAHMUDOV
(1935yildatug'ilgan)
Hozirgi zamon o'zbek bolalar adabiyotida hikoya, qissa, pesalari bilan mashhur bo'Igan qalamkashlardan bin Latif Mahmudovdir. U 1935 yilda Toshkent shahrida dunyoga keldi. Toshkent davlat dorilfununini tamomlagan. Uzoq yillar Respublika radiosida, bir qator nashriyotlarda ishlagan.
Latif Mahmudov o'zining dastlabki hikoyalaridan bin «Chinor» bilan yosh kitobxonlar olqishiga muyassar bo'ldi.
Hikoya qahramoni Salim boboning har kuni ertalabdan kechgacha chinoming tagida o'tirishi bolalarga juda boshqacha tuyuladi. Go'yoki bu yerda — chinor ostida qandaydir bir yashirin sir bordek tuyuladi ularga.
Ma'lumki, bolalar har bir narsaga qiziquvchan bo'ladilar. Ular o'zlari uchun noma'lum bo'Igan olamning sir-asrorlarim tezroq bilib olishga, uning oxiriga yetishga intiladilar. Shokir ham, Vali ham ana shunday bolalar toifasidan. Shuning uchun ular chinor va uning ostidagi supaga juda qiziqib qoladilar. Salim otaning supada kecha-yu kunduz o'tirishi ularni hayratga soladi.
Aslida chinorda ham, supada ham hech qanday sir-pir yo'q edi. Boboning yakka-yolg'iz o'g'li bo'lib, u shoirtabiat bo'Igan. Bir vaqtlar shu chinor oldida bir ayol anhorga qulab tushadi. Uni Salim otaning o'g'li qutqaradi. Ammo o'zi anhordan chiqa olmay, suvga cho'kib halok bo'Iadi. Shu sababli chol chinor tagida, supa ustida uzoq o'tirib, o'g'lidan qolgan yodgorlik — uning kitobini qayta-qayta o'qiydi.
Bundan bexabar bolalar g'or qazib, bu yerdagi sirni biKb olmoqchi bo'ladilar. Kutilmaganda bolalarning g'ori o'pirilib, supa qulab tushadi. Bu yerda hech qanday sir ham, tarix ham yo'q ekanligini bilgan bolalar, ayniqsa, boboning supa o'pirilib tushganidan keyingi holatini ko'rib, o'zlarini o'zlari kechira olmaydilar. Chol esa uyidan chiqib supa tomon yurar ekan: «... chinordan o'n-o'n besh qadam narida, armor bo'yida o'rani ko'rib to'xtadi, engashdi, xassasiga tayanib xuddi surat oldirayotgandek qimir etmay turib qoldi. Anchadan keyin boshini ko'tarib, ko'z oldi jimirlashib ketdi, oynagini artmoqchi bo'Igandi, qalqib ketib, anhorga tushirib yubordi. Qaltirab anhor yoqasiga cho'kkaladi. yengini shimarib, oynagini qidira boshladi. Biroq chuqur, qo'hni tortib xassasini suvga tiqib ko'rdi. U ham yetmadi. Oynak allaqachon oqib ketgan edi. Salim bobo suvga qarab ancha o'tirdi. Keyin sekin o'rnidan turdi. Chinorning tagiga bir qarab, qoqila-qoqila uyiga qarab ketdi».
Qariyaning bunday ayanchli ahvolidan va ayniqsa, bu voqeadan keyin uning kasal bo'lib qolishidan bolalar qattiq iztirob chekadilar. Bu ishda faqat o'zlari aybdor ekanliklaridan uyaladOar. Qanday bo'lmasin, cholga taskirt berishga, unga har tomonlama ko'maklashishga, yordam berishga harakat qiladilar.
«Chinor» hamon sevib o'qilmokda, bolalarni yaxshilikka, keksalarga ko'mak berishga, ajoyib inson bo'lib kamol topishga da'vat etib kelmoqda.
Kimki jismoniy mehnatga berilsa, jismoniy tarbiya hamda sport bilan oshno bo'lsa, u hayotda sog'lom va tetik bo'Iadi, oldiga qo'ygan niyat-maqsadiga erishadi, tengqurlari o'rtasida obro'-e'tibor qozonadi. Yoki aksincha...
Yozuvchi Latif Mahmudovning «Darvozabon» hikoyasining qahramoni Orif yuqorida ta' kidlab o'tganimizdek, ikkinchi toifadagi bolalarga kiradi.
Ko'pchilik bolalar turli dam olish maskanlarida yozgi ta'tilni ko'ngildagidek o'tkazib, sport bilan shug'ullanib, yangi kuch-quwat to'playdilar, har tomonlama chiniqadilar.
Orifchi? U na jismoniy mehnat qiladi, na sport bilan shug'ullanadi, na . badiiy kitob o'qiydi. Kechasi-yu kunduzi ovqat yeb, xomsemiz bo'lib qolganligini Latif Mahmudov bolalarga ta'sir qiladigan darajada tasvirlab beradi.
Hikoyani, ayniqsa, quyidagi parchani o'qigan har bir yosh kitobxon Orifning bu qiyofasidan kuladi va o'zi ham shu kuyga tushib qolmaslik uchun harakat qiladi:
«...qo'shni ko'cha futbol komandasi bilan sayhonlikda uchrashuv bo'ldi. , Orif darvozabon edi. O'yinga aralashmay qo'ya qol, desak ham «men bu uchrashuvga ataylab kuch yiqqanman» deb turib oldi. Noiloj ko'ndik.
Shu kuni raqiblarimiz darvozaga o'n to'rt to'p kiritishdi. Orif Nishonov koptok tutaman deb har gal koptokdan oldin o'zi dumalab darvozaga kirib ketar edi».
Latif Mahmudov hikoyalari mavzu jihatdan rang-barang. Ularning hammasida bolalarning qaynoq hayoti ufurib turadi. Adibning deyarii barcha hikoyalarida bolalarni qizg'anchiq bo'lmaslikka, katta-kichikka mehribon, g'amxo'r bo'lishga chaqirish («Bir pud tosh»); ozoda bo'lish, maktab gigiena qonun-qoidalariga amal qilish («Qoyil qilishdi»); halo!, pok, to'g'ri so'z bo'lish («Attang»); ko'chat ekish, bog'-rog'larni parvarishlash («Gilos»); ona tabiatni asrash, avaylash, unga fidoyilik ko'rsatish («Qirg*ay», «Musicha»); davrimizga munosib kasb-kor egasi bo'lish («Shokirning tog'asi») kabi bolalarni qiziqtiradigan, ularni hayajonga soladigan, to'lqinlantiradigan masalalar yotadi.
Latif Mahmudov o'zbek adabiyotida qissa janrini rivojlantirishga ham katta , hissa qo'shib kelayotgan talantli adiblardan bin hisobianadi. Adibning «Eski dutoming sirlari», «Tog'dagi lolalar*, «Tog'da otilgan o'q», «Ikki dangasaning sarguzashtlari» kabi qissalarini o'qimagan yosh kitobxon topilmasa kerak.
Adibning eng jozibali, bolalar qalbini o'ziga rom etadigan qissalaridan biri «Ikki dangasining sarguzashtlari»dir.
Qissa qahramonlari — Mirvali, Botirlar oddiy, boshqalardan farq qilmaydigan bolalar, ammo xatti-harakatlari, intiiishlari bir jahon. Ikkalasi ham yomon o'quvchilardan emas. Xulq-odoblari ham boshqalarga manzur bo'ladigan bolalardan.
Hamma gap adabiyot muallimi Alijon Valievichning Botirning dadasiga maktub yozib berishidan boshlanadi.
Alijon Valievichning bolalar ma'qul ko'rmaydigan bir odati bor. Buni Mirvali tilidan berilishi yanada ishonchli chiqqan: «Siz Alijon Valievich juda badjahil odam ekan, deb o'ylamang. Alijon Valievich birovga qattiq gapirmaydi, urishmaydi, qovog'ini ham solmaydi. Hatto aybingizni ham aytmaydi. Gunohingiz og'ir bo'lsa ikki enlik xat yozib konvertga soladi, yaxshiJab yelimlaydi, sizning oppoq oqarib ketayotganingizdan zavqlanib beparvolik bilan qo'lingizga tutadi.
«— Shuni dadangizga berib qo'ying».
Botir o'qituvchining qo'lidan maktubni olar ekan, dahshatga tushadi, nima gunoh ish qilib qo'yganini bilmay o'y-xayolga botadi,
Hamfikr, do'st, sirdosh, yursa-tursa birga bo'ladigan Mirvali bilan o'qishda, yurish-turishda yo'l qo'ygan xatolarini xo'p o'ylashadi. Ma'lum bo'lishicha, ular kunlardan bir kun chollarga salom bermay o'tishgan, qachonlardir tanaffusda bir marta o'qituvchilardan yashirib papiros chekishgan, dars tayyorlamay kelishganda sinfdoshlaridan uyga berilgan vazifani ko'chirishgan. Ammo bular xatga asosiy sabab bo'lmasligi mumkin deb o'ylashadi.
Bolalar ruhiyatini yaxshi biladigan Latif Mahmudov o'qiruvchi ta'rifiga katta baho beradi. Alijon Valievich obrazini juda ishonchli qilib chizadi. Botir yursa-tursa o'qituvchi-ustozi uni kuzatib turgandek bo'laveradi:
«...Nazarimda ko'chada yursam yelkamdan, uyda kitob o'qib yotsam shipdan qarab turgangao'xshaydi* deb bolani hayotga yanada mas'uliyat biian qarashga o'rgatadi.
Latif Mahmudov qissada timurchilik harakatiga ham alohida munosabatda bo'ladi. O'qituvchining maktubini olgan bolalar o'zlari yo'l qo'ygan xatolarini qidira boshlashadi va gunohlarini yuvish maqsadida o'tkinchi bir cholning qopini ko'tarishib uning uyiga olib borishadi. Bu kabi lavhalar yosh kitobxonda katta taassurot qoldiradi.
Ikki do'st nima bo'Iganda ham o'qishni bo'shashtirmaslikka harakat qilishadi.
Keyinchalik maktubdagi:
«—Zavodingizga ekskursiya uyiishtirmoqchimiz, paxta terish mashinasi haqida gapirib bersangiz, qachon borsak bo'ladi?» deb so'ralgan xat mazmunidan xabardor bo'lgan ikki do'st terilariga sig'may quvonishadi hamda o'z xato va kamchiliklarini tuzatib olganliklaridan behad shod bo'Iadilar.
Shu narsa quvonarliki, qissada xatolarsiz yashash har bir bola uchun katta baxt ekanligi kitobxon ko'ziga yarq etib tashlanib turadi.
Latif Mahmudov o'zbek bolalar adabiyotida drama janrini rivojlantirishga katta hissa qo'shib kelayotgan san'atkor sifatida ham e'zozlanadi. Uning «E, attang!», «Muhim topshiriq», «Dangasaning sarguzashti», «Haqiqiy o'g'il bola», «Ali bilan Vali», «Burgut olib qochgan bola» kabi asarlari uzoq yillardan beri yosh tomoshabinlar qalbiga quvonch bag'ishlab kelmoqda.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish