Ma’lumotlarni uzatish tizimlarida ko‘plab turli XIL texnologiyalar


Radioto‘lqinlarning umumiy xossalari



Download 3,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/116
Sana09.04.2022
Hajmi3,41 Mb.
#539127
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   116
Bog'liq
1-1611

Radioto‘lqinlarning umumiy xossalari. 
Radioto‘lqinlar 
tarqalishi jarayonida qator sabablarga bog‘liq bo‘ladigan so‘nishga 
uchraydi. Uzatkichdan uzoqlashishi bilan energiya yanada katta 
hajmda tarqaladi, natijada, energiya oqimining zichligi kamayadi.
1.1-
jadval
Radiochastotalar diapazonlari
Chastotalar To‘lqin 
uzunliklari 
To‘lqin 
uzunligining 
metrik nomi 
Chastotalar 
diapazoni 
nomi 
To‘lqinlar 
nomi 
diapazoni 
4 - 3...30 
kGs 
100...10 
km 
Miriametrli 
Juda past 
(JPCH) 
O‘ta uzun 
(O‘UT)
5 – 30...300 
kGs 
10...1 km 
Kilometrli 
Past (PCH) 
Uzun (UT0 
6 – 0,3..3 
MGs 
1km....100 

Gektometrli 
O‘rta (O‘CH) O‘rta (O‘T) 
7 – 3...30 
MGs 
100...10 m 
Dekametrli 
YUqori 
(YUCH) 
Qisqa (QT) 
8 – 30... 
300MGs 
10...1 m 
Metrli 
Ultra yuqori 
(UYUCH) 
Ultra qisqa 
(UQT) 
9 – 0,3...3 
GGs 
1 m...1 dm 
Detsimetrli 
O‘ta yuqori 
(O‘YUCH) 
10 – 3..30 
GGs 
10...1 sm 
Santimetrli 
Juda yuqori 
(JYUCH) 
11 – 30.. 
300 Gs 
10...1 mm 
Millimetrli 
12 – 300... 
3000 GGs 
1... 0,1 
mm 
Detsimillimetrli 


14 
Radioto‘lqinlar tarqaladigan muhit ham ularning so‘nishini 
keltirib chiqaradi. Bu issiqliq yo‘qotishlari tufayli energiyaning 
yutilishi va yer sharining qavariqligi yoki yerdagi do‘ngliklar 
ko‘rinishidagi to‘siqlardan aylanib o‘tishida to‘lqin maydoni 
kuchlanganligining kamayishiga bog‘liq. Elektromagnit to‘lqin elektr 
va magnit maydonlardan tashkil topgan (1.7- rasm). 
1.7-
rasm. Elektromagnit to‘lqinning tuzilishi 
Fazoning har bir nuqtasida to‘lqining E elektr maydon 
kuchlanganligi vektori N magnit maydon kuchlanganligi vektoriga 
perpendikulyar va har ikkala vektorlar ham to‘lqinning tarqalishi 
yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘ladi. Radioto‘lqinlarning tarqalishi 
quyidagi ma’lum qonunlarga bo‘ysunadi: 
1. Bir jinsli muhitda to‘g‘ri chiziqli tarqalish, ya’ni xossalari 
barcha nuqtalarida bir xil bo‘lgan muhitda tarqalishi. 
2. Bitta muhitdan boshqasiga o‘tishda qaytish va sinish. Tushish 
burchagi qaytish burchagiga teng. 
3. Difraksiya. O‘z yo‘lida tiniqmas jismga duch kelish bilan 
radioto‘lqinlar undan aylanib o‘tadi. Difraksiya to‘siqning geometrik 
o‘lchamlari va to‘qin uzunliklari nisbatlariga bog‘liq ravishda turli 
darajalarda namoyon bo‘ladi. 
4. 
Refraksiya. 
Xossalari 
nuqtadan-nuqtaga 
asta-sekin 
o‘zgaradigan bir jinsli bo‘lmagan muhitlarda radioto‘lqinlar egri 
chiziqli traektoriyalar bo‘yicha tarqaladi. Muhitning xossasi qanchalik 
keskin o‘zgarsa, traektoriyaning egriligi shunchalik katta bo‘ladi. 
5. To‘liq ichki qaytish. Agar optik zichroq muhitdan kam 
zichlikli muhitga o‘tishda tushish burchagi qandaydir chegaraviy 
qiymatdan oshsa, u holda nur ikkinchi muhitga o‘tmaydi va 
muhitlarning chegarasidan to‘liq qaytadi. Chegaraviy tushish burchagi 
to‘liq ichki qaytish burchagi deyiladi. 


15 
6. Interferensiya. Bu hodisa fazoda bir qancha to‘lqinlarning 
qo‘shilishida kuzatiladi. Fazoning turli nuqtalarida qo‘shiladigan 
to‘lqinlarning fazalari nisbatiga bog‘liq ravishda natijaviy to‘lqin 
amplitudasining ortishi yoki kamayishi kuzatiladi. 
Yer sirtida tarqaladigan va yer sharining qavariqligi qisman 
og‘diradigan difraksiya tufayli radioto‘lqinlar sirt to‘lqinlari deyiladi. 
Sirt to‘lqinlarining tarqalishi yer shari sirtining xossalariga kuchli 
bog‘liq bo‘ladi. Atmosferada yuqori balandliklarda tarqaladigan va 
atmosferaning 
bir 
jinslimasliklari 
tufayli 
yerga 
qaytadigan 
radioto‘lqinlar fazoviy to‘lqinlar deyiladi. 

Download 3,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish