Bo‘shliqda (ochiq fazoda) radioto‘lqinlarning tarqalishi. Bo‘shliq deganda molekulalar, atomlar, erkin zaryadlar bo‘lmagan bir
jinsli cheksiz fazo tushuniladi. Bunday bo‘shliq tushunchasini
kiritilishi maydonning radioto‘lqinlarni tarqalishining istalgan
mexanizmiga xarakterli bo‘lgan umumiy xossalarini aniqlashga imkon
beradi.
Agar bo‘shliqning nisbiy dielektrik singdiruvchanligi
ε 0 =1 va
nisbiy magnit singdiruvchanligi
µ=1 ega bo‘lgan A nuqtasiga
yo‘naltirilmagan nurlantirgich joylashtirilsa, u holda nurlantirgichdan
R masofadagi elektr maydon kuchlanganligini
E o quyidagicha tarzda
aniqlash mumkin:
A nuqta atrofida
R radiusli aylanani o‘tkazamiz (1.8-rasm).
1.8- rasm. Elektr maydon kuchlanganligini aniqlashga doir
U holda sfera sirtining birligiga to‘g‘ri keladigan quvvatni, ya’ni
bitta davrda Poyting vektori modulining
| P | o‘rtacha qiymatini
quyidagicha aniqlash mumkin:
| P | = P / 4 π R 2 , bu yerda
R – nurlantirgichga beriladigan quvvat.
16
Poyting vektori bu
E o elektr maydon kuchlanganligini
N o magnit
maydon kuchlanganligiga vektor ko‘paytmasi sifatida hisoblanadi:
P = [ E 0 ; H 0 ] yoki
E