Referential Integrity - ishoralar darajasidagi yaxlitlik.
Nazorat savollari:
Delphi dasturi MB ga qanday ulanadi ?
MB bilan ishlovchi vositalarga nimalar kiradi ?
MB bilan ishlovchi komponentlarga nimalar kiradi ?
Maydonlarni boshqarish qanday amalga oshiriladi ?
Jadvalning qaysi xossalarini aniqlash kerak bo’ladi ?
18-mavzu.PHP yordamida ma’lumotlar bazasini boshqarish
Reja:
PHP va MySQL bog’liqligi
MySQL ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi
PHP yordamida MySQL ma’lumotlar bazasiga boglanish.
PHP va MySQL bog’liqligi
PHP tili turli ma’lumotlar bazasi bilan bog’lana oladi, bu esa uning yutuqlaridan biri hisoblanadi. Bu bo’limda MySQL ma’lumotlar bazasi haqida so’z boradi. Gap shundaki MySQL keng tarqalgan bepul ma’lumotlar bazasi bo’lib, u PHP – sstenariylar yaratishda qo’llaniladi. MySQL dastur interfeysi SQL tili buyruqlaridan foydalaniladi. Har bir ma’lumotlar bazasi o’zining dasturiga ega bo’lgani kabi MySQL ham dastur interfeysiga ega. MySQL dasturi o’rnatilgandan so’ng mysql.exe fayli yordamida konsol oynali dastur ishga tushadi. Bazadan ma’lumotlarni sug’urish umumiy prostedurasini keltiraiz.
MBBT() ga boglanish
SQL() buyruqlari
MBBT() tizimidan chiqish
?>
2. MySQL ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi.
Ushbu dasturiy ta’minotni olish va u xakda ma’lumotlarga ega bo’lish uchun http://www.mysql.org yoki www.mysql.com saytiga murojaat qilish mumkin. MySQL bilan ishlashdan oldin ro’yxatdan o’tish kerak.
Mysql [-h tugun] [-u foydalanuvchi_nomi] [ma’lumotlar_bazasi_nomi]
Kvadrat kavslar ularning qo’yilishi muhim emasligini bildiradi. Tugun – bu MySQL ishlab turgan kompyuter nomi. Agar bu parametr ko’rsatilmagan bo’lsa, u holda MySQL lokal kompyuterda ishlab turibdi deb hisoblanadi. Agar foydalanuvchi nomi ko’rsatilmagan bo’lsa, u holda kompyuter yuklanganda ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchi ishlatayotganligi tushuniladi. Agar ma’lumotlar bazasi nomi ko’rsatilmasa, MySQL mavjud bazasi ishlab to’rganligini bildiradi.[p] parametri faqatgina MySQLda ishlash uchun parol so’ragan takdirdagina ko’rsatiladi. Agar mavjud bo’lgan ma’lumotlar bazasiga bog’lanish uchun USE buyrugidan foydalaniladi. Masalan cars bazasiga bog’lanish uchun
USE cars;
buyrug’i ishlatiladi. Shundan so’ng ekranda baza tanlanganligi haqidagi xabar chikadi.
Database changed
Agar ruyxatdan o’tish paytida baza MySQL serverida baza tanlanmagan bo’lsa va USE buyrug’idan oldin boshqa buyruqlar ishlatilgan bo’lsa, u xolda quyidagi xatolik ekranda paydo bo’ladi.
ERROR 1046:p No Database Selected
Ma’lumotlar bazasini bilan ishlashdan oldin ma’lumotlar bazasini o’zini yaratish va undan so’ng jadvallar yaratish mumkin. Ma’lumotlar bazasini yaratish uchun SQL buyrugi CREATE DATABASE buyrug’idan foydalaniщ mumkin.
CREATE DATABASE cars;
MySQL bu so’rovni qayta ishlagandan so’ng quyidagi xabarni chiqaradi.
Query Ok, 1 row affected (0.07 sec)
Jadval yaratish uchun SQL tilining CREATE TABLE buyrugidan foydalaniladi.Masalan quyidagicha
CREATE TABLE Equipment
(Equip_ID INT UNSIGNED NOT NULL AUTO INCREMENT PRIMARY KEY, Equip INT UNSIGNED);
3. PHP yordamida MySQL ma’lumotlar bazasiga boglanish.
PHP da mysql_connect funkstiyasi sstenariyni MySQL bilan bog’laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |