Ma’lumotlar bazasi o’zi nima? Mb afvzallik tomonlari nimadan iborat?



Download 24,04 Kb.
bet5/5
Sana23.03.2022
Hajmi24,04 Kb.
#506984
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maʼlumotlar bazasi

Topshiriqlar

1.Topshiriq:Ma’lumotlar bazasi va ma’lumotlar banki haqida tushuncha. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) haqida tushuncha bering?


Ma’lumotlar bazasi – biror sohaga oid o`zaro bog`langan ma`lumotlar yig`indisining disk tashuvchidagi tashkiliy jamlanmasidir. Boshqacha qilib aytganda, ma`lumotlar bazasi – bu kompyuter xotirasiga yozilgan ma`lum bir strukturali, o`zaro bog`langan va tartibga solingan ma`lumotlar majmui bo`lib, u biror bir obyektning xususiyatini, holatini yoki obyektlar o`rtasidagi munosabatni ma`lum
ma`noda tavsiflaydi.

2.Topshiriq: Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini yaratish modellari. Oracle va MS Access MBBT ishlash texnologiyasiga izoh bering?


Microsoft Access dasturida ishlash asoslari 1. Microsoft Accessni ishga tushirish. Eng ishonchli usul “Pusk” menyusi orqali amalga oshirish .Agarda, kopmyuter kerakli tartibda sozlangan bo’lsa, buni ish stolida turgan yorliq orqali ham amalga oshirish mumkin.


MS Access bosh menyu orqali ishga tushirish 2. Ochilgan muloqot oynasida yangi baza yaratish uchun “Sozdat novuyu bazu dannix” (2- rasm) bandini tanlang. Agarda bunday muloqot taklif etilmasa, menyuda “Fayl > Sozdat” buyrug’ini tanlib oching


Yangi ma’lumotlar bazasini yaratish Yangi yaratilayotgan ma’lumotlar bazasiga nom berish taklif etiladi (fayl nomi va joylashish joyini ko’rsating, masalan, D:\ACCESS\telephone). MS Accessda yangi baza yaratilayotganda nom berish kerakligiga e’tibor bering, odatda boshqa ilovalarda barcha ishlar bajarib bo’lingan va natijani saqlash jarayonidagina (masalan, MS Word yoki Excel ilovalarida) faylni nomlash taklif etiladi. Accessda bu jarayon ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash ma’nosida dastavval amalga oshiriladi. Ma’lumotlar bazasiga kiritilayotgan barcha o’zgarishlar uning faylida ham darhol o’z aksini topadi, shuning uchun dastur boshlanishidayoq uning nomini bilib olishi zarur. Shunday yo’l bilan kutilmagan uzilib qolishlarda ma’lumotlarni yo’qotish riski minimallashtiriladi. 3. “Baza dannix” (3- rasm) ma’lumotlar bazasi oynasi ochiladi. Bu oyna Microsoft Accessni boshqarishning boshlang’ich elementi hisoblanadi.


“Baza dannix” ma’lumotlar bazasi oynasi Ma’lumotlar bazasi oynasining chap tomoni Accessning barcha turdagi ob’ektlarini ishga tushirishni boshqarish elementlari joylashgan (jadvallar, so’rovlar, shakllar va boshqalar). O’ng tomonida – yangi ob’ektlar yaratishni boshqarish elementlari joylashgan, yaratilgan ob’ektlar ham shu erga qo’shib


Boriladi. Oyna ob’ektlar bilan asosiy jarayonlarni olib borish uchun vositalar paneliga ham ega (ochish, tahrirlash, o’chirish va shu kabilar).
Oracle (Ma’lumotlar Bazasini Boshqarish Tizimi) – katta hajmdagi ma’lumotlarni boshqarish, ulardan kerakli ma’lumotlarni so’rov orqali istalgan ko’rinishda chiqarib olish, ma’lumotlarning zahira nusxalarini olish, katta xajmdagi ma’lumotlarni siqish, qulay interfeysda baza ustidan nazorat o’rnatish, ma’lumotlar asosida hisobotlar hosil qilish va bulardan boshqa ma’lumotlar ustida juda katta ko’lamdagi ishlarni amalga oshiradigan dasturiy kompleksdir. Oracle dasturini server va klient ko’rinishida o’rnatish mumkin va berilgan ruxsat doirasida ishlatish mumkin.
Bu dastur asosan katta xajmdagi ma’lumotlar bilin ishlaganligi uchun , asosan yirik korxonalarda ishlatiladi. Bu dasturning asosini ma’lumotlar bazasi tushunchasi tashkil etadi. Bazada saqlanayotgan ma’lumotlarni xafsizligini saqlash maqsadida Oracle(MBBT) da juda ko’p ishlar amalga oshirilgan, biz ularni keyingi maqolalarda ko’ramiz. Ma’lumotlar bazasini tashkil etgan fayllarni: ma’lumotlar bazasi fayllari va ma’lumotlar bazasiga tegishli bo’lmagan fayllar ko’rinishida ajratishimiz mumkin. Ma’lumotlar bazasi fayllarida ma’lumotlar saqlanadi, ma’lumotlar bazasiga tegishli bo’lmagan fayllarda har xil protokollar, sozlashlar kabi qo’shimcha ma’lumotlar saqlanadi. Bu ma’lumotlar bilan Oracle administratorlari ruxsat bergan foydalanuvchilargina ishlay oladi.
Oracle ning juda ko’p utilitlari(Rman, Oracle Data Guard, Oracle Data Grid,… ) mavjud bo’lib, ular ham ma’lumotlarni foydalanuvchi uchun qulay ko’rinishda taqdim etish(boshqarish, nazorat qilish) uchun ishlatiladi. Misol tariqasida Rman utilitasini oladigan bo’lsak, bu utilita bazani to’liq yoki qisman zahira nusxalarini juda katta xajmga kamaytirib(siqib) hosil qiladi va saqlash uchun o’zi chunarli bo’lgan kodlarga aylantiradi. Bazaga shikast etganda shu zahira nusha orqali bazani qayta tiklash mumkin bo’ladi.
Oracle SQL kodlari orqali buyruqlarni qabul qiladi. Bu so’rov tili ma’lumotlar bazasini yuklash, uni to’xtatish, montirovka qilish, jadvallar yaratish, o’chirish, o’zgartirish, ma’lumotlar ichidan kerakligini chiqarib olish va boshqa vazifalar uchun ishlatiladi. Bu til juda ko’p Ma’lumotlar Bazasini Boshqarish Tizim lari uchun umumiy hisoblanadi. SQL kodlari bir yoki bir necha jadvallar ustida so’rovlarni amalga oshira oladi.
Ma’lumotlarni boshqarishda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida Oracle dasturi yaratuvchilari Oracle Enterprise Manager deb nomlangan web sahifa yaratishgan bo’lib, bu sahifa orqali butun Oracle ni boshqarish mumkin bo’ladi. SQL kodlarini bilmaydigan foydalanuvchilar ham bu web sahifa orqali barcha vazifalarni bajarishi mumkin, faqatgina kerakli “ссылка” larni bosish kifoya. Har bir ma’lumotlar bazasi uchun alohida-alohida Enterprise Manager sahifasi bo’ladi, har bir sahifa portlar orqali ajratiladi. Barcha brauzerlarda bu sahifa yaxshi namoyon bo’ladi va bazani xafsizligiga portlarni boshqarish yo’li bilan erishish mumkindir.
Download 24,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish