Ma’lumotlar bazasi o’zi nima? Mb afvzallik tomonlari nimadan iborat?


MB jadval yaratishning nechta usuli mavjud?



Download 24,04 Kb.
bet2/5
Sana23.03.2022
Hajmi24,04 Kb.
#506984
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maʼlumotlar bazasi

MB jadval yaratishning nechta usuli mavjud?Ma’lumotlar bazasini shartli holda ikki qismdan - MBning tuzilishi (shakli) va bu tuzilishining ichida saqlanayotgan ma’lumotlardan iborat bo’ladi. MS ACCESS ma’lumotlar bazasi ekrani quyidagi ko’rinishga ega: 1. Yangi ma’lumotlar bazasi yaratish. 2. Tayyor loyihalar asosida ma’lumotlar bazasi yaratish. 3. Yaratilgan ma’lumotlar bazasini ochish. MBning tuzilishi jadval ko’rinishida bo’lib, jadvaldagi ustunlar (stolbtsi) maydon (polya), satrlar (stroki) esa yozuvlar (zapisi) deb nomlanadi (rasm 1). Maydonlar MBning tuzilishini, yozuvlar esa uning ichidagi ma’lumotlarni tashkil etadi.

  • Jadvallarni bog’lash qanday usullari mavjud?

    Jadvallarni “Jadval ustasi” tartibida yaratish “Jadval ustasi” yordamida ma’lumotlar bazasi ob’ektlarini yaratish jarayonlari bir necha qadamlardan tashkil topgan bo’lib, yaratilayotgan ob’ekt talab qilinayotgan ko’rsatkichlarini har bir qadamda o’rnatish mumkin. Jadval ustasi tadbirkorlikda qo’llash uchun 33 ta jadval namunasi va shaxsiy foydalanishlar uchun 22 ta jadval namunasi asosida yangi jadvallar yaratishga imkon beradi. Jadvallarni “Jadval Konstruktori” (“Konstruktor tablits”) tartibida yaratish Agarda ma’lumotlarni boshqa jadvaldan olish yoki bog’lash mumkin bo’lmasa, jadvallar ko’p hollarda jadvalning talab qilinayotgan tuzilishini aniqlashga imkon beruvchi konstruktor tartibida yaratiladi. Jadvallar konstruktori tartibida jadvalning nomi, ma’lumotlar turi, izohlashlar, shu bilan birga, qo’shimcha ravishda jadval maydoni xususiyatlarini ko’rish mumkin. Konstruktor tartibida ochilgan jadval oynasi yuqori qismida paydo bo’ladigan ko’rinishga jadval tuzilishi blankasi yoki oddiy jadval blankasi deb nomlanadi. Konstruktor tartibida ochilgan jadval oynasi quyi qismida esa jadval maydonlari xususiyatlari, shuningdek jadval faol xususiyatlarining izohi chiqadi. Bevosita jadval tartibida jadvallar yaratish Access bevosita jadval tartibida ham jadvallar yaratish imkonini beradi. Bunda Access aniqlab berilmagan holatda foydalaniladigan, tuzilishi 20 maydon va 30 ta bo’sh yozuvdan iborat bo’lgan jadval asosida yangi jadval yaratadi, shundan so’ng jadvalga ma’lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri kiritish mumkin bo’ladi. Jadval tartibida yaratilgan jadval cheklangan qo’llanishga ega bo’lib, jadval maydoni mazmuniy nomga ega bo’lmaganligi uchun deyarli har doim maydonni qayta nomlash uchun tuzilishni qayta tahrir qilish kerak bo’ladi. Jadval tuzilishini ishlab chiqishda unda qanday axborotlarni saqlashi kerakligini ko’rsatish zarur bo’ladi. Jadvalga qanday axborotlar kiritilishi lozim bo’lgan aniqlangandan so’ng, uni maydonlar bo’yicha taqsimlab tashlash kerak bo’ladi. Bu jarayon jadvalda unikal bo’lgan maydon nomlarini tanlashdan iborat bo’ladi. Nomlashda maydon nomi undagi axborotlar mazmuni to’g’risida etarlicha axborotlar bera oladigan bo’lishi bilan birga haddan tashqari uzun bo’lib ketmasligi kerak. Odatda, ma’lumotlar bazasini ishlab chiqishda turli jadvallar bir xil nomga ega bo’lgan maydonlarni o’z ichiga olishi mumkin (jadvallar shu maydonnlar vositasida bir-biriga bog’lanadi). Access ham turli jadvallardagi bir xil nomlanishli maydon nomlaridan foydalanishga imkon beradi, ammo, Access maydon nomlaridan ma’lumotlar yaxlitligini anqlashda foydalanishini hisobga olib, maydon nomlarini takrorlanmasligini e’tiborga olish lozim. Jadvalni to’ldirishdan avval bu jadvalni ma’lumotlar bazasidagi boshqa jadvallar bilan bog’lanishlarini aniqlab olish, kalit maydonlarni aniqlash va indekslarini yaratish lozim bo’ladi. Jadvallar o’rtasidagi bog’lanish kalit maydonlarda mos tushuvchi qiymatlar o’rtasidagi, odatda, turli jadvallar maydoni o’rtasida, munosabatlarni o’rnatadi. Ko’p hollarda bir jadval kalitli maydonini ikkinchi jadvalning mos keluvchi (ko’p
    hollarda bir xil nomga ega bo’lgan), tashqi kalit maydoni deb nomlanuvchi maydoni bilan bog’lanishni amalga oshiradi. Kalit maydonga ega maydon bosh jadval, tashqi kalit maydonini o’z ichiga olgan jadval bog’langan jadval deb yuritiladi. Munosabatlarning to’rt turi mavjud:  Birga-bir. “A” (bosh jadval) jadvali ma’lumoti “birga-bir” munosabatidan foydalanish “B” (bog’langan jadval) jadvalida bittadan ortiq bog’langan ma’lumotga ega bo’la olmaydi va aksincha. Bunday ma’lumotlarni bitta jadvalga joylashtirish mumkinligidan bog’lanishning bu turidan kamdan-kam holatlarda foydalaniladi.”Birga-bir” munosabatda bog’lanish turidan juda keng jadvallarni taqsimlab yuborish yoki himoyalash maqsadlarida jadval qischmini ajratib tashlash uchun foydalaniladi. “Birga-bir” munosabatda bog’langan jadvallarda kalit maydon unikal (o’zigagina xos) bo’lishi lozim.  Birga-ko’p munosabat. "Birga-ko’p" munosabat bilan bog’lanish jadvallar o’rtasidagi bog’lanishlarda eng ko’p foydalaniladigan munosabat turi hisoblanadi. Bunday bog’lanishda “A” jadvaldagi har bir yozuv “B” jadvaldagi bir nechta yozuvga mos kelishi mumkin, “B” jadvaldagi yozuvlar esa “A” jadvaldagi bittadan ortiq yozuvga mos kelishi mumkin emas. “A” jadvaldagi kalit maydoni unikal bo’lishi kerak. “A” va “B” jadvallarni “birga-ko’p” munosabat bilan bog’lanishini “B” va “A” jadvallari o’rtasidagi ”Ko’pga-bir” bog’lanish munosabati sifatida ko’rish mumkin.  Ko’pga-bir munosabat. "Ko’pga-bir" munosabatdagi bog’lanishdan foydalanishda “A” jadvaldagi yozuvlarga “B” jadvaldagi bitta yozuv mos keladi, “B” jadvaldagi bitta yozuv esa “A” jadvaldagi bir nechta yozuvga mos kelishi mumkin. “B” jadvaldagi kalit maydoni unikal bo’lishi kerak. “A” va “B” jadvallarni “ko’pga-bir” munosabat bilan bog’lanishini “B” va “A” jadvallari o’rtasidagi ”birga-ko’p” bog’lanish munosabati sifatida ko’rish mumkin. 6. Ko’pga-ko’p munosabat. “Ko’pga-ko’p” munosabatdan foydalanishda “A” jadvaldagi bitta yozuvga “B” jadvalda bir nechta yozuv mos kelishi, “B” jadvaldagi bitta yozuvga esa “A” jadvaldagi bir nechta yozuv mos kelishi mumkin. Bunday holatda “A” va “B” jadvallardagi kalit maydoni unikal bo’lishi talab etilmaydi. Bog’lanish munosabatining bu turidan tashqi kalitlarga ega jadvallarni bog’lash uchun foydalaniladi. Bog’langan maydonlar albatta bir xil nomga ega bo’lishi shart emas, ammo ular aynan bir xil ma’lumotlar turiga ega bo’lishi zarur. Bundan tashqari, sonli ("Chislovoy") turida bog’lanayotgan ma’lumotlar bir qiymatdagi maydon kattaligi ("Razmer polya") xususiyatlariga ega bo’lishi lozim. Bu qoida ketma-ket raqamlanib boradigan va katta sonli ko’rsatkichga ega bo’lgan maydon bilan bog’lanishi mumkin bo’lgan ("Dlinnoe tseloe") hisoblagich (schetchik) maydoniga taalluqli bo’lmaydi.turli uzunliklarga ega matnli maydonlar bilan bog’lanishni o’rnatish imkoniyati mavjud, ammo bu so’rovlarni yaratishda bir muncha murakkabliklar olib keladi. Ilova qilingan axborotlar yaxlitligini ta’minlash Access muhim xususiyatlaridan hisoblanadi, agarda jadvallar o’rtasidagi bog’lanishda ilova yaxlitligi shartlari qo’yilgan bo’lsa, u holda Access bog’langan jadvalga bosh jadvaldagi yozuvlarga mos kelmaydigan yozuvlar kiritilishiga, shuningdek, bosh
    jadvaldan bog’langan jadval ega bo’lgan yozuvlarni o’chirib tashlashga imkon bermaydi. Ma’lumotlar yaxlitligi sharti bog’langan jadvallardagi yozuvlar o’rtasidagi aloqalarni quvvatlab tutsrish uchun Accessda foydalanilayotgan qoidalar tizimini aniqlab beradi. Bu qoidalar bog’langan ma’lumotlarni tasodifan o’chirib tashlash yoki o’zgartirishlar kiritilishiga taqiqlab qo’yadi. Ma’lumotlar yaxlitligi shartlarining qo’yilishi bag’langan jadvallar bilan jarayonlar olib borilishiga cheklovlar qo’yadi, bog’langan jadvallar tashqi kalitlariga bosh jadval kalit maydonlari ega bo’lmagan qiymatlarni kiritish imkoni bo’lmaydi. Birlamchi kalitni aniqlash ham zarurdir. Agarda undan bosh jadval sifatida foydalanilmasa unga kalitni aniqlab berish shart emas. Odatda, bosh jadvallarda real ob’ekt to’g’risidagi axborotlar saqlanadi va har bir ob’ekt uchun faqat bitta yozuv amalga oshiriladi. Jadval kalitini aniqlab berish jadvalda bir xil yozuvlar paydo bo’lishi oldini olishning eng sodda usuli hisoblanadi. Bosh jadvalda birlamchi kalitni aniqlangan bo’lishi zarur, Access bunday kaliti aniqlanmagan jadvallarni shubhali deb hisoblaydi. Bunday jadvallarni konstruktor tartibida ochilish holatida jadval kaliti aniqlanmaganligi to’g’risidagi muloqot oynasi chiqadi. Takrorlanadigan ma’lumotlar paydo bo’lmasligi uchun bog’langan ma’lumotlarda ham kalitni aniqlab berish mumkin. Jadval kalitini bir nechta maydon qiymati bo’yicha ham aniqldash mumkin. Access kalit qiymati bo’yicha jadvalni avtomat tarzda indeksatsiyani amalga oshirali, ammo boshqa maydon qiymatlari bo’yicha qo’shimcha indeksatsiyalarni yaratish talab qilinishi mumkin. Indekslar jadvalning indeksatsiya qilingan maydonlarida ma’lumotlarni izlash jarayonlarini tezlashtirishga imkon beradi. Accessning har bir jadvali 32 tagacha indekslarga ega bo’lishi va ulardan 5tasi tarkibiy bo’lishi mumkin (tarkibiy indekslarga 10 ortiq bo’lmagan maydon kiritilishi mumkin). Har bir maydon uchun indeks yaratish jadvalni to’ldirish jarayonini sekinlashtirib yuboradi, chunki indeksatsiya har bir kiritilgan yoki o’zgartirilgan yozuvda avtomat tarzda amalga oshiriladi. Jadvaldagi barcha ma’lumotlarning bir xil turga ega bo’lishi relyatsion jadvalni ishlab chiqishning asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Jadval har bir maydoni uchun ma’lumot turini kiritish zarur, kiritilmagan taqdirda ma’lumot turi matnli deb qabul qilinadi. Ma’lumot turini kiritishda uning uzunligi, formati, maydon qiymatlarini aniq aks ettirish va sonli qiymatlarni aniqligiga ta’sir etuvchi boshqa ko’rsatkichlarni ham kiritish mumkin.


    1. Download 24,04 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish