Uzun-qisqa ko`lanka singari mudom.
Qo`y, taniyman sening ikki yuzingni,
Tilining tagida tili bor odam! (U.Azim “Quloqchiga”)
b) kishi va hayvonlarning fiziologik holatini bildiruvchi sifat antonimlar: semiz – oriq, kuchli – kuchsiz, sog` – kasal va shu kabilar.
5. Kishi, hayvon hamda narsalar uchun umumiy bo`lgan belgilarni bildiruvchi antonimlar:
Chiroyli – xunuk so`zlari ham kishilarga, hayvonlarga hamda jonsiz narsalarga xos xususiyatlarni ifodalash uchun ishlatiladi.
1. Kishilar haqida: Chiroyli qiz – ko`zning nuriga nur qo`shadi. (Oybek) Elmurod eshonning xunuk basharasini ko`z oldiga keltirib: “Obbo muttaham-ey!” – dedi. (P.Tursun)
2. Hayvonlar haqida: …manglayiga tumorcha va munchoqlar osilgan semiz, chiroyli qora toychani yetaklab “kichkina chavandoz” kirib keldi. Bu Tantiboyvachchaning o`g`li Obidjon edi. (Oybek) Qo`qonboy aka bozordan junlari o`sgan xunuk bir sigirni yetaklab keldi. (So`zlashuvdan)
3. Narsalar haqida: (Nuri)… g`oyat chiroyli, mo`jaz qopqog`ida brilliantlar yongan oltin soatni olib, tomosha qildi. (Oybek) Yaxshi – xunuk libos bilan ham yaxshi. (Maqol)
Sifat so`z turkumi doirasida belgining u yoki bu jihatini bildirishiga ko`ra guruhlanuvchi birliklarga e`tibor qaratsak, quyidagilar ko`zga tashlanadi Gapirma-gapirma, - dedi O`zbek oyim, - boshda shu marg`ilonliq balosiga o`zing sababchi bo`lg`anmisan, hali ham o`shaning tomonini olib so`zlaysan! Sandek soqoli uzun, aqli qisqadan kengash so`rab o`lturg`an men ham axmoq! (A.Qodiriy, “O`tkan kunlar” romani).
Antonimik holat yuzaga chiqishida so`zlovchi va tinglovchi munosabatidan tashqari nutqiy vaziyat hamda muloqotda qo`llanilgan zid ma`no ifodalovchi til birliklari ham muhim o`rin tutadi.
Belgilar shaxs xarakter-xususiyatlarini ifoda etadi. Bunda so`zlovchi yoki yozuvchining nutq qaratilgan shaxsga bo`lgan subyektiv munosabati antonimiyani vujudga keltiradi. Tilimizdagi botir va qo`rqoq, aqlli va ahmoq, sahiy va xasis kabi leksemalar bunga misol bo`la oladi. Aytish mumkinki, sifat doirasida antonimiya ma`za-ta`m bildiruvchi sifatlarda: achchiq-shirin, sho`r-shirin kabi; rang bildiruvchi sifatlarda: oq va qora; harorat bildiruvchi sifatlarda: issiq-sovuq; shakl bildiruvchi sifatlarda: to`g`ri va egri; yosh bildiruvchi sifatlarda: yosh va qari; hajm bildiruvchi sifatlarda: katta va kichik, baland va past kabi ko`rinishlarda amal qiladi. Tilshunos olim Jamolxonov sifat so`z turkumi doirasida antonimiyaning yuzaga kelishi haqida fikr yuritar ekan, bu hodisaning ko`lamni bildiruvchi sifatlarda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlaydi. Olim shunday fikrlaydi: ”Sifat leksemalarda ajratiladigan LSGlardan biri – ko`lam sifatlari. Bu LSGga mansub sifatlar predmetning masofa (oraliq), shakl, hajm jihatiga ko`ra belgisini anglatadi. Oraliq ko`lamini bildiruvchi sifatlar predmet ko`lamining uch jihati – bo`y ko`lami, en ko`lami, yon ko`lamidan birini anglatadi (Misollari quyiroqda). Shakl ko`lamini bildiruvchi sifatlar predmetning ayni vaqtda ikki-en va yon ko`lamini anglatadi: yo`g`on-ingichka kabi. Hajm ko`lamini bildiruvchi sifatlar esa predmetning ayni vaqtda uch - bo`y, en, yon – ko`lamini anglatadi: yapaloq-yassi- kabi. Oraliq (masofa) ko`lamini bildiruvchi sifatlar predmetning: 1) bo`y ko`lamini anglatadi. (Misollari quyiroqda); 2) en ko`lamini anglatadi: keng-tor kabi; 3) yon ko`lamini anglatadi: qalin-yupqa kabi.
Bo`y ko`lamini bildiruvchi sifatlar o`z navbatida predmetning: a) balandlik ko`lamini anglatadi: baland-yuksak-novcha - pakana kabi; b) chuqurlik ko`lamini anglatadi: chuqur-sayoz kabi; v) uzunlik ko`lamini anglatadi: uzoq-olis - yaqin kabi.”61 Antonimiya hodisasi sifat turkumida keng tarqalgan, ot va fe`llarda bir oz kamroq uchraydi, olmosh va sonlarda esa bo`lmaydi62.
Do'stlaringiz bilan baham: |