Qarodir yurganing o`ch-mehr aro,
Menga tashlab ketgan dardlaring oppoq. (U.Azim “Grafika”)
Misralardagi antonim sifatlar rang-tus sifatlari hisoblanadi. Ammo jumla tarkibida o`z manosidan ko`chgan o`rinlar mavjud, ko`z bilan qoshning qora bo`lishi tabiiy, biroq unitishning, hijronning qora bo`lishi badiiylikni oshirishga xizmat qilib, o`z ma`nosidan ko`chish yuz bergan.
b) kishilarning psixologik holatini ifodalovchi sifat antonimlar: xursand – xafa, dilxush – dilxun va shu kabilar;
Partaga bag`rimni berib yig`ladim,
Sukunatga aytdim: «Jon berdi... Kumush...»
Muallim jilmayib meni tingladi,
Boshimni siladi ham shod, ham xomush. (U. Azim “Abdulla Qodiriy”)
d) kishilarda tabiiy ravishda yuz beradigan belgilarni ifodalovchi sifat antonimlar: yosh – qari, navqiron – mo`ysafid, novcha – pakana, barvasta –pachoq, semiz – oriq va shu kabilar;
e) kishilarning ijtimoiy va iqtisodiy ahvolini ifodalovchi sifat antonimlar: g`olib – mag`lub, hokim – mazlum, ozod – asir, boy – kambag`al, badavlat –qashshoq va shu kabilar;
Boyning jon bergani bilinmas,
Kambag`alning — non bergani. (Maqol)
f) kishilarning o`zaro munosabatini ifodalovchi sifat antonimlar: do`st –dushman, ahil – noahil, ittifoq – noittifoq, totuv – it-mushuk va shu kabilar;
Ko`zlarimga quyosh ko`rinmas.
Raqibimiz zo`r ekan — ayon.
Do`stim, senga fido bo`lay, bas,
Sen uchun men topshirayin jon. (A. Suyun “Oqbotir”)
g) kishilarning fiziologik holati bilan bog`liq bo`lgan sifat antonimlar: zabardast – zaif, kuchli – kuchsiz, sog`lom – kasalmand va shu kabilar.
2. Hayvonlarga xos bo`lgan xususiyatlarni ifodalovchi antonimlarni ham bir necha guruhga bo`lish mumkin:
a) hayvonlarning xarakter-xususiyatini bildiruvchi sifat antonimlar: xo`ra – chimxo`r, yuvosh – asov (ot), yuvosh – qopag`on (it), yuvosh –suzag`ich (sigir) va shu kabilar;
b) hayvonlarning yashash sharoiti va fiziologiyasini bildiruvchi sifat
antonimlar: yovvoyi – xonaki, qisir – bo`g`oz, shoxdor – to`qol va shu kabilar.
3. Narsalarga xos bo`lgan xususiyatlarni ifodalovchi sifat antonimlarni 3 guruhga bo`lish mumkin:
a) hajm, og`irlik bilan bog`liq bo`lgan sifat antonimlar: katta – kichik, keng – tor, uzun – qisqa, og`ir – yengil, to`la – bo`sh, ko`p – oz, serob – kam va shu kabilar;
b) narsalarning xususiyat va holatini bildiruvchi sifat antonimlar: o`tkir –o`tmas, qalin – yupqa, chuqur – sayoz va shu kabilar;
d) maza-ta`m bildiruvchi sifat antonimlar: shirin – achchiq, mazali – be-maza, xushxo`r – badxo`r, xushta`m – belazzat va shu kabilar.
4. Kishi va hayvonlar uchun umumiy bo`lgan xususiyatlarni ifodalovchi sifat antonimlar 2 guruhga bo`linadi:
a) kishi va hayvonlarning xususiyati, belgisi, o`zaro munosabatini bildiruvchi sifat antonimlar: katta – kichik, yuvosh – sho`x, epchil – noshud, sodda – ayyor, to`q – och, yosh – qari va shu kabilar;
Ne uchun ortimdan uzmaysan qadam,
Do'stlaringiz bilan baham: |