O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti
«Tasdiqlayman»
JDPU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
_________________B.To‘xtamishev
«____» ____________ 2022
Malakaviy amaliyot
(4+2 tartibida)
sillabusi
(III-kurs)
Ta’lim yo‘nalishi
|
Maktab menejmenti
|
Semestr
|
5-semestr: 2022 yil “__”___________.
6-semestr: 2023 yil “__”___________.
|
Kredit miqdori
|
12
|
№
|
taqsimot
|
Vaqt (soat)
|
1.
|
Kunlik maksimal yuklama
|
6 soat
|
2.
|
Xaftalik yuklama
|
12 soat
|
3.
|
Umumiy yuklama
|
360 soat
|
Jizzax – 2022
Tuzuvchilar:
To’raqulova I.X
|
Pedagogika va psixologiya fakulteti dekani, PhD, dots
|
.
|
|
Tursunov D.S
|
Maktab menejmenti kafedrasi mudiri, PhD
|
|
|
X.Xamzayev
|
O'quv-uslubiy boshqarma boshlig'i, PhD
|
|
|
Alimova Q.O
|
Maktab menejmenti kafedrasi stajyor-o’qituvchisi
|
|
|
Mo‘minov I.U
|
Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i
|
Amaliyot bo‘yicha umumiy rahbar: Tursunov Diyor Sunnatovich
Ish joyi: A.Qodiriy nomidagi JDPU
Bog‘lanish telefon raqami: (93) 309-07-00
E-mail: diyor_tursunov@mail.ru
Prerekvizitlar:
Mazkur amaliyotni o‘tash uchun talaba quyidagi fanlarni egallagan bo‘lishi kerak: ta’lim menejmenti, ta’lim muassasalarini me’yoriy hujjatlari, ta’lim muassasalarida ma’naviy ma’rifiy ishlarni boshqarish.
Postrekvizitlar:
Mazkur amaliyot ta’lim menjmenti, ta’lim muassasalarini me’yoriy hujjatlari, ta’lim muassasalarida ma’naviy ma’rifiy ishlarni boshqarish fanlarini egallash uchun amaliy yordam beradi.
Mazkur amaliyot ta’lim menejmentini o’qitish metodikasi fani va uzluksiz pedagogik amaliyot (4-kurs) uchun fundamental asos bo‘lib xizmat qiladi.
Uzluksiz pedagogika amaliyotning zarurati
Uzluksiz pedagogika amaliyot davomida amaliyotchi-talabalar umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ijtimoiy muhiti, ta’lim muhiti, muassasa sub’ektlari o‘rtasidagi munosabatlar, ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchilar bilan ishlash prinsiplari, mediasavodxonlik va boshqalar to‘g‘risida amaliy ko‘nikmalar hosil qilishlari lozim.
Talabalar muassasa rahbariyatining ish yuritish jarayonlari, boshqaruvchilik faoliyati, fan o‘qituvchilarining dars davomida o‘quvchilar bilan hamda sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyat yuzasidan o‘quvchilarga munosabatlari, me’yoriy hujjatlari bilan tanishishlari kerak.
Uzluksiz pedagogik amaliyotning maqsadi – bo‘lajak maktab menejerlarining amaliy-kasbiy ko‘nikalarini shakllantirish va uzluksiz pedagogik amaliyotga tayyorlash.
Uzluksiz pedagogik amaliyotning vazifasi – talabalarni ta’lim muhitiga moslashtirish, ko‘nikmalarini shakllantirish, nazariy olingan bilimlarni mustaxkamlash, rivojlantirish; o‘quv jarayonini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘quv me’yoriy hujjatlar bilan tanishtirish; ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonining hususiyatlari to‘g‘risida tasavvurni shakllantirish; talabalarda mediasavodxonlikni rivojlantirish; talabalarda kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirish va boshq.
Uzluksiz pedagogik amaliyot yakunida natijadorlik:
- umumiy o‘rta ta’lim muassasasi to‘g‘risida tasavvurga;
- muassasa rahbariyatining jamoa bilan ishlashi to‘g‘risida tushunchaga;
- pedagogik jamoa o‘rtasidagi munosabatlar to‘g‘risida;
- o‘quvchilarning o‘zaro va pedagoglar bilan munosabatlari, o‘quvchilarning yosh xususiyatlari to‘g‘risida;
- ota-onalar murojaatlari va ular bilan maktab jamoasining munosabati;
- darsda va sinfdan tashqarida o‘quvchilar bilan ishlash mexanizmlari;
- o‘quv-me’yoriy hujjatlarning yuritilishi;
- sinf xonalariga qo‘yilgan gigienik talablar to‘g‘risida;
- ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi va ularning me’yoriy hujjatlarini rasmiylashtirilishi va boshqalar to‘g‘risida ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |