Karmana tumani 30-umumiy o’rta ta’lim maktabida 21-oktabr – O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Til bor ekan – millat barhayot” mavzusidagi ma’ruzasini pedagog va texnik xodimlar o’rtasida o’rganish
BA Y O N N O M A S I
17 .10.2020. Bog’ishamol MFY
QATNASHDILAR : Maktab direktori: K.Yu.Temirova Maktab MMIBDO’: O.Xudoynazarova 30- maktab pedagog va texnik xodimlar 30 nafar
KUN TARTIBIDA
21-oktabr – O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Til bor ekan – millat barhayot” mavzusidagi “Ma’naviyat soati”ni pedagog va texnik xodimlar o’rtasida o’rganish to’g’risida.
ESHITILDI
Maktab MMIBDO’ kun tartibidagi masalalar bilan pedagog va texnik xodimlarni tanishtirib o’tdi va shundan so’ng ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Z. Raxmatova so’zga chiqib 21-oktabr – O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Til bor ekan – millat barhayot” mavzusidagi “Ma’naviyat soati”ning mazmun –mohiyati bilan barchani tanishtirdi .
Viloyat hokimligining 2020-yil 14-oktabrdagi 01-06\1174-sonli xatiga asosan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi O’zbekiston Respublikasining “davlat tili to’g’risida”gi Qonuni qabul qilinganligining 31 yilligini keng nishonlash to’g’risidagi PQ – 4479 –sonli qarori hamda 21-oktabr – O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Til bor ekan – millat barhayot” mavzusida “Ma’naviyat soati”o’tkazildi.
Til benihoya muqaddas va mo’tabar ne’mat, u odam degan mavjudotni shakllantirgan, taraqqiyot bosqichlariga olib chiqqan , ruhiy takomilga boshlagan ,tafakkur gulshanining darvozalarini ochgan sehrli bir jilodir. Shuning uchun ham tilga nopisandlik insoniyatning o’zligiga nopisandlik demakdir. Tilga ehtiromva e’tibor esa dunyoda inson bolasi muhtaramligining e’tirofidir. Bejiz emaski, xalqimiz tilga ,xususan, o’zining ona tiliga muntazam muhabbat bilan qaragan. Uni e`zozlab ardoqlagan, o’zbek tilining mukammalligi va betakror ohanglaridan faxr-u iftihor qilgan.
1989-yil 21-oktabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy kengashining sessiyasida Davlat tili haqidagi qonun qabul qilindi. Bu voqea millatimiz taqdirida tarixiy voqea, istiqlol yo’lidagi dastlabki va muhim qadam bo’ldi. Shundan buyon har yili xalqimiz bu sanani tabarrukayyom sifatida keng nishonlab kelmoqda. Davlat tili haqidagi qonun mamlakatimizda o’zbek tilining Davlat tili maqomiga ega ekanligini belgilash bilan birga, boshqa tillarning kamsitilmasligini ham e`tiborga oladi.
Hozir O’zbek tili butun dunyodagi tillar qatori o’z o’rniga, obro’ va maqomiga ega. Shu bilan bugun ona tilimiz imkoniyatlarini qay darajada namoyon eta olyapmiz,degan haqli savol ham borki , u har birimizni ,albatta, o’ylantirishi kerak. Biz farzandlarimizni tilimiz boyliklari bilan ta`minlashimiz,til xazinamizning nodir merasini saqlab turgan asarlarni ularga kengroq o’rgatishimiz lozim. O’zbek tili millatimizni ko’rsatuvchi kuch, milliy taraqqiyotimizning ko’zgusi. Bu bebaho boyligimizni asrash hammamizning burchimizdir
Har bir davlat o’z rasniy tilining sofligi va boyib borishini ta’minlaydi va uning iste’mol doirasi kengayib borishi uchun g’amxo’rlik qiladi; uni o’rganish va o’qitish uchun qulay shart- sharoitlar yaratib berdi. Ushbu qonun ham ona tilimizning mavqei oshishi va ravnaq topishi,yanada takomillashuvi uchun keng imkoniyatlarni yaratib berdi. Hozirgi kunda tilimiz yanada rivojlanmoqda ,unga bo’lgan e`tabor yanada oshib boryapti.
O’zbek tilimizning boyligini yaxlit holda tasavvur etish uchun Alisher Navoiy asarlari dunyosiga bir nazar tashlashning o’zi kifoya. Bu olamda butkul koinot aks etadi Bu xazinadan bebahra qolish mumkin emas. Alisher Navoiy butun hayoti va ijodini ona tili ravnaqi uchun baxshida qildi. U zamonlarda “Turkiy til” deb yuritilgan ona tilining so’z boyligi , badiiy ijod uchun yaroqli ekanligi haqida maxsus nazariy asari (“Muhokamat ul-lug’atayn”) ni yaratdi. Sharq mumtoz adabiyotining hamma janr va turlarida betakror asarlar yaratdi.Bu tilda birinchi “Xamsa”ni , birinchi “Majolis un-nafois”ni yozdi. Mavjud adabiy an’analarga yangiliklar kiritdi. Xalq madaniyati, ma’rifati va ma’naviyatining yuksalishida tilning muhim vosita ekanini , til bashariyat naslini o’tmish va zamon bilan bog’lovchi timsolekani shoir va arbob Navoiyning hamisha diqqat markazida bo’ldi.
Mavzu bo’yicha Z. Raxmatova jamoaga keng tushuncha berib, bu ma’ruzadan barchamiz o’z oldimizga maqsad qo’yishimiz va buning uchun barchamiz ,as’ul ekanligimizni ta’kidlab o’tdi.
Ko’rilgan mavzu yuzasidan yig’ilish
QAROR QILADI:
Maktabning barcha pedagog va texnik xodimlariga :
Maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisining 21-oktabr – O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Til bor ekan – millat barhayot” mavzusidagi ma `ruzasi ma`lumot uchun qabul qilinsin;
21-oktabr – O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Til bor ekan – millat barhayot” mavzusidagi ma`ruzasi ma`naviyat soat daftarlarida aks ettirish pedagog va texnik xodimlar zimmasiga yuklatilsin.
Nazorat maktab MMIBDO’ ga yuklatilsin.
Yig’ilish raisi: K.Yu. Temirova
MMIBDO’ : O.Xudoynazarova
Do'stlaringiz bilan baham: |