Yosmin, arab yosmini, sambak
(Zaytunlar oilasi), Vatani — tropik Osiyo. Poyasi
sal jingalaklanib, uzun-uzun, ingichka bo’lib o’sadigan doimo yashil buta, poyasi
juft-juft bo’lib joylashadigan, tuxum shaklida bo’ladigan och rangli maydaroq barglar
va yulduzsimon shaklda bo’ladigan xushbo’y oq gullar chiqaradi, gullari oddiy yoki
seryaprrq bo’ladi. Yosmin yorug’ xona bo’lishini, qishda o’rtacha miqdorda, yozda
mo’l-ko’l sug’orib, suv purkab turishini talab qiladi. Bahorda yosminni 4:2:1
nisbatdagi barg chirindisi, chim tuprog’i va qumdan iborat tuproq aralashmasiga olib
o’tqaziladi (yosh o’simliklarni har yili, qarilarini 2—3 yilda bir marta). Yaxshiroq
gullaydigan bo’lishi uchun qari novdalarini 6—8 juft barglari oralab chimdib turish
kerak. Yosmin qalamchalardan ko’paytiriladi. Bu o’simlik ko’pincha o’rgimchak
kana bilan zararlanadi, uni zararkunandalardan saqlash uchun vaqt-vaqtida yuvib
turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |