Doim gullayveradigan begoniya
. (Begoniyalar oilasi). Pastakkina ixcham buta
bo’lib, qiyshiq yurak shakliga o’xshab ketadigan och yashil yaltiroq barglar
chiqaradi. Bu begoniyaning ba’zi navlarida barglari qo’ng’ir-jigarrang, chetlari tishli
bo’ladi. Bu turdagi o’simlik yil bo’yi deyarli bir talay gul chiqar,ib, gullab turadigan
bo’lagi uchun unga shunday nom berilgan. Gullari yirikmas, oddiy va seryaproq, barg
qo’ltiqlarida bo’ladi. Gullarning rangi oq, pushti, pushti-namo-qizil. Bir muncha
ravshan yorug’likda gulining rangi to’q bo’lib boradi.
Bu o’simlik kamtalab, qishda o’rtacha miqdorda, yozdga bir muncha ko’proq
sug’orib turishni talab qiladi. «yorug’lik o’rtacha miqdorda bo’lsa ham ko’nib
ketaveradi (ravshan yorug’likda yaxshiroq gullaydi), lekin tik quyosh nurlaridan
panada turishga muhtoj. Bu o’simlik har yili bahorda kalta qilib kesib turiladi. U poya
qalamchalaridan ko’paytiriladi. Qalamchalarini gulzorga ekish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |