Malakasini oshirish instituti tabiat bilan tanishtirish



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/139
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#431678
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   139
Bog'liq
Tabiat bilan tanish oquv qollanma

Balьzamin, xinagul
(Xinagullar oilasi). Vatani— Afrika tropiklari. Qamtalab, 
shig’al gullaydigan kichikroq o’simlik, och yashil tusli sershira poyalari juda ko’p 
shoxlab o’sadi. Poyalarida och tusli yaltiroq barglari navbatma-navbat joylashgan, 
barglari kichikroq bo’lib, shakli tuxumsimon, barg bandlari uzun; bargining cheti 
tishchali. Xonaki xinagul bir talay gul chiqarib, uzoq gullab turadi, gullari och pushti 
yoki pushti rangda, goho binafsha yoki oq rangda, oddiy yoki seryaproq, pixchali
bo’ladi. Ular barg qo’ltiqlarida turadi. Xinagulning to’q yashil yoki to’q qizil 
barglar va to’q qizil yirik-yirik gullar chiqaradigan tur-xillari ham bor. Xinagul tez 
o’sadigan, yorug’liksevar o’simlikdir, har qanday tuproqda ham o’saveradi, le-kin 
yengil oziqli tuproq aralashmasini afzal ko’radi. Xinagulni qishda kamroq, yozda 
mo’l-ko’l sug’orib turiladi; tik quyosh nuridan pana qilib qo’yiladi. Xina-gullar tez 
qarib qoladi va yoshartirib turishni talab qiladi. Qalamchalardan undirib olingan yosh 
o’simliklar yaxshiroq gullaydi. Xonaki xinagul urug’lari va qalamchalaridan 
ko’paytiriladi, qalamchalari yaxshi tutib olib, tez o’sadi va ekilganidan taxminan 


33 
yarim yildan keyin gulga kiradi. 
Begoniya Reks, shohona begoniya (Begoniyalar oilasi). Vatani — Yava oroli. Bu — 
manzarali-bargli begoniyalarning eng chiroyli xili. Past bo’yli o’simlik bo’lib, poyasi 
yoyilib, buralab-buralib o’sadi va pastga osilib tushadi, unda bir talay to’kilib ketgan 
barglarining izi ko’rinib turadi. Barglari yirik, ranggi juda chiroyli — ba’zi navlarida 
kumushsimon hol tashlagan to’q qizil rangda, boshqalarida kumushsimon-pushti, 
cheti to’q qizil jiyakli, zumraddek yashil, kumushsimon tus aralash qo’ng’irnamo 
bo’ladi va hokazo. Barglarining chetlari tekis yoki qirqilgan. Barglari qattiq siyrak 
tuklar bilan qoplangan bo’lib, bandlari uzun-uzun. Bu begoniya och tusli ko’rimsiz 
mayda gullar chi-qarib gullaydi (o’simlik kuchini gullari olib qo’y-masligi uchun 
ularni chimdib olib tashlanadi). Begoniyani 1:2:1:2 nisbatdagi bargli, chirindili, torfli 
tuproq va qumdan iborat yengil tuproq aralashmasi solingan sayozgina tuvakka ekkan 
ma’qul. Yozda begoniya mo’l-ko’l qilib, qishda o’rtacha darajada, yaxshisi, iliq suv 
bilan sug’orib turiladi. Begoniyalar o’stiriladi-gan xonada havo nam bo’lib turishi 
kerak (begoniyaga suv purkash mumkin emas — barglaridagi tuklar suv tomchilarini 
tutib qoladi, natijada barglarda xunuk qo’ng’ir dog’lar paydo bo’ladi). O’simlikni tik 
quyosh nuridan pana qilib qo’yish kerak. Reks begoniya barglari bor ildizpoyasini 
bo’lish yo’li bilan, bargli qalamchalari yoki bandi bilan birga kesib olib, suvga qo’yib 
qo’yilgan barglaridan ko’paytiriladi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish