Malakani himoya qilish ishi


-rasm.G’aznachilikning asosiy tashkiliy elementlari5



Download 0,85 Mb.
bet10/27
Sana14.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#670877
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
Davlat g\'azna haqida bitiruv malakaviy ishi

1.1-rasm.G’aznachilikning asosiy tashkiliy elementlari5



5 Qosimova G.A. G‘aznachilik . O’quv qo‘llanma. – T.: “Moliya”. 2013. -25 b.

25
G‘aznachilik ijrosiga xos xususiyat shundan iboratki, u budjetni ijro etish jarayoniga uning ishtirokchilarining salbiy ta’sirini istisno etadi hamda budjet xarajatlarining Yagona G‘azna hisobvarag‘idan amalga oshirilishi g‘aznachilik tizimini to‘liq joriy etilishini taqozo etadi.


G‘aznachilik tizimining asosiy elementi bo‘lib, Yagona g‘azna hisobvarag‘i hisoblanadi. Har kuni Yagona G‘azna hisobvarag‘iga respublika va mahalliy budjetga soliqlar va soliqsiz tushumlar tushadi. G‘aznachilikning Yagona G‘azna hisobvarag‘ida vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va mahalliy hokimiyat organlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladi. Davlat budjetining barcha xarajatlari, jumladan, mahalliy budjet xarajatlari Yagona g‘azna hisobvarag‘idan moliyalashtiriladi.

1.2-rasm. Yagona G‘azna hisovarag‘ini faoliyati6.



6 Qosimova G.A. G‘aznachilik . O’quv qo‘llanma. – T.: “Moliya”. 2013. -236 b.
Davlat budjetiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar banklar tomonidan o‘rnatilgan tartibda qabul qilinadi va 23402 (005) “Respublika budjetining mablag‘lari” hisobvarag‘iga kirim qilinadi hamda belgilangan me’yorlarga muvofiq, banklarda ochilgan tegishli budjetlarning g‘azna hisobvaraqlariga ajratiladi.
Respublika budjetidan moliyalashtiriladigan barcha budjetdan mablag‘ oluvchilar g‘azna ijrosi bilan to‘liq qamrab olingunga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligiga Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazida (keyingi o‘rinlarda – HKKM) 23402 (006) balans raqami bilan Respublika g‘azna hisobvarag‘i (keyingi o‘rinlarda – RG‘H) ochiladi1.
RG‘H ga respublika budjetining g‘azna ijrosi bilan qamrab olingan budjetdan mablag‘ oluvchilarning kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun mablag‘lar HKKM da 23402 (005) hisobvarag‘i bilan ochilgan respublika budjetining asosiy hisobvarag‘idan tushadi.
Naqd pul mablag‘larini olish uchun, shu jumladan budjetdan mablag‘ oluv- chilarning xodimlariga ish haqi to‘lash, xizmat safari va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa naqd pul shaklidagi xarajatlarni to‘lash uchun g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan tijorat banklarda 23212 “Moliya vazirligi G‘aznachiligi mablag‘lari” va 23214 “G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari mablag‘lari” hisobvaraqlari ochiladi.
HG‘H shaxsiy hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar HG‘H da operatsiyalar amalga oshirilganligini tasdiqlovchi, birlamchi to‘lov hujjatlarining asl va ko‘chirma nusxalari ilovalari bilan, shuningdek naqd pul mablag‘larini berish uchun 23212 “Moliya vazirligi G‘aznachiligi mablag‘lari” va 23214 “G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari mablag‘lari” hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar ularga ilovalar bilan, tegishli banklar tomonidan HG‘H da va 23212 “Moliya vazirligi G‘aznachiligi mablag‘lari” va 23214 “G‘aznachilikning



1 Davlat budjeti g‘azna ijrosi Qoidalari. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2007-sonli buyrug’i. 2009y 4-avgust.
hududiy bo‘linmalari mablag‘lari” hisobvaraqlarida mablag‘lar harakatining keyingi ish kunida doimiy ravishda g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etiladi.
RG‘H dagi mablag‘lar taqsimlovchisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi hisoblanadi.
Respublika budjetidan moliyalashtirishni amalga oshirish uchun ajratilgan budjet mablag‘larining bosh taqsimlovchisi hisoblangan budjetdan mablag‘ oluvchilar, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tarmoq boshqarmalariga budjetning g‘azna ijrosi bilan qamrab olingan har bir budjetdan mablag‘ oluvchi bo‘yicha sertifikat summasining yoyilmasini ilova qilgan holda shuningdek, budjetning g‘azna ijrosi bilan qamrab olinmagan, quyi turuvchi budjetdan mablag‘ oluvchilarga mablag‘larni o‘tkazish uchun byudjet mablag‘lari bosh taqsimlovchilarining budjet depozit hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan qismi bo‘yicha mablag‘larni RG‘H ga o‘tkazish uchun rasmiylashtirilgan tayinlash sertifikatlarini taqdim etadilar.
Tarmoq boshqarmalari budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan taqdim
qilingan tayinlash sertifikatlarini o‘rnatilgan tartibda tekshirganlaridan so‘ng, ularni ijro uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat budjeti Bosh boshqarmasiga taqdim etadi (keyingi o‘rinlarda – DBBB). DBBB budjetdan mablag‘ oluvchilarning tayinlash sertifikatlari asosida respublika budjetining asosiy hisobvarag‘idan RG‘H ga mablag‘ o‘tkazish uchun to‘lov topshiriqnomalarini o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiradi va ularni HKKM ga ijro uchun taqdim qiladi.
23402 (005) hisobvarag‘idan respublika g‘azna hisobvarag‘iga mablag‘lar o‘tganligini tasdiqlovchi HKKM dan shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirmalar olinganidan so‘ng, DBBB ijro etilgan tayinlash sertifikatlarining birinchi nusxalarini O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligiga taqdim etadi.
Budjetdan mablag‘ oluvchilar (moliyalashtirish saqlangan sharoitda – RG‘Hda moliyalashtirilgan mablag‘lar mavjud bo‘lganda) O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligiga RG‘Hdan mablag‘larni mahsulot yetkazib beruvchilarning bevosita bank hisobvaraqlariga yoki qonunchilikda nazarda tutilgan maqsadlarga o‘tkazish uchun to‘lov topshiriqnomalarni qoidaga ko‘ra, mablag‘larni o‘tkazish sanasidan bir kun oldin taqdim etadi.
Respublika budjeti qaramog‘ida bo‘lgan budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan tashqari mablag‘lari (ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni saqlash uchun to‘lovlari, ota-onalarning musiqa va san’at maktablarida bolalarni o‘qitish uchun to‘lovlari, maktabgacha ta’lim muassasalari ishchilaridan ovqatlanish uchun tushgan tushumlar, shuningdek ijtimoiy ta’minot organlaridan budjet tashkiloti xodimlariga pensiya va ijtimoiy nafaqa to‘lash uchun tushgan mablag‘lar) o‘rnatilgan tartibda RG‘H ga kirim qilinadi.
Joriy yilda budjetdan mablag‘ oluvchilarning joriy moliya yili uchun kelib tushgan debitorlik qarzlari summasi kassa xarajatlarini tiklash orqali RG‘H ga kirim qilinadi (budjetdan mablag‘ oluvchilarning shartnomalar tuzmasdan amalga oshiriladigan to‘lovlari bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlar).
Budjetdan mablag‘ oluvchilarning o‘tgan yilgi debitorlik qarzlarining joriy moliya yilida qaytarilgan summalari, shuningdek tovar-moddiy boyliklarni, asosiy vositalarni sotishdan va inventarizatsiya (tekshirish) natijalari bo‘yicha kelib tushgan summalar RG‘Hga kirim qilinadi va keyinchalik ushbu summalar budjetdan mablag‘ oluvchilar joylashgan hududning shartli hisobvaraq raqami (ShHR) bilan ochilgan, 23402 (005) “Respublika budjeti mablag‘lari” daromadlar tranzit hisobvaraqlari orqali respublika budjetining daromadlariga o‘tkazilishi bilan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda hisobga olinadi.
RG‘H shaxsiy hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar RG‘H da operatsiyalar amalga oshirilganligini tasdiqlovchi, birlamchi to‘lov hujjatlarining asl va ko‘chirma nusxalari ilovalari bilan, shuningdek naqd pul mablag‘larini berish uchun 23212 “Moliya vazirligi G‘aznachiligi mablag‘lari” va 23214 “G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari mablag‘lari” hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar ularga ilovalar bilan, tegishli ravishda, HKKM va tegishli xizmat
ko‘rsatuvchi banklar tomonidan RG‘H da va 23212 “Moliya vazirligi G‘aznachiligi mablag‘lari” va 23214 “G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari mablag‘lari” hisobvaraqlarida mablag‘lar harakatining keyingi ish kunida doimiy ravishda g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etiladi. Respublika budjeti qaramog‘ida bo‘lgan budjetdan mablag‘ oluvchilarni g‘azna ijrosi bilan to‘liq qamrab olingandan so‘ng, ularning xarajatlarini respublika budjetining asosiy hisobvarag‘idan RG‘H ga moliyalashtirish to‘xtatiladi va asosiy respublika budjeti hisobvarag‘i RG‘H bilan birlashtiriladi.
Respublika budjetining asosiy hisobvarag‘i RG‘H bilan birlashtirilgandan so‘ng, respublika budjeti daromadlari 23402 (005) “Respublika budjetining mablag‘lari” hududiy daromad tranzit hisobvaraqlaridan mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri RG‘H ga kirim qilinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar qaramog‘ida bo‘lgan budjetdan mablag‘ oluvchilarning pul mablag‘larini kirim qilish va o‘tkazish bo‘yicha operatsiyalar hududiy g‘azna hisobvaraqlari (keyingi o‘rinlarda – HG‘H) orqali amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar qaramog‘ida bo‘lgan budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan tashqari mablag‘lari (ota- onalarning maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni saqlash uchun to‘lovlari, ota-onalarning musiqa va san’at maktablarida bolalarni o‘qitish uchun to‘lovlari, maktabgacha ta’lim muassasalari ishchilaridan ovqatlanish uchun tushgan tushumlar, shuningdek ijtimoiy ta’minot organlaridan budjet tashkiloti xodimlariga pensiya va ijtimoiy nafaqa to‘lash uchun tushgan mablag‘lar) o‘rnatilgan tartibda HG‘H ga kirim qilinadi.
Budjetdan mablag‘ oluvchilarning o‘tgan yilgi debitorlik qarzlarining joriy moliya yilida qaytarilgan summalari, shuningdek tovar-moddiy boyliklarni, asosiy vositalarni sotishdan va inventarizatsiya (tekshirish) natijalari bo‘yicha kelib tushgan summalar HG‘Hga kirim qilinadi va keyinchalik ushbu summalar budjetdan mablag‘ oluvchilar joylashgan hududning shartli hisobvaraq raqami (ShHR) bilan ochilgan 23402 (005) “Respublika budjeti mablag‘lari”
daromadlar tranzit hisobvaraqlari orqali tegishli budjetlarning daromadlariga
o‘tkazilishi bilan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda hisobga olinadi1.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish