G’aznachilikning bosh kitobi. G’aznachilikning bosh kitobi – byudjet ijrosi g’aznachilik usulining asosiy elementlaridan biridir. G’aznachilikning Bosh kitobi bilan hukumat resurslarining hisob-kitobi yuritiladi va moliya tizimining axborot tizimi faoliyat ko’rsatadi. G’aznachilikning Bosh kitobi byudjet operatsiyalari buxgalteriya hisobini yuritishning kompyuterlashtirilgan tizimidir. G’aznachilikning Bosh kitobida davlat muassasalari bilan bo’ladigan barcha moliyaviy operatsiyalar o’z ifodasini topadi. G’aznachilikning Bosh kitobi G’aznachilikning yagona hisobraqami va subschyotlari bilan bo’ladigan operatsiyalardagi barcha buxgalteriya provodkalarini aks ettiradi. G’aznachilikning Bosh kitobi ham respublika byudjetidan, ham mahalliy byudjetlardan moliyalashtirish hisob-kitobining o’z vaqtida yuritilishini ta’minlaydi. G’aznachilikning Bosh kitobi o’z ichiga juda ko’p byudjet birliklarini birlashtiradi. G’aznachilikning Bosh kitobida byudjetning barcha daromadlari va xarajatlari ko’rinadi.
G’aznachilik organlari. G’aznachilik yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan, Moliya Vazirligiga bo’ysunadigan davlat organi hisoblanadi. G’aznachilikning Qorag’alpog’iston Respublikasi G’aznachilik Boshqarmasi, Toshkent shahar va viloyatlar Boshqarmasi, shahar va tumanlarda G’aznachilik bo’limlari kabi hududiy organlari faoliyat qiladi.G’aznachilikka O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o’rinbosari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlangan Davlat G’aznachisi rahbarlik qiladi. G’aznachilikning hududiy organlari huquqiy shaxs maqomiga ega emas. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining buyrug’iga muvofiq G’aznachilikning hududiy organlari
1 Davlat budjeti g‘azna ijrosi Qoidalari. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2007-sonli buyrug’i. 2009 y 4-avgust.
tuziladi va tugatiladi. G’aznachilik organlarining xarajatlarini moliyalashtirish respublika byudjetidan amalga oshiriladi.
G’aznachilik bo’linmalari — O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’yicha G’aznachilik boshqarmalari, tumanlar va shaharlar bo’yicha G’aznachilik bo’linmalari.
G’aznachilikning axborot tizimi. G’aznachilikka yagona axborot tizimi xizmat qiladi. Hozirgi kunda G’aznachilikning yagona axborot tizimi yaratilgan bo’lib, “Davlat mablag’larini boshqarishning axborot tizimi” (DMBAT) deb ataladi. Byudjet operatsiyalari bo’yicha kodlashtirilgan va tasniflangan ma’lumotlar DMBAT ga avtomatik ravishda yuklanadi, bu esa daromadlarni tasniflar, xududiy belgilari, byudjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar bo’yicha aniqlash imkonini beradi. Daromadlar avtomatik ravishda tegishli byudjetlarga belgilangan normativlar asosida o’tkaziladi. Daromadlarning yillik va oylik prognoz qilish bilan bog’liq tadbirlar o’zgarishsiz qolsada, tushumlarni o’tkazish endilikda banklar tomonidan emas, DMBAT tomonidan o’tkaziladi.
G’aznachilikda davlat byudjeti mablag’larini boshqarish shundan iborat bo’ladiki, G’aznachilik yagona g’azna hisobraqamidan va G’aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridagi davlat byudjeti mablag’larini, davlat byudjetining xarajatlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun yo’naltirish, shuningdek, davlat byudjeti bo’sh mablag’larini bank depozitlari va boshqa aktivlarini vaqtincha joylashtirish hamda ular hisobidan respublika byudjetiga, Qorag’alpog’iston Respublikasi byudjetiga, mahalliy byudjetga, shuningdek, davlat maqsadli jamg’armalariga byudjet ssudalari berish yo’li bilan boshqarib boradi. G’aznachilik tomonidan dotatsiyalar va ssudalarni o’tkazish yagona g’azna hisobraqamidan yoki G’aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridan davlat byudjetida mablag’lar ajratish nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobraqamlariga o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |