Bog'liq Davlat g\'azna haqida bitiruv malakaviy ishi
rivojlantirishchora-tadbirlarito‘g‘risida”giQarorida quyidagilar keltirilgan:
Davlat budjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish hisobiga budjet tizimini yanada isloh qilish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha darajalardagi budjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Moliya vazirligi Davlat budjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish va uslubiyoti boshqarmasi hamda mahalliy moliya organlarining g‘aznachilik bo‘linmalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligini va uning hududiy bo‘linmalarini moliya organlari bo‘yicha belgilangan boshqaruv xodimlari soni doirasida tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi.
G‘aznachilik zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatildi:
Davlat budjetinining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan daromadlarni budjetlar o‘rtasida taqsimlash, budjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish;
Davlat budjeti mablag‘larini yagona g‘aznachilik hisobraqami, shuningdek, tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan hududiy g‘aznachilik hisobraqam larini joriy etish orqali boshqarish;
budjet tashkilotlarining tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalarini, shuningdek Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish bo‘yicha buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga qat’iy muvofiq ravishda tuzilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etish orqali budjet tashkilotlarining maqsadga nomuvofiq, asossiz xarajatlarining oldini olish;
tuzilmalarini moliyalashga yo‘naltiriladigan budjet mablag‘laridan foydalanishni
maqbullashtirish ustidan monitoringni amalga oshirish, bunda ular tomonidan
tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini nazarda tutish hamda vositachilik xizmatlaridan voz kechish;
xarajatlar smetasi va ro‘yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qat’iy summalar doirasida tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilarning bevosita hisob raqamlariga budjet mablag‘lari oluvchilar nomidan va ularning topshirig‘i bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga so‘zsiz rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;
Davlat budjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, Davlatbudjeti ijrosi haqida axborot yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga
xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish.
Belgilab qo‘yilsinki, budjet tashkilotlarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari, shuningdek buyurtmachilarning Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga kapital qurilishga oid shartnomalari majburiy tartibda G‘aznachilikda ro‘yxatga olinishi shart; budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjet mablag‘lari hisobiga tuziladigan shartnomalarida, qoidaga ko‘ra, 15 foiz miqdorida oldindan haq to‘lash nazarda tutiladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda belgilangan tartibda respublikaning barcha shahar va tumanlarini qamrab olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimining ma’lumotlar tarmog‘ini tashkil etish uchun yer usti raqamli aloqa kanallarini berish choralarini ko‘rsin.
O‘zbekistonRespublikasi“MoliyavazirliginingG‘aznachiligi”to‘g‘risidagiNizomO‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi. Unga ko‘ra quyidagilar belgilab berilgan:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi o‘zining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda Davlat budjetining g‘azna ijrosini amalga oshiradigan maxsus vakolatli moliya organi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi tizimiga bevosita unga bo‘ysunadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri G‘aznachilik boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) G‘aznachilik bo‘linmalari kiradi.
G‘aznachilik quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va tijorat banklarida
Budjetdan mablag‘ oluvchilardan Davlat budjetini ijro etish jarayonidagi
daromadlar va xarajatlarning qisqa muddatli prognozini tuzish uchun zarur
bo‘lgan hisobot ma’lumotlarini so‘rab olish;
budjet tashkilotlaridan ular tomonidan G‘aznachilikka ro‘yxatdan o‘tkazishga taqdim etiladigan shartnomalarning sifatini, maqsadga muvofiqligini va narx yechimlarini baholash uchun barcha zarur hujjatlarni belgilangan tartibda talab qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyati topshirig‘iga binoan Davlat budjeti bo‘sh mablag‘larini bank depozitlariga va boshqa aktivlarga vaqtinchalik joylashtirish, shuningdek budjet ssudalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga o‘tkazish;
budjet tashkilotlari va buyurtmachilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetalarida, qurilishlarning adresli va titul ro‘yxatlarida ko‘zda tutilgan mablag‘lar hajmidan oshib ketadigan hajmda budjet mablag‘lari hisobiga haq to‘lanishini nazarda tutuvchi shartnomalarini, shuningdek budjet tashkilotlari va buyurtmachilarning to‘lov jadvalisiz, sifati, maqsadga muvofiqligi va narx yechimlari bo‘yicha belgilangan talablarga javob bermaydigan shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish;
budjetdan mablag‘ oluvchilar va buyurtmachilarning schyot- fakturalarsiz hamda tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish faktini tasdiqlovchi yoki budjetdan mablag‘ oluvchilar zimmasiga budjet mablag‘larini o‘tkazishni yuklovchi boshqa hujjatlarsiz taqdim etilgan kapital qurilish yuzasidan majburiyatlari uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan pul to‘lamaslik;
budjetdan mablag‘ oluvchilar va buyurtmachilarning ularning tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan G‘aznachilikda (uning hududiy bo‘linmalarida) ro‘yxatdan o‘tkazilmagan shartnomalaridan kelib chiqadigan kapital qurilish yuzasidan majburiyatlari to‘lovi bo‘yicha to‘lov hujjatlarini ijro etish uchun qabul qilmaslik;
narxlarining asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun to‘lovni budjet tashkilotlari va buyurtmachilarning shartnomalarida nazarda tutilgan summa doirasida cheklash, shuningdek budjet tashkilotlari va buyurtmachilar shartnomalari predmetiga muvofiq bo‘lmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilgan hollarda to‘lovni to‘xtatib turish;
budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan hisobotlar taqdim etilmagan taqdirda ularning budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan xarajatlari to‘lovini moliya organlari topshirig‘iga binoan to‘xtatib qo‘yish, bu to‘g‘rida tegishli vazirliklar, idoralar, budjetdan mablag‘ oluvchilarni xabardor qilish;
budjet tashkilotlarining G‘aznachilikda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan shartnomalar bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarini hisobga qabul qilmaslik, qonun hujjatlariga muvofiq budjet tashkilotlari tomonidan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzilmasdan moliyaviy majburiyatlar qabul qilinishi mumkin bo‘lgan hollar bundan mustasno;
korxonalar va tashkilotlardan bajarilmagan moliyaviy majburiyatlar bo‘yicha budjetdan mablag‘ oluvchilardan to‘lov muddati o‘tgan qarzlar summasini budjetdan mablag‘ oluvchilarning bajarilmagan moliyaviy
majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar ilova qilingan yozma murojaatlari asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olish.
G‘aznachilik quyidagilarga majbur:
Davlat budjeti xarajatlarini yagona g‘aznachilik hisob raqamidan yoki G‘aznachilikning boshqa bank hisob raqamlaridan belgilangan muddatlarda va tegishli ravishda respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, mahalliy budjetlar, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari qoldiqlari doirasida amalga oshirish;
tashkilotlar tomonidan budjet mablag‘laridan noqonuniy foydalanilishi, budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining sun’iy ko‘paytirilishi, budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan kreditorlik qarzlar summasining asossiz oshirib yuborilishi hollari aniqlangan taqdirda mavjud materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga va uning hududiy bo‘linmalariga berish;
o‘ziga berilgan huquqlardan qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish hamda o‘z faoliyatida yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
G‘aznachilik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.