3. Aqli zaiflik darajasini yoki boshdan kechirgan kasallik tu-
fayli psixik kamchiliklarni aniqlashga qaratilgan psixodiagnos-
tik tadqiqotlar maxsus yoki yordamchi maktabda o‘qish haqida
masala hal bo‘layotganda tibbiy pedagogik hay’at (komissiya)
tomonidan foydalanishi mumkin.
4. Bolalarda paydo bo‘lgan yetarlicha o‘rganilmagan yangi
psixik holatlarni tahlil qilish uchun ilmiy maqsadda psixologok
tadqiqot o‘tkazish. Vazifa bunday qo‘yilganda tadqiqotchini
qi ziqtirgan masala katta guruhlarda o‘tkaziladi. Bu yerda olin-
gan natijalarning statistik ishonchliligi muhim ahamiyat kasb
etadi.
Psixodiagnostika metodlarini tanlash va qo‘llash
Psixologik diagnostikada metodikalarning ishonchliligi
muhim hisoblanadi. Maqsadga muvofiq tanlangan metodika va
testlar psixik faoliyat ko‘rinishlarini to‘liq va har tomonlama
o‘rganish imkonini beradi. Bolalar ustida psixo logik tadqiqot-
lar o‘tkazish tajribasi shundan dalolat beradiki, qo‘llanilayotgan
psixodiagnostika metodikalarini shartli ra
vishda u yoki bu
psixik jarayonlarni o‘rganish metodikalariga ajratish mumkin.
Masalan, bola xotirasi haqida faqat bir metod asosida xulosa
chiqa rish mumkin emas, buning uchun metodikalar majmui-
ni qo‘llash kerak. Shu bilan bir vaqtda, har bir eksperimental
metodikalar o‘zining asosiy yo‘nalishidan tashqari (ya’ni shaxs-
ning ma’lum xususiyatini o‘rganishdan tashqari) psixikaning
boshqa xususiyatlari holati haqida ba’zi ma’lumotlarni bera-
di. Masalan: bolalarga berilgan 10 ta so‘zni qanday yodlashi-
ga qarab, faqat uning xotirasi haqidagina emas, balki ixtiyoriy
diqqati, harakatlarining maqsadga qanday yo‘nalganligi, ular-
ning sabablari haqida ham bilsa bo‘ladi.
Tarbiyachi-tadqiqotchi u yoki bu metodikani tanlaganida,
ko‘rsatmani salgina o‘zgartirganida metodikaning yo‘nalishi
414
o‘zgarib ketishini nazarda tutishi kerak. Topshiriqni baja-
rishga kirishishdan oldinroq bolaga unga bo‘lgan ko‘rsatmani
to‘g‘ri tushunganligiga ishonch hosil qilish kerak. Bajarilayot-
gan topshiriqning muvaffaqiyati ko‘p hollarda shunga bog‘liq
bo‘ladi. Psixologik-pedagogik tadqiqotning sifati ekserimen-
tal qo‘llaniladigan metodikalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Lekin
bog‘cha va maktab yoshidagi bolalarda tadqiqot o‘tkazilganda
ularning tez charchashini hisobga olish zarur.
Tadqiqot o‘tkazish uchun eksperimental metodikalarni tan-
lashda quyidagilarni e’tiborga olish zarur:
a) tadqiqot maqsadi – psixik taraqqiyot darajasini aniq-
lash, uning yoshga, ma’lumotiga mosligi, shaxs xususiyatla-
rini aniq lash;
b) sinaluvchining yoshi va uning hayot tajribasi, uning
ta’lim va tarbiyasi, amalga oshirilayotgan sharoit;
d) bolaning eksperimental tadqiqotga moslashishi, mulo-
qotga kirishishi, verbal aloqa o‘rnatish xususiyatlari.
Tanlangan eksperimental-psixologik metodikalarni bola-
ga darajasining o‘sib borishini hisobga olgan holda berish
kerak. Tajriba jarayonida tadqiqotchi bola nimadan qiy-
nalayotganli
gini aniqlaydi va unga yordamlashadi. Turli
yosh davridagi bolalar guruhini tekshirishda psixodiagnos-
tika metodikalari o‘z xususiyatlariga ega. Masalan: chaqa-
loqlik davridagi bolalarni tekshirishda sensamotor harakatlar-
ni o‘rganishga mo‘ljallangan metodlar qo‘llaniladi. 3 yoshdan
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tekshirishda sodda harakat-
larni yoki og‘zaki qo‘llanmalarni bajarishga qaratilgan top-
shiriqlar beriladi: qalam, qog‘oz, plastilin va boshqa o‘quv
vosita lari qo‘llaniladigan topshiriqlar bola katta bo‘lgan sayin
qiyinlashtirib boriladi. Masalan, 1–2 yoshli bolalar sensamo-
tor sohasini tekshirishda an’anaviy metodlardan foydalanib
u yoki bu harakat malakalarining qanday shakllanganligi-
ga, ular ma’lum yosh davrida o‘rtacha ko‘r satkichga qancha-
lik mosligiga e’tibor beriladi. Ko‘pincha bu tadqiqotlar bola-
lar motor harakati rivojla
nishida kechikishning mavjudligi
keyinchalik bolaning barcha psixik taraqqiyotida kechi kish
sodir bo‘lishining obyektiv zamini sifa tida qa ralishi kerak.
415
Shu bilan birga, erta yurgan bola o‘z tengdoshlarini bar-
cha tomondan qoldirib ketadi, deb faraz qilish ham xato-
dir. Bola xa yotining birinchi ikki yilidagi umumiy jismoniy
taraqqiyot bolaning keyingi aqliy taraqqiyotini belgilamaydi
(R.N. Myussen, 1987).
Bolaning sensamotor sohada rivojlanish darajasi haqida
uning atrofidagi turli predmetlar, jumladan, o‘yinchoqlar bilan
harakat qilish xususiyatlari darak berib turadi. O‘yinchoqdan
diagnostik qurol sifatida foydalanish uning tevarak-atrofidagi
hodisalarni bilishga intilishi va faollik darajasi hamda pred-
metlardan foydalanishda amaliy ko‘nikmalarning mavjudli-
gini aniq lab beradi.
Kattaroq bolalarni tekshirishda konkret psixologik meto-
dikalardan foydalanish mumkin. Chunki, xuddi shu davrdan
boshlab so‘zli topshiriqlarni bajarish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlarni
tushuna boshlaydi, unda zarur shaxsiy sifatlar shakllangan
bo‘ladi, bilishga qiziqish rivojlangan bo‘ladi, u kattalar bilan
birga eksperimental psixologik tadqiqotlarda nisbatan uzoqroq
ishtirok etish holatida bo‘ladi.
Quyida metodikalardan namunalar keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |