Maktabgacha yoshdagi


  Aqli zaiflik darajasini yoki boshdan kechirgan kasallik tu-



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

3.  Aqli zaiflik darajasini yoki boshdan kechirgan kasallik tu-

fayli psixik kamchiliklarni aniqlashga qaratilgan psixodiagnos-

tik tadqiqotlar maxsus yoki yordamchi maktabda o‘qish haqida 

masala hal bo‘layotganda tibbiy pedagogik hay’at (komissiya) 

tomonidan foydalanishi mumkin.



4. Bolalarda paydo bo‘lgan yetarlicha o‘rganilmagan yangi 

psixik holatlarni tahlil qilish uchun ilmiy maqsadda psixologok 

tadqiqot o‘tkazish. Vazifa bunday qo‘yilganda tadqiqotchini 

qi ziqtirgan masala katta guruhlarda o‘tkaziladi. Bu yerda olin-

gan natijalarning statistik ishonchliligi muhim ahamiyat kasb 

etadi.

Psixodiagnostika metodlarini tanlash va qo‘llash

Psixologik diagnostikada metodikalarning ishonchliligi 

muhim hisoblanadi. Maqsadga muvofiq tanlangan metodika va 

testlar psixik faoliyat ko‘rinishlarini to‘liq va har tomonlama 

o‘rganish imkonini beradi. Bolalar ustida psixo logik tadqiqot-

lar o‘tkazish tajribasi shundan dalolat beradiki, qo‘llanilayotgan 

psixodiagnostika metodikalarini shartli ra 

vishda u yoki bu 

psixik jarayonlarni o‘rganish metodikalariga ajratish mumkin. 

Masalan, bola xotirasi haqida faqat bir metod asosida xulosa 

chiqa rish mumkin emas, buning uchun metodikalar majmui-

ni qo‘llash kerak. Shu bilan bir vaqtda, har bir eksperimental 

metodikalar o‘zining asosiy yo‘nalishidan tashqari (ya’ni shaxs-

ning ma’lum xususiyatini o‘rganishdan tashqari) psixikaning 

boshqa xususiyatlari holati haqida ba’zi ma’lumotlarni bera-

di. Masalan: bolalarga berilgan 10 ta so‘zni qanday yodlashi-

ga qarab, faqat uning xotirasi haqidagina emas, balki ixtiyoriy 

diqqati, harakatlarining maqsadga qanday yo‘nalganligi, ular-

ning sabablari haqida ham bilsa bo‘ladi.

Tarbiyachi-tadqiqotchi u yoki bu metodikani tanlaganida, 

ko‘rsatmani salgina o‘zgartirganida metodikaning yo‘nalishi 



414

o‘zgarib ketishini nazarda tutishi kerak. Topshiriqni baja-

rishga kirishishdan oldinroq bolaga unga bo‘lgan ko‘rsatmani 

to‘g‘ri tushunganligiga ishonch hosil qilish kerak. Bajarilayot-

gan topshiriqning muvaffaqiyati ko‘p hollarda shunga bog‘liq 

bo‘ladi. Psixologik-pedagogik tadqiqotning sifati ekserimen-

tal qo‘llaniladigan metodikalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Lekin 

bog‘cha va maktab yoshidagi bolalarda tadqiqot o‘tkazilganda 

ularning tez charchashini hisobga olish zarur. 

Tadqiqot o‘tkazish uchun eksperimental metodikalarni tan-

lashda quyidagilarni e’tiborga olish zarur:

a)  tadqiqot maqsadi – psixik taraqqiyot darajasini aniq-

lash, uning yoshga, ma’lumotiga mosligi, shaxs xususiyatla-

rini  aniq lash;

b)  sinaluvchining yoshi va uning hayot tajribasi, uning 

ta’lim va tarbiyasi, amalga oshirilayotgan sharoit;

d)  bolaning eksperimental tadqiqotga moslashishi, mulo-

qotga kirishishi, verbal aloqa o‘rnatish xususiyatlari.

Tanlangan eksperimental-psixologik metodikalarni bola-

ga darajasining o‘sib borishini hisobga olgan holda berish  

kerak. Tajriba jarayonida tadqiqotchi bola nimadan qiy-

nalayotganli 

gini aniqlaydi va unga yordamlashadi. Turli 

yosh davridagi bolalar guruhini tekshirishda psixodiagnos-

tika metodikalari o‘z xususiyatlariga ega. Masalan: chaqa-

loqlik davridagi bolalarni tekshirishda sensamotor harakatlar-

ni o‘rganishga mo‘ljallangan metodlar qo‘llaniladi. 3 yoshdan  

6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tekshirishda sodda harakat-

larni yoki og‘zaki qo‘llanmalarni bajarishga qaratilgan top-

shiriqlar beriladi: qalam, qog‘oz, plastilin va boshqa o‘quv 

vosita lari qo‘llaniladigan topshiriqlar bola katta bo‘lgan sayin 

qiyinlashtirib boriladi. Masalan, 1–2 yoshli bolalar sensamo-

tor sohasini tekshirishda an’anaviy metodlardan foydalanib 

u yoki bu harakat malakalarining qanday shakllanganligi-

ga, ular ma’lum yosh davrida o‘rtacha ko‘r satkichga qancha-

lik mosligiga e’tibor beriladi. Ko‘pincha bu tadqiqotlar bola-

lar motor harakati rivojla 

nishida kechikishning mavjudligi 

keyinchalik bolaning barcha psixik taraqqiyotida kechi kish 

sodir bo‘lishining obyektiv zamini sifa tida qa ralishi kerak. 




415

Shu bilan birga, erta yurgan bola o‘z tengdoshlarini bar-

cha tomondan qoldirib ketadi, deb faraz qilish ham xato-

dir. Bola xa yotining birinchi ikki yilidagi umumiy jismoniy 

taraqqiyot bolaning keyingi aqliy taraqqiyotini belgilamaydi 

(R.N.   Myussen,  1987).

Bolaning sensamotor sohada rivojlanish darajasi haqida 

 

uning atrofidagi turli predmetlar, jumladan, o‘yinchoqlar bilan 



harakat qilish xususiyatlari darak berib turadi. O‘yinchoqdan 

diagnostik qurol sifatida foydalanish uning tevarak-atrofidagi 

hodisalarni bilishga intilishi va faollik darajasi hamda pred-

metlardan foydalanishda amaliy ko‘nikmalarning mavjudli-

gini aniq lab beradi.

Kattaroq bolalarni tekshirishda konkret psixologik meto-

dikalardan foydalanish mumkin. Chunki, xuddi shu davrdan 

boshlab so‘zli topshiriqlarni bajarish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlarni 

tushuna boshlaydi, unda zarur shaxsiy sifatlar shakllangan 

bo‘ladi, bilishga qiziqish rivojlangan bo‘ladi, u kattalar bilan 

birga eksperimental psixologik tadqiqotlarda nisbatan uzoqroq 

ishtirok etish holatida bo‘ladi.

Quyida metodikalardan namunalar keltiramiz.


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish