Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

mashg‘ulot lari  ularning kuzatuvchanligi va tafakkurining rivoj-

lanishida alohida ahamiyatga egadir. Qurish-yasash o‘yinlari 

hamisha ma’lum maqsadga qaratilgan o‘yinlar bo‘lib, bola-

lardan murakkab o‘quv, malaka va bilimlarni talab qiladi. 

Qurish-yasash o‘yinlarida bolalar turli narsalarning detallari 

(ya’ni ayrim qismlari) faqat tashqi tomondangina emas, bal-

ki ichki tomondan ham o‘zaro uzviy bog‘liqligini bilib oladilar.

Odatda biron narsani qurish-yasashga kirishishdan, ya’ni 

kons truksiyalashdan oldin uni sinchiklab qarab chiqiladi va 

diqqat bilan idrok qilinadi. Undan so‘ng kerakli qismlarni 

to‘plab ishga kirishadilar. Qurish-yasash o‘yini rasm chizish 

yoki applikatsiyaga nisbatan bolalardan butunlay boshqa mala-

ka va o‘quvlarni talab qiladi. Shuning uchun qurish-yasash ish-

lari bilan bolalar juda qiziqsalar ham ilk yoshdagi bolalar bu 

ishning uddasidan chiqa olmaydilar. Ularga ayrim malakalar, 

epchillik, tajriba ye tishmaydi. Bu yoshdagi bolalar yog‘och va 




318

taxtachalarni ustma-ust qo‘yib, ko‘prikka o‘xshagan narsalar 

yasashdan nariga o‘ta olmaydilar. Kattaroq yoshdagi bolalar 

esa rasmga (andazaga) qarab turli narsalar yasashni uddasidan 

chiqa oladilar. Odatda qurish-yasash faoliyatining quyidagi 

turlari farqlanadi: 

Qurish-yasash ishlari.

a)  andazaga qarab qurish-yasash; 

b)  ma’lum shartlar yoki ko‘rsatmalar asosida qurish-

yasash; 


d)  tasavvurlar asosida qurish-yasash.

Qurish-yasash ishlari bilan bolalar yolg‘iz o‘zlari va jamoa 

bo‘lib shug‘ullanishlari mumkin. Har ikki holda ham qurish-

yasash faoliyati bolalarning idrokini, diqqati, kuzatuvchanligi-

ni, xotirasini hamda tafakkur qilish jarayonlarini rivojlantirish-

ga yordam beradi. Tarbi yachilar qurish-yasash o‘yinlarini tashkil 

qilishda bolalarga ko‘rsatma va yo‘llanma berishi kerak. Katta-

lar bolalarning ishini baholashi, boshqa bolalarni ish jara yoni 

va natijasi bilan qiyoslashi, bolani o‘z harakatlarini to‘g‘ri na-

zorat qilishiga va o‘z bilim va imkoniyatlarini baholashiga 

sabab bo‘ladi. Bajarilgan o‘quv topshirig‘iga nisbatan bolalar-

da o‘zini nazorat qilish va baholash ko‘nikmalari yuzaga kela-

di. Ko‘p hollarda maktab yoshiga yaqinlashgan bolalar o‘zlari is-

tamagan holda, oson tuyilgan topshiriqlarni bajaradilar, va bola  




319

nuqtayi nazaridan qaraganda, erishilgan bilim va qobiliyat daraja-

siga mos keladigan natijalarga intiladilar.

«Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari»da bolaning 

rivojlanishi va bilim egallashiga oid nazariy tamoyillar 

Bolaga yo‘naltirilgan amaliyot

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 

«Maktab gacha ta’limni rivojlantirish» loyihasida (Maktabgacha 

muassasa lar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish 

Rеspublika o‘quv-mеtodika Markazi tomonidan 2012 yili ishlab 

chiqilgan) maktabgacha yoshdagi bolaning rivoj lanishi va bilim 

olishiga oid quyidagi nazariy tamoyillar, bolaga yo‘naltirilgan 

amaliyotda (BYA) juda muhim sanaladi. Mazkur tamoyil-

lar J.Piajе, L.S.Vigotskiy, Erikson va boshqalarning ilmiy qa-

rashlariga asoslangan.

Tamoyil

Amaliyot


Bolalarning jismoniy 

holati va ruhiy ehtiyoji 

inobatga olingan bo‘lsa 

va bolalar o‘zlarini 

xavf siz his qilsalar, 

yaxshi bilim oladilar.

BYA bolalarning biologik ehtiyojini inobatga ola-

di. Masalan, bolalarni uzoq vaqt davomida yo-

zuv, chizuv 

ga yoki kattalarning ma’ruzasini ting-

lashga maj 

bur qilinmasligi kеrak. BYA bolalarni 

faol o‘yinlar va dam oladigan sokin mashg‘ulotlarda 

bilim beradi. Hamma bola bir xil qabul qilgandagina 

muhitni xavf siz dеb atasak bo‘ladi.

Bolalar bilimni yara-

tishadi.

Bilim – shaxs hamda jismoniy va ijtimoiy muhitning 

o‘zaro aloqaga kirishi bilan yaratiladi. Bola esa bilim-

ni faol tajribalar o‘tkazish orqali kashf qiladi. Tajri-

baga yo‘naltirilgan «mazkur xatolar» bolaning aqliy 

rivojlanishida juda muhim hisoblanadi. Bolalar aql-

ni ishga solib o‘zining shaxsiy faraz va jismoniy turt-

kilarini yaratadi, atrofni kuzatib, so 

lishtirib, savol-

lar bеrib va javoblar kashf qiladi va yangi ma’lumotni 

qabul qilish uchun aqliy farazni moslashtiradi. 



320

Bolalar kattalar va 

tengdoshlari bi-

lan ijtimoiy mulo-

qotga kirishib ham 

o‘rganadilar.

Eng asosiy namuna bu – bola va ota-ona munosaba-

ti. Tarbiyachi bolaga ota-onasi va tеngdoshlari bilan 

munosabatning yaxshi rivojlanishiga turtki bеradi va 

kеyinchalik mustaqil bo‘lishini ta’minlaydi. Bolani 

qo‘llab-quvvatlash, yo‘naltirish va bilim olish ham-

da rivojlanishiga chorlash tarbiyachining asosiy 

vazifalaridan hisoblanadi.

Bolalar o‘yin orqali 

bilim oladilar.

O‘yin bolaga kashf qilish, tajriba o‘tkazish va mo-

tivatsiya kabi imkoniyatlarni bеradi. O‘yin bolaga 

bilim olishga, o‘rganishga yordam bеradi. O‘yin da-

vomida bolalar o‘zlarining bilimlarini insonlar va 

atrof-muhitdan oladigan tasavvur orqali boyitadi-

lar. Aynan o‘yinlar orqali bolalar o‘z ijodkorligi va 

tasavvurini kеngaytiradilar. Boshlang‘ich guruhlar-

da o‘yin bolaga mustaqil bo‘lish va hamkorlik qi-

lish ko‘nikmalarini o‘rgatadi. Bu esa bolani ijtimoiy, 

hissiy va aqliy (intеllеktual) rivojlantiradi. 

Bolalarning qiziqishlari 

va «bilishga ehtiyoj-

lari» o‘rganishga  turtki 

bеradi.

Bolalar o‘zlarining tajribalarini bilishlari kеrak. Gu-

ruh xonalarida tarbiyachi bolaning o‘rganishga qizi-

qishini oshiradigan yo‘llarni topib, bolalarga muam-

molarni birga hal qilishga yordam bеradi. Bolalarning 

ehtiyojiga javob bеradigan mashg‘ulotlar bilan bola-

ning qiziquvchanligi, e’tibori va o‘zini boshqara oli-

shi ortadi.

Insonning rivojlanishi 

va o‘rganishi  

uning shaxs xususiyat-

lari turli xil ekanligi 

bilan ta’riflanadi.

Shaxs xususiyatlari turli ekanliklari oddiy hayot ha-

qiqatidir. Har bir shaxsning o‘ziga xos rivojlanish ja-

rayoni mavjud. Oilaviy va madaniy muhit ham tur-

licha bo‘ladi.


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish