Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Nazorat savollari:

1.  Kichik va o‘rta bog‘cha yoshi davridagi o‘yin faoliyatin-

ing xususiyatlari.

2. O‘yin faoliyati davomida bolalarda qanday psixik jara-

yonlar rivojlanadi?

3. Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik taraqqi-

yotida turli o‘yin faoliyatlari, mazmunli va rollarga bo‘linib 

o‘ynaladigan o‘yinlarning ahamiyatini aytib bering.

4.  Bolaning psixik rivojlanishida o‘yinchoqlar qanday ta’sir 

ko‘rsatadi?

5. Turli yosh guruh bolalariga qanday o‘yinchoqlar berish 

ke rak? Nima uchun?



7.3.  Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’limiy mashg‘ulotlari 

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berish shakllari 

natijalarga erishish emas, balki bilim, mahorat va ko‘nikmalar 

hosil qilish o‘quv faoliyatining maqsadidir. Bu maqsad uning 

asosiy xususiyatini belgilaydi.

Bola rasm chizish jarayoniga qiziqsa va chiroyli chizishga ha-

rakat qilsa, bunday jarayon o‘yin yoki samarali harakat hisobla-

nadi. Lekin qachonki bola rasm mashg‘uloti vaqtida o‘z oldi-




311

ga ma’lum maqsad qo‘ysa, bu harakatlar ta’lim ko‘rinishiga ega 

bo‘ladi. Masalan, avvalgilardan yaxshiroq rasm chizish, tasvirni 

to‘g‘ri bo‘yash yoki tekis chiziqlar chizish ham shunday harakat 

turlariga kiradi.

Ta’lim olish vaqtida va bolaga oldingi avlod tomonidan 

qoldirilgan tajribani yetkazib berishda bolaning psixik rivojla-

nishi amalga oshsada, bilim va ko‘nikmalarni aksariyat qis-

mini u kattalar bilan muloqotda, ularning talablarini, masla-

hatlarini va ko‘rsatmalarini bajarish davomida o‘zlashtiradi. 

Shuningdek o‘yin faoliyati, rasm chizish, buyumlar yasash va 

turli xil faoliyatlarda vujudga kelgan kundalik muloqot ham 

bolaning bilim va ko‘nikmalarini kengaytirib boradi. Katta-

larning bola bilan bo‘lgan har xil uslubdagi muloqot negizida 

ta’lim yotadi.

Ammo u bolaning rivojlanishiga qarab sistematik xarak-

terga ega bo‘ladi. Bolalar ijtimoiy maktabgacha tarbi-

ya sharoitida muay 

yan dasturlar asosida o‘tkaziladigan 

mashg‘ulotlarda ta’lim oladilar. O‘yin usullari va samara-

li topshiriqlardan foydalanish bunday hollarda muhim 

o‘rin egallaydi. Shu bilan birga mashg‘ulotlar vaqti-

da bolalarga tanish bo‘lgan talablar qo‘yiladi: to‘liq va sifat-

li bilim va ko‘nikmalar hosil qilish, tarbiyachini tinglash va  

uning ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajarish. Mashg‘ulotlar orqa-

li bilim be rish o‘quv faoliyatini boshlang‘ich qoidalarini egal-

lashda muhim ahamiyatga ega. O‘quv faoliyatini boshlang‘ich 

qoidasi bilim olish 

ga bo‘lgan qiziqishni shakllanishini va 

o‘rganish qobi liyatini o‘zlashtirishni o‘z ichiga oladi. 

Atrof-muhit haqida yetkazilagan xilma-xil ma’lumotlar bola-

da qiziquvchanlik paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Kattalar to-

monidan gapirib berilgan va ko‘rsatilgan narsalar yoki bolaning 

o‘z ko‘zi bilan ko‘rganlari ham unda yangiliklarga bo‘lgan qizi-

qishni uyg‘otishi mumkin. Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar-

da qiziquvchanlik ning o‘sishi, aksariyat hollarda ular tomondan 

beri layotgan savollar soni va ular turini o‘zgarishida namoyon 

bo‘ladi. Uch-to‘rt yoshli bolalar savollari yangi bilim olishga, 

tushunarsiz narsalarni aniq lashtirishga qaratilgan bo‘lsa, mak-

tab yoshiga yaqinlashgan bolalar savollarini aksariyat qismi-




312

ni shunday savollar tashkil qiladigan bo‘ladi. Turli xil hodi-

sa sabablariga, ular orasidagi bog‘liqlikka qi ziqadilar. «Nimaga 

yomg‘ir yog‘yapti?»; «Nima uchun o‘simliklarni sug‘orish ke-

rak?»; «Nimaga doktor kasalni urib, eshitib ko‘radi?»; «Yulduz-

lar qayerdan paydo bo‘ladi?»; «Traktorga kichik uyni joylashtirsa 

olib keta oladimi?»; «Agar barcha suvlar dengizga quyilsa, keyin 

ular qayerga g‘oyib bo‘ladi?». Bu olti yoshli bolaning  doim be-

rishi mumkin bo‘lgan sa vollarining kichik ro‘yxatidir.

Shunday bo‘lsada qiziquvchanlik bolani o‘qishga, sistema-

tik tarzda bilim olishga hali tayyorligini ta’minlay olmaydi. 

U yoki bu hodisaga qiziqish bolada tez sodir bo‘ladi va shu-

ningdek tez yo‘qoladi ham, yoki boshqa bir qiziqishga aylana-

di. Yuqorida keltirilgan savollar ro‘yxatidan ko‘rinib turibdiki, 

bolani turli xil voqelik sohalariga oid bo‘lgan hodisalar qiziqti-

radi. Rivoj topgan uslubga ko‘ra esa, hodisalarni aniq turlariga 

va jihatlariga bo‘lgan barqaror qiziqish ta’lim tomonidan talab 

qilinadi. Bunday ho disalar matematika, ona tili, biologiya ka-

bi o‘quv fanlari ning mazmunini tashkil etadi.

Ayrim hollarda maktabgacha yoshdagi bolalarda aniq va 

barqaror qiziqish erta namoyon bo‘ladi va ular bolalarni bilim 

olishda hayratlanarli natijalarga erishishlariga sabab bo‘ladi. 

Izlanishlarga ko‘ra mashg‘ulotlar vaqtida bolalarga alohida, tar-

qoq ma’lumotlar emas, balki aniq tartibdagi bilimlar berilsa, 

barcha bolalarda matemati kaga, tilga, jonli va jonsiz tabiat hodi-

salariga bo‘lgan qi ziqish ke rakli me’yorda shakllanadi. Bu bi-

limlar bolalarga voqelikni barcha sohasiga xos bo‘lgan hodisa-

larni asosiy bog‘liqligini tushuntirib berishi kerak. Matematika 

sohasida bu o‘lchovni o‘lchanuvchiga, qismni butunga, birlikni 

ko‘plikga bo‘lgan bog‘liqligidir. Til sohasida esa so‘z tuzilishini 

uning ma’nosiga bog‘liqligi, jonli tabiat sohasida hayvonlar va 

o‘simliklarning tuzi lish xususiyatlari hamda yashash sharoitiga 

bo‘lgan bog‘liqligidir va h.k..

Bunday obyektiv qonuniyatlarga asoslangan hodisalar bi-

lan ta nishuvdan so‘ng bolalar ularni ayrim hollarda namo-

yon bo‘lishini katta qiziqish bilan kuzatib boradilar. Bolalar 

ko‘z o‘ngida atrof-muhitning notanish qirralari ochiladi va   ular 

ta’limni ajoyib kashfiyotlarga yo‘l ekanligini tushunadilar.




313

O‘qish va doimo yangi bilimlarga ega bo‘lish istagi bolalar-

da barqaror va aniq qiziqish uyg‘otadi. O‘qish qobiliyati avva-

lo o‘quv topshirig‘ini bilim olish uchun bajarilayotgan topshiriq 

sifatida tushunishni, bu topshiriqlarni amaliyotdan, xayotiy 

vaziyatlardan ajrata olishni taqozo etadi. Maktabgacha yosh-

dagi bola ba’zida matematik masalani eshitgach, uni yechish 

yo‘llariga emas, balki masaladagi tavsiflangan vaziyatga qizi-

qish bildiradi. Shu sababli u masalani yechishdan bosh torta-

di: «Oyi si to‘rtta konfet yeb, ikkitasini o‘g‘liga bersa, birgalashib 

nechta konfet yeyishgan bo‘ladi?». Bunday «adolatsiz» tasvirlan-

gan masaladan achchiqlangan bola: «Nimaga Valiga buncha oz 

konfet beradi? Teng bo‘lishishi kerak edi», – degan savolni be-

radi. Boshqa hollarda bola tezroq javob olish ilinjida o‘ziga ta-

nish bo‘lgan taxminiy qo‘shuv va ayiruv amallaridan foydala-

nadi. Ikkala holda ham bilim olishga intilish yo‘qligi ko‘rinadi. 

Masala shartlarida tasvirlangan vaziyat, xayotiy vaziyatni tas-

viri bo‘lganligi uchun muhim emas, balki masalalarni to‘g‘ri 

yechishni o‘rganish uchun oddiy material ekanligini bola tu-

shunishi kerak. Masalani yechish mazmuni uni javobini tez to-

pishda emas, balki shartlardan kelib chiqqan holda, qaysi arif-

metik amalni qo‘llash lozimligini aniqlashda va bu mahoratdan 

keyinchalik ham foydalana olishidadir.

Didaktik o‘yinlar.




314

Kichik va o‘rta maktabgacha yoshdagi bolalar odatda 

berilayot gan bilim va ko‘nikmalar o‘yinda, rasm chizishda yo-

ki boshqa ular ni o‘ziga jalb qiluvchi harakatda qo‘llansagina, 

o‘quv topshiriqlarini darhol qabul qiladilar.

Maktab yoshiga yaqinlashgan bolalarda maxsus tashkil-

lashtirilgan o‘quv sharoitida o‘quv topshiriqlarini o‘zlashtirilgan 

materiallarni amalga oshirish imkoniyati bilan bog‘lamasdan 

qabul qilish qobiliyati paydo bo‘ladi. Bilimni kelajakda «foyda 

keltiradigan» qilib o‘zlashtirish imkoni paydo bo‘ladi.

Kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, didaktik o‘yin (loto, rasmli 

kubiklardan har turli ko‘rinishlar chiqara bilish, son-sanoq, mo-

zaika, shashka, topishmoqlar kabi) maktabgacha yosh davrida 

oddiy o‘quv topshiriq usuliga ko‘ra bilim olishning samaraliroq 

yo‘lidir, didaktik o‘yinlar ko‘pincha turli vazifalar bilan bog‘liq 

bo‘lgan qobiliyatlar va tafakkurlarning rivojlanishiga yordam be-

radi. Bu jihatdan didaktik o‘yinlar katta guruh bolalarini mak-

tabdagi o‘qish faoliyatiga tay yorlash vositalaridan biri dir. Biroq 

shu narsani eslatib o‘tish ke rakki, bolalarning o‘qish faoli yati be-

vosita didaktik o‘yinlardan ke lib chiqmaydi. Ammo kichik va 

o‘rta maktab yoshida didaktik o‘yin asosiy o‘rin egallasa, katta 

bog‘cha yoshi davrida bu farq ancha pasayadi. Bu bolalarni o‘quv 

topshiriqlarini qabul qilish qobiliyati osha 

yotganini bildiruv-

chi ko‘rsatkichdir. Bu bolalarni amallarning bajarilish usullari-

ga e’tibor bera boshlashi, ularni o‘quv topshiriqlari mazmunini 

tushuna boshlaganini bildiradi. Ular ongli ravishda bu usullar-

ni egallashga harakat qiladilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar bi-

ror maqsadga qaratilgan kuzatuvlarni, predmetlarni tasvirlash-

ni, qiyoslashni va ularni guruhlarga bo‘lishni, hikoya va suratlar 

mazmunini bir-biriga bog‘lagan holda gapirib be rishni, arifmetik 

masalalarning hisob va yechim yo‘llarini topishni va hokazolarni 

o‘rganadilar. Masalalarni to‘g‘ri bajarilishi va kattalar tomonidan 

qo‘yilgan talablar amalga oshishi muhim ma’noga ega bo‘ladi. 

Bunday hollarda bolalar kattalarga bajarilgan u yoki bu o‘quv top-

shiriqlari to‘g‘riligini baholashlarini so‘rab tez-tez murojaat qiladi-

lar. Masalan, maktabgacha yoshdagi bolalar masofaviy aloqani  

aniq tasvirlashni o‘rganish jarayonida, bir necha marta tarbiyachi-

ga murojaat qiladilar: «Meni chizayotganim o‘xshayaptimi, ilti-



315

mos, ko‘rib be ring?»; «Burchagi burchagiga to‘g‘ri kelishi kerak, 

bu uchburchak narigisini to‘g‘risida bo‘lishi kerak. To‘g‘rimi?».


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish