Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

(shartli  ref lekslar) tafakkurning fiziologik asosi hisoblanadi. 

Bu shartli ref lekslar real voqelikni aks ettiruvchi ikkinchi sig-

nallar (so‘zlar, fikrlar) ta’sirida maydonga keladi, ammo ular  

albatta birinchi signallar sistemasiga (sezgilar, idrok, tasav-



vurlarga) asoslangan holda maydonga keladi. I.P. Pavlovning 

yozishicha: «Nutq organlaridan bosh miya po‘stiga o‘tuvchi 

maxsus kinestezik qo‘zg‘alishlar, ikkinchi signallardir, signal-

larning signalidir. Ular voqelikdan, mavhumlashishdan iborat 

bo‘lib, umumlashtirishni taqozo qiladi, binoba rin ular biz-

ning ortiqcha maxsus insoniy, yuksak tafakkurimizdir...». Ik-

kinchi signal bog‘lanishlari narsa va hodisalar o‘rtasidagi tur-

licha munosabatlarni aks ettiruvchi ancha murakkab sistema 

bo‘lib, ular shunisi bilan sezgilardan, idrok va xotiradan farq 

qiladi.


Tafakkur jarayonida har ikkala signal sistemasi bir-biri bilan 

chambarchas bog‘lanib ketadi. Ikkinchi signal sistemasi teva-

rak-atrofdagi olamni yaxshiroq bilib olish imkonini beradi, ana 

shu signal sistemasi vositasida «odamning yuksak darajada mos-



lashuvi» ham yuzaga keladi (I.P. Pavlov). Ammo ikkinchi sig-

nal sistemasi birinchisiga tayanadi. Odam uchun muayyan real 

ma’nosini yo‘qotgan, odam ularni qandaydir konkret buyum-

lar va hodisalar bilan bog‘lay olmaydigan so‘zlar voqeylikning 

signallari bo‘la olmay qoladi. Tafakkur har ikkala signal sis-

temasi ishtirok etgan, lekin ikkinchi signal sistemasi yetakchi 

o‘rin egallagan taqdirdagina normal ishlaydi, chunki so‘z o‘z 

mazmuniga ko‘ra juda boy signal bo‘lib, mavhumlik va umum-

lashtirish jarayonlari bilan bog‘lanib ketgan.

Tafakkur nutq bilan bog‘liqdir. Tafakkur tufayi biz fakt va 

ho disalarni faqat bilibgina qolmay, balki ular mavjudligining 

sabab larini ham tushuna olamiz. Tafakkur bizga bo‘lg‘usi vo-

qealarni oldindan ko‘ra olish imkonini beradi: bulutni ko‘rib 

biz yomg‘ir yog‘adi deb hulosa chiqaramiz. Inson tafakkurini 

qanday shaklda rivojlantirilmasin, uni nutqsiz to‘liq rivojlan-

tirib bo‘lmaydi. Har qanday fikr nutq bilan chambarchas bog‘-

liq holda paydo bo‘ladi va rivojlanadi.



146

Agar bilish jarayoni faqatgina sezgilar va idrok orqali hosil 

qiluvchi bilimlar bilan chegaralanib qolgudek bo‘lsa, odam o‘zi 

uchun zarur ma’lumotlarni juda kam miqdorda qo‘lga kiritgan 

bo‘lur edi. Biz o‘tmishda bo‘lib o‘tgan hodisalarni idrok qila 

olmasligimiz tufayli ham tarixda bizga qadar yuz bergan vo-

qea-hodisalarni bila olmagan bo‘lur edik.

Tafakkur turlari

Hayot mobaynida o‘qiganlarimiz, ma’lum shart-sharoit-

larda konkret dalillar va nazariy bilimlar asosida mushohada 

qilgan bilim va g‘oyalarimiz asosida yuritgan fikrlash jarayo-

ni nazariy tafakkurdir. Undan farqli amaliy tafakkur bevosi-

ta hayotda bo‘lgan va harakatlarimiz mobaynida hosil bo‘lgan 

fikrlarimizga asoslanadigan tafakkurimizdir. Ko‘rgazmali 


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish