Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Ma’nosiga tushunib, ya’ni mantiqiy (logik) tarzda esda olib 

qolish samarali va qulay usuldir. Ma’nosiga to‘la tushunib es-

da olib qolingan ma’lumot odamning xotirasida mustahkam joy-

lashib qoladi. Chunki, ma’nosiga tushunib esda olib qolinadi-

gan narsa va hodisalarning umumiy va muhim belgilari, ular 

o‘rtasidagi sababiy hamda natija bog‘lanishlarni anglash demak-

dir. Shuning uchun, ma’nosiga to‘la tushunib esda olib qolin-

gan ma’lumot odamning ongida bor bilimlariga qo‘shilib keta-

di. Og‘zaki ma’lumotlarni ma’nosiga tushunib esda olib qolish 

ayniqsa muhimdir. Ma’nosiga tushunib esda olib qolishning sa-

marali bo‘lishiga sabab shundaki, ma’nosiga tushunib esda olib 

qo lish jarayonida odamning ixtiyoriy diqqati, tafakkuri va iroda-




139

si faol ishtirok qiladi. Faqat takrorlash bilan esda olib qolish me-

xanik esda olib qolish deb ataladi, bunda ko‘pgina hollarda odam 

o‘zlashtirilishi lozim ma’lumotni tushunmagan holda takrorlay-

veradi. Bu yo‘sindagi takrorlash oqibatida o‘quvchi qiyin, noaniq 

ma’lumotni quruq yodlab oladi, xolos. Quruq yodlash yo‘li bi-

lan esda qoldirishda odatda odam ko‘p qiynalishiga to‘g‘ri keladi, 

kishidan ko‘p vaqt sarflash talab etiladi, o‘zlashtirilgan materi-

al tez unutiladi. Bolalarda turmush tajribalarining ozligi va nerv 

sistemalarining nihoyat darajada pastligi, ya’ni juda plastikligi 

tufayli ular so‘zlar bilan bog‘liq har turli ma’lumotlarni mexanik 

tarzda esda olib qolishga intiladilar. Ayrim paytlarda mexanik es-

da qoldirish usulidan ham foydalanishga to‘g‘ri keladi. Chunon-

chi, bir necha marta takrorlash yo‘li bilan biz telefon nomerini 

yoki tanishimizning manzilini, shuningdek chet tili so‘zlarini, 

qiyin terminlarni va shu kabilarni esda olib qolamiz. Lekin bun-

da ham odam esda olib qolmochi bo‘lgan narsani ilgaridan o‘ziga 

tanish narsa bilan bog‘lamog‘i, oqilona o‘zlashtirmog‘i lozimdir, 

zotan ma’nosiga tushunib esda olib qolish mexanik esda olib qo-

lishga qaraganda ancha puxtaroq bo‘ladi.




Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish