137
iboratdir. Esda olib qolish bosh miya po‘stlog‘ida yuzaga keladi-
gan turli murakkablikdagi assotsiatsiyalarga bog‘liqdir. Xotiramiz-
da nimaiki saqlanayotgan bo‘lsa, shularning ko‘pchiligini biz ixti-
yorsiz ravishda esda olib qolganmiz. Masalan: ko‘chada ketayot gan
paytimizda oldimizga aniq maqsad qo‘ymagan bo‘lsak ham juda
ko‘p narsalar ixtiyorsiz tarzda esda saqlanib qoladi. Ko‘pincha
beixtiyor idrok qilingan narsa va hodisalar esda saqlanib qoladi.
Lekin esda saqlanib qoladigan ma’lumotga hissiyot ta’sir qilishi
mumkin. Masalan: bizda bironta hissiyot tug‘diradigan ma’lumot
hissiyotimizga hech bir ta’sir qilmaydigan ma’lumotga qaragan-
da esimizda ham tezroq, ham mustahkamroq o‘rnashib qoladi.
Ammo odamning hayoti va faoliyati undan ixtiyoriy esda
olib qolishni talab etadi. Maktabda fan asoslarini o‘rganish, bi-
ron-bir kasb bo‘yicha ishga tayyorgarlik ko‘rish odatda ixti-
yoriy esda qoldirishni talab etadi. Muayyan bilimlarni egal-
lash uchun sistematik va ixtiyoriy ravishda esda qoldirish uqib
olish deb ataladi. Uqib olish maktab o‘quvchilari o‘quv ishining
muhim qismi hisoblanadi. Ixtiyoriy esda olib qolish deb ko‘zda tu-
tilgan maqsadga muvofiq tanlangan ma’lumotlarni ongli ra vishda
kuch sarf qilib esda olib qolishga aytiladi. Ixtiyoriy esda olib qo-
lish anglab, bilib esda olib qolishdir. Masalan: esda olib qolishga
jazm qilish, maqsadga erishish uchun intilish, kerak ma’lumotni
tanlash, motivatsiya (nima maqsad bilan esda qoldirish kerakli-
gini bilish) – bularning hammasi tafakkur faoliyati bilan bog‘liq
bo‘ladi. Ixtiyoriy esda qoldirishda iroda ning ham ahamiyati kat-
ta. Masalan: ba’zi paytlarda esda olib qolish ning qiyinchiliklariga
duch kelar ekanmiz, bunda albatta iroda ishtirok etadi. Ixtiyoriy
esda olib qolishning nerv-fiziologik aso sida birinchi va ikkinchi
signallar sistema doirasida yuzaga keladigan shartli ref lekslar, mu-
vaqqat aloqalar yotadi. Odatda qiziqish yengillik bilan esda qoldi-
rishning eng birinchi shartlaridandir. Bizda qiziqish tug‘dirgan
narsa tezroq va mustahkamroq esda qoladi. Esda qoldiriladigan
ma’lumotga bo‘lgan qiziqish diqqatimizni o‘ziga jalb etadi, his-
tuyg‘ularimizga ta’sir qilib zavq lantiradi. Bu esa o‘z navbatida es-
da olib qolishni kuchaytiradi. Ayrim kishilar xotirasining zaifli-
gi analiz qilinganda esda yaxshi saqlab qololmasliklarining sababi
ular diqqatining bo‘shligida, tarqoqligida, ya’ni miya po‘stidagi
138
tegishli qo‘zg‘alish manbala rining zaifligida ekanligi aniqlangan.
Ma’lumotni idrok qilishda sezgi organlari qanchalik ko‘p ishtirok
etsa, ma’lumot shunchalik tez va puxta esda qoladi.
Ma’lumotni idrok qilishda sеzgi organlari qanchalik ko‘p
ishtirok etsa, ma’lumot shunchalik tеz va puxta esda qoladi. Bu
haqda mashhur rus pеdagoglaridan K.D. Ushinskiyning quyi-
dagi gaplari juda ham o‘rinlidir. «Bolaning esida biror narsa-
ning mahkam o‘rnashib qolishini xohlovchi pеdagog, bola
sеzgi organlarining mumkin qadar ko‘prog‘ini – ko‘zi, qulog‘i,
tovush organi, muskul sеzgisi va hatto, iloji bo‘lsa, hidlash va
ta’m bi lish organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashti-
rishga harakat qilishi kеrak», K.D. Ushinskiyning bu fikri al-
laqachon amalda isbot qilingan.
Ma’lumotni takrorlash ham albatta ixtiyoriy esda olib qo-
lishga ijobiy ta’sir qiladi. O‘tkazilgan tekshirishlardan ma’lum
bo‘lishicha, asosan uch xil yo‘l bilan takrorlash mavjud:
– surunkasiga takrorlash;
– qismlarga bo‘lib takrorlash;
– bir yo‘la, surunkasiga, undan so‘ng yana qismlarga bo‘lib
takrorlash.
Bu psixologiyada kombinatsiya usuli deb yuritiladi. Esda
olib qolinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni taqsimlash-
da kishining tafakkuri va diqqati faol qatnashadi. Binobarin,
ma’lumotlarni taqsimlash va rejalashtirish jarayonining o‘ziyoq
esda olib qo lishning sifatiga ijobiy ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: