Test-so‘rov – eng ko‘p tarqalgan testlar qatoriga yutuqqa
eri shish harakatlari, intellekt testlari, shaxs testlari (psixodiag-
nostika), shaxs «loyihasi» (proyektiv) testlari kiradi. Testlarning
«Yetishmagan so‘z yoki raqamlarni topib, o‘rniga qo‘ying» sin-
gari shakllaridan qobiliyatni, kuzatuvchanlikni, xotirani tek-
shirish maqsadida ham foydalanish mumkin. Testlar yordami-
da ayrim qobiliyatlarning, ko‘nikmalarning, malakalarning bor
yoki yo‘qligini aniqlashga yoki bu kasb sohasida ishlash uchun
layoqatlilik darajasini va hokazolarni bilishga harakat qilinadi.
Test-topshiriq o‘quvchi bilimini tekshirish va baholashda
qo‘llanilib, o‘quv materialining asosiy qismini aniq va to‘liq bi-
lishlarini aniqlashga qaratilgandir. Unda savol va 3–4 ta javob
beriladi, shulardan javobning eng to‘g‘risini topish talab qilina-
di. Javoblarga ballar berilishi yoki berilmasligi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |