Biografiya (tarjimayi hol) metodi. Biografiya metodi ham
psixolo
giyaning yordamchi metodlaridan hisoblanib, undan
kishilarning ayrim psixologik xususiyatlarini o‘rganishda foy-
dalaniladi. Ma’lumki, har bir odam o‘z biografiyasiga ega. Bi-
ografik ma’lumotlarda odamning shaxsiy psixologik xususiyat-
lariga oid ayrim faktlar bayon etiladi. Masalan, kishilarning
biografik ma’lumotlarida ularning dunyoqarashlari, ishonch-
e’tiqodlari, g‘oyaviy yo‘nalishlari, burchlariga bo‘lgan mu-
nosabatlari, maqsad va maslaklari ko‘rsatiladi. Ana shunday
ma’lumotlarga asoslanib u yoki bu odam haqida ma’lum xu-
losa chiqarish mumkin. Biografiya metodi xususan bolalar
psixo
logiyasi va pedagogik psixologiyada keng qo‘llaniladi.
Bolalar psixikasining taraqqiyot yo‘lini biografik tarzda ilmiy
kuzatishga dastlab mashhur tabiatshunos lardan Charlz Darvin
asos solgan. U bola psixikasining taraqqiyotini kuzatishga oid
o‘zining kundalik xotira tipidagi asarini nashr ettirgan. Hozir-
gi kunda bola taraqqiyotini biografik tarzda ochib beruvchi
ilmiy asarlar ko‘plab topiladi. Bunday asarlardan eng mash-
huri N.A. Menchinskayaning «Bola psixikasining taraqqiyoti»,
«Ona kundaligi» nomli ilmiy-biografik asarlaridir. Bunday il-
miy-biografik asarlarning qimmatli tomoni shundaki, bunday
kundaliklar bola taraqqiyotining katta bir davrini (masalan,
1 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni) qamrab oladi. Ma’lumki,
bolaning har bir yosh davrida unga nisbatan muayyan bir tarz-
da munosabatda bo‘lish lozim bo‘ladi. Ana shu nuqtayi nazar-
dan bolaning qaysi yosh davrida unga nis batan qanday muno-
sabatda bo‘lishni belgilashda bio grafiya metodi tarbiyachilar va
yosh ota-onalarga katta yordam berishi mumkin.
Bolalarning biografiyasiga oid ma’lumotlarni yaxshi bilgan
tarbiyachi ularga nisbatan individual munosabat da bo‘lishni
to‘g‘ri tashkil qila oladi. Bolalarning shaxsiy psixologik
xususiyat
larini biografik tarzda o‘rganishda yozuvchilarning
avtobiografik asarlari ham katta rol o‘ynaydi. Ma’lumki, yo-
zuvchilar nihoyatda mohir kuzatuvchi hisoblanadilar. Ular
o‘zlarining asarlarida bolalar (hayvonlar) psixikasining turli-
cha namoyon bo‘lishini obrazli qilib ochib beradilar. Bunday
avtobiografik asarlar orqali odamlarning ayrim tiplari, xarak-
37
terlariga xos xususiyatlari, qobiliyat va qiziqishlari, dunyo-
qarashlari, ishonch hamda e’tiqodlari, axloqiy sifatlari qan-
day ijtimoiy-tarixiy sharoit ta’sirida tarkib topishini bilib olish
mumkin.
Psixologiyada odam faoliyatining mahsullarini o‘rganish me-
todidan ham foydalaniladi. Odam har doim ma’lum bir faoli-
yatda bo‘lib turadi. Odam o‘z faoliyatlari natijasida turli narsa-
larni, mahsulotlarni yuzaga keltiradi. Ana shu narsalarda,
mahsulotlarda odamning ayrim psixik jarayonlari va psixolo-
gik sifatlari o‘z aksini topadi. Shuning uchun har bir odam-
ning faoliyat mahsuli shu odamning ayrim psixik jarayonlari
va shaxsiy psixologik sifatlarini ko‘rsatib turadi.
Biz rassom yoki arxitektorning chizgan suratlarida, quruv-
chining qurgan imoratida, haykaltaroshlik va boshqa san’at
asarlarida, o‘quvchining yozgan konspektlarida va bog‘cha
yoshidagi bola larning chizgan rasmlarida, ijodiy ishlarida ular-
ning psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik xususiyatlariga
doir juda ko‘p tomonlarini ko‘rishimiz mumkin. Shu sabab-
li odamning faoliyati mahsulotlarini analiz qilib o‘rganish me-
todi psixologiya ning yordamchi metodlaridan biri hisoblanadi.
Bu metod bolalar psixologiyasida pedagogik va sotsial psixo-
logiyada ancha keng qo‘llaniladi.
Bolalar ham xuddi katta odamlar singari doim ma’lum faoli-
yat bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Katta odamlar boshqa odamlar
uchun kerak bo‘ladigan ijtimoiy foydali narsalar ishlab chiqarish
faoli yati bilan band bo‘lsalar, bolalar faoliyatining asosiy maqsa-
di bilib olish, o‘rganishda asoslanadi. Maktabgacha yoshdagi
bolalar ning faoliyat lari – o‘yin, rasm chizish, plasti lin yoki loy-
dan biron narsa yasash, applikatsiya, qurish-yasash va shu ka-
bilardan iborat bo‘lishi mumkin. Bolalar odatda katta kishilar-
ning topshiriq va takliflari bilan ma’lum faoliyatga kirishadilar.
Ayrim hollarda gina bolalar ning o‘zlari mustaqil ravishda u yoki
bu faoliyatni bajaradilar. Har ikki holatda ham bolalar faoliya-
ti ma’lum natijaga ega bo‘ladi. Faoliyat mahsuloti bolalar faoli-
yatining natijasiga qarab o‘rganiladi. Ko‘pincha bolalar faoliyati-
ning mahsuli ular chizgan rasmlarga, loy yoki plastilindan
yasalgan narsalarga qa rab o‘rganiladi.
38
Ma’lumki, bolalarning chizgan rasmlarida ular idroki ning
xususiyatlari va ongida yuzaga kelayotgan turli tasavvurlar
hamda atroflaridagi narsa va hodisalarga bo‘lgan munosabat-
lari o‘z ifodasini topadi. Ana shu jihatdan bolalarning chizgan
rasmlaridan faoliyat mahsulini o‘rganish sifatida foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Turli yoshdagi bolalarning ishlagan
rasmlarini ana liz qilish orqali ularning ayni chog‘dagi ehti-
yojlari, mayl-istaklari, qiziqishlari, qobiliyat va layoqatlarini,
bola yashayotgan oila muhitini ham o‘rganish mumkin. Shu
sababli bu metoddan ham bolalar psixologiyasida keng foyda-
laniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |