Maktabgacha yoshdagi


Kuzatish va eksperiment metodlari



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Kuzatish va eksperiment metodlari bolalar psixologiyasining 

asosiy metodlari hisoblanadi, lekin bulardan tashqari bir qator 

yordamchi metodlar ham mavjud.

So‘rov metodi ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida bir-

lamchi ma’lumotlar to‘plashning an’anaviy usullaridan hisob-

lanadi. Unda tekshiriluvchi tomonidan qo‘yilgan qator savol-

larga javob qaytarish kerak bo‘ladi. So‘roq metodining og‘zaki, 

yozma (anketa), erkin (suhbat), usullari mavjud. Og‘zaki so‘roq 

yoki oddiygina qilib suhbat metodini o‘tkazadigan shaxs unga 

ma’lum darajada tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Agar professional 

mahorati yoki tajribasi yetarli bo‘lmasa so‘rov natija bermasli-

gi mumkin. Yozma so‘roq yoki anketaning afzalligi shundaki, 

uning yordamida bir vaqtning o‘zida ko‘pgina odamlar fikrini 

o‘rganish mumkin bo‘ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan 

kutiladigan javoblar (yopiq anketa)  yoki erkin o‘z fikrini ba-

yon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so‘rovnomalar 

aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga mo-

nand tuzilgan bo‘lsa, shubhasiz, qimmatli birlamchi materi-

allar to‘planadi. So‘roqning ham erkin va standartlashtiril-

gan shakllari mavjud bo‘lib, birinchisida oldindan nimalar 

so‘ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, hat-

toki, kompyuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlar-

da bir xil talablar doirasida so‘roq o‘tkazilishi nazarda tutiladi.

Bolalar psixologiyasida so‘rash-suhbat metodidan ancha 

cheklangan holda foydalaniladi. Bu metodni bog‘cha yoshidagi 

bolalarga nisbatan deyarli qo‘llab bo‘lmaydi, chunki bu yosh-

dagi bolalarda turmush tajribasi juda oz, tafakkurlari hali yax-

shi rivojlanmagan bo‘ladi. Shu sababli kichik yoshdagi bolalar 

kattalar ning bergan savollariga o‘ylamay-netmay javob qayta-

raveradilar. So‘rash metodidan foydalanilganda odatda juda 

sodda ishlangan rasmlardan, predmetlardan foydalaniladi.




30

Bu metodni 5–6 yoshli bolalarga nisbatan qo‘llash mum-

kin. Bunda bolalarga turli mavzularga doir savollar berila-

di va ular dan og‘zaki suhbatning mavzusi va suhbat paytida 

bolalarga be riladigan savollar oldindan yaxshilab o‘ylab olina-

di. Suhbat jara yonida javoblarni yozib olib, keyinchalik javob-

larni tahlil qilish mumkin. Suhbat metodini o‘tkazishda quyi-

dagilarga rioya qilish talab etiladi:

1) suhbatning mavzusi va mazmuni bolalarning taraqqiyot 

darajalariga va yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak;

2)  savollar rejali va maqsad asosida tuzilishi kerak;

3)  suhbat paytida «ha» yoki «yo‘q» demay, to‘liq javob olish  

kerak;

4)  suhbatni haddan tashqari cho‘zib yubormaslik kerak;



5) suhbat orqali bolalarning bilishlari, narsa va hodisalar 

haqida tasavvurlari, qiziqishlari va odamlar bilan bo‘lgan mu-

nosabatlarini o‘rganish mumkin.

Testlar hozirgi vaqtda keng qo‘llanilayotgan tekshiruv me-

todlaridan biridir. Test inglizcha so‘z bo‘lib sinash, tekshirish 

demakdir. Shaxsning aqliy o‘sishini, qobiliyatini irodaviy sifat-

lari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‘llaniladi. 

Testlar, ayniqsa, odamning qanday kasbni egallashi mum-

kinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste’dodli yo-

ki iste’dodli emasligini, aqliy darajasini aniqlashda, kishilar-

ni saralashda keng qo‘llaniladi. Hozirgi davrdagi mashhur 

psixologlardan biri E.I. Rogov o‘zining «Настольная книга 

практического психолога» kitobida (Москва ВЛАДОС 

nashriyoti, 1999-yil. 1-tom) «Shaxs tipologik xususiyatlari-

ni aniqlash», «O‘qituvchi o‘quvchi munosabatlari darajasini 

aniq lash», «Pedagogik tajovuzkorlikni (so‘zini o‘tkaza olish-

ni) baholash» singari test namunalari berilgan. 

1905-yilda, ya’ni fransuz psixologi A. Bine va uning sho-

girdi A. Simon insonning aqliy o‘sishi va iste’dodi darajalari-

ni o‘lchash imkoniyati borligi g‘oyasini ilgari surgandan keyin 

psixologiyada test metodining bir necha xillari qo‘llana bosh-

langan edi.

Psixologlar K.M. Gurevich, V.A. Krutestkiy, E.I. Rogov va 

boshqalar qo‘llaydigan testlar tubdan boshqacha prinsipda tu-



31

zilgan. Ular testlar tafakkur ko‘rsatkichi bo‘lishi uchun harakat 

qildilar va muayyan yutuqlarga ham erishdilar. Hozirgi vaqtda 

bolalarni maktabga olishda, kasb-hunarga yaroqliligini aniq-

lashda, ishga qabul qilishda va boshqalarda test sinovlari keng 

qo‘llanilmoqda. Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psixo-

loglar Rorshax, Rozensveyg, Kettel, Vartegg, Veksler, Meyli, 

Ayzenk, Agastazi, Raven va boshqalar ijodining namunalarini 

kiritish mumkin. 

Test metodining quyidagi turlari mavjud; test-so‘rov, test-

topshiriq, proyektiv testlar, intellektual testlar. 


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish