Yarimsharlar po‘stlog‘idagi nerv jarayonlari. Odam va hay-
vonlarning katta yarimsharlari po‘stlog‘ida ikki qarama-qarshi
nerv jarayonlari, qo‘zg‘alish va tormozlanish sodir bo‘ladi. Bi-
ron-bir narsa yoki hodisalar sezgi organlariga ta’sir etib ular-
ni qo‘zg‘atadi, qo‘zg‘alish esa miyaga o‘tkaziladi, shundagi-
na yarimsharlarda qo‘zg‘alish (jonlanish) vujudga keladi. Bu
qo‘zg‘alish o‘chog‘i o‘zgarmasdan va harakatsiz qolmaydi.
Odatda qo‘zg‘alish katta yarimsharlar po‘stlog‘ida irradiatsi-
yalanadi (yoyiladi) va bir joydan ikkinchi joyga o‘tadi.
Po‘stloqda qo‘zg‘alish bilan bir vaqtning o‘zida unga zid ja-
rayon tormozlanish ham maydonga keladi, tormozlanish mi yada
qo‘zg‘alish uchastkasini aktiv ravishda to‘xtatib turadi, tormoz-
laydi yoki cheklab qo‘yadi, qo‘zg‘alish uchastkasini markaz-
lashtiradi, tor doiraga to‘planishga olib keladi. Qo‘zg‘alish bilan
tormozlanish o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Agar miyaning bi-
ror uchastkasida qo‘zg‘alish paydo bo‘lsa, shu uchastka atrofida
tormozlanish maydonga kelishi manfiy induksiya, tormozla nish
o‘chog‘i atrofida qo‘zg‘alish vujudga kelishi musbat induksiya
deb ataladi. Tormozlanish charchash natijasida sodir bo‘ladi.
I.P.
Pavlovning uqtirishicha, agar tormozlanish po‘stloqning
ko‘p qismiga yoyilib miyaning quyi qismlariga yetib borsa odam
uyquga ketadi. Kuchlar, ya’ni miya nerv hujayralari qayta tikla-
nadi. Po‘stloqni to‘liq qamrab olmay ayrim uchastkalarining
qo‘zg‘alish holatida bo‘lishini I.P. Pavlov soqchi punktlar deb
ata gan. Masalan, o‘z bolasi yonida qattiq uyquga cho‘mgan ona
atrofdagi tovushlarni eshitmasligi mumkin, lekin chaqaloq ning
ozgina shitirlagan tovushiga uyg‘onadi. Demak, onada o‘z bola-
siga nisbatan miya po‘stlog‘ida ba’zi hujayralar qo‘zg‘algan holda
bo‘ladi. Gipnoz holatida tormozlanish qisman bo‘lib po‘stloqni
to‘liq qamrab olmaydi va odamga keraklicha ta’sir o‘tkaziladi.
Bunday holat ni sun’iy ravishda vujudga keltirish mumkin. Bun-
42
da odamga so‘z orqali ta’sir o‘tkazish, ya’ni «Siz uxlamoqchisiz,
siz uxlay boshladingiz» kabi. Shuningdek, gipnoz qilayotgan
kishi ning yuzi oldida qo‘l bilan silash harakatlari (passlar) yor-
damida uxlatiladi. Gipnoz holatida bosh miya po‘stlog‘ining
ko‘p qismi tormozlangan bo‘ladi, shu sababli odam o‘zi musta-
qil harakat qila olmaydi, uni uxlatgan kishiga itoat qiladi, nima
buyurilsa shuni bajaradi.
Katta yarimsharlar po‘stlog‘ining shartli refleks tarzida-
gi faoliyatini I.P. Pavlov miyaning signal faoliyati deb atagan,
chunki tashqi muhitdan ko‘rsatiluvchi ta’sirlar tevarak-atrof-
dagi narsa larning organizm uchun ahamiyati haqida darak be-
radi. Narsa va hodisalarning sezgi organlariga ta’sir ko‘rsatishi
tufayli (bu
ning natijasida sezgilar, idrok, tasavvurlar pay-
do bo‘ladi) miyaga keluvchi signallarni Pavlov birinchi signal-
lar sistemasi deb atagan: bunday sistema odamda ham, hay-
vonlarda ham bor. Ammo odamda, deb yozadi Pavlov faoliyat
mexanizmlariga qo‘shimcha favqulodda ustunlik yuz bergan.
Bu qo‘shimcha ustunlik inson nutqi va tafakkuridir. Demak,
nutq ikkinchi signallar sistemasi hisoblanadi.
Bir xil izchillikdagi qo‘zg‘alishlar-
ning takrorlanib turishi, odamda
shunga muvofiq ravishda, bir xilda-
gi reaksiyalar
ning amalga oshishiga
olib keladi. Tajribalar shuni ko‘rsatadi-
ki, qo‘z g‘atuvchilardan birinchisi ta’sir
etishi bilan, shartli reflekslar sistemasi
paydo bo‘ladi. Qo‘zg‘alishlarning takror-
lanib turishi natijasida miya po‘stlog‘ida
mustahkam o‘rnashib qolgan o‘choqlari
Do'stlaringiz bilan baham: |