29-rasm. Bolalar va kattalarda bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘idagi nerv
hujayralarining tuzilishi.
Bosh miya katta yarimsharlari po‘stidagi nerv hujayralarini
birlashtiruvchi nerv tolalarining usti miyelin deb nom olgan
maxsus parda bilan qoplana boradi. Bu jarayon bosh miyaning
normal faoliyati uchun tayyor ekanini ko‘rsatuvchi belgidir.
Nerv tolala
rining miyelin qobig‘i bilan sekin-asta qoplanib
borishi tabiiy jarayon bo‘lib, bu jarayonni tezlashtirsa bo‘ladi.
Chaqaloq bolalarni har gal yo‘rgaklash oldidan biroz harakat-
ga solish, ya’ni qo‘l-oyoqlarini harakat qildirish miyelinizatsiya
jarayonini tezlashtiradi. Mielinizatsiya jarayonining tezlashuvi
bosh miya po‘stining jadal rivojlanishiga yordam beradi.
Bola yoshiga to‘lguncha jismoniy jihatdan tez o‘sar ekan,
uning nerv sistemasi ham rivojlanadi. Chunonchi, yangi
256
tug‘ilgan bola miyasining umumiy vazni 1 yoshga to‘lguncha
600 grammga ortadi.
Chaqaloq bolalarning hamma analizatorlari (sezgi a’zolari)
tug‘ilishidanoq me’yorida rivojlangan bo‘lib faoliyatga tayyor
bo‘ladi. Bola teri analizatorlari orqali haroratni (issiq va sovuq-
ni), biron narsa tekkanini va og‘riqni sezadi. Chaqaloq bola-
ning badani haroratga nisbatan juda sezgir bo‘ladi. Shuning
uchun tez sovqotadi. Bola tarbiyalanadigan xonaning harorati
20°C dan kam bo‘lmasligi kerak. Agar bolaning yuzi yoki labi-
ga qo‘lingizni tekkizsangiz, u darhol emish harakatlarini qi-
la boshlaydi. Bola ning kiyimi yoki yo‘rgaklari buklanib qolib
bo‘yniga yoki boshqa bir yeriga botsa, u bezovtalanib yig‘lay
boshlaydi. Ana shulardan ko‘rinib turibdiki, chaqaloq bolaning
teri analiza torlari dastlabki kunlardanoq yaxshi ishlaydi.
Bolada tug‘ilgan kunidan boshlab, hid va ta’m bilish ana-
lizatorlari ham normal ishlay boshlaydi. Chaqaloq bolaning
og‘ziga biron taxir yoki achchiq narsa solinsa, u aftini burishti-
rib, bezovtala nib, so‘laklari bilan uni chiqarib tashlaydi. Bola
qo‘lansa hiddan ham bezovtalanadi. Demak, chaqaloq bolalar-
da hid va ta’m bilish analizatorlari ham nor mal holatda bo‘ladi.
Ko‘rish va eshitish analizatorlari murakkab analizatorlar hisob-
lanadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq bolalarda bunday murak kab
analizatorlar ham faoliyatga tayyor bo‘ladi. Chaqaloq bola-
larda ko‘rish refleksini bemalol kuzatish mumkin. Agar biroz
qorong‘iroq uyda bola ko‘zlarini ochib yotgan paytida to‘satdan
chiroq yoqib yuborilsa, u darhol yorug‘likdan ko‘zlarini yumib
oladi. Lekin chaqaloq bolalarning ko‘rish analizatorlari (ko‘zlari)
hali yaxshi takomillashmagan va ishlashga muvofiqlashmagan
bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan bola dastlab faqat ko‘zining to‘g‘risidagi
narsalarni ko‘ra oladi. Buning sababi shundaki, chaqaloq bola-
larda ko‘z to‘r pardasidagi markaziy qismlargina sezish qobili-
yatiga ega bo‘ladi. Ko‘rish retseptorlari joylashgan ko‘z to‘r
pardasining chekka qismlari keyinroq ishga tushadi. Shuning
uchun chaqaloq bolalar yon tomonlaridagi narsalarni yaxshi
ko‘ra olmaydilar. Bundan tashqari, ularda ko‘zni qimirlatadigan
muskullar ham yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Ana shu sabab-
li chaqaloq har ikkala ko‘zini ayni bir vaqtda barobar qimirlata
257
olmaydi. Natijada bir ko‘zi g‘ilayroqqa o‘xshab turadi. Bola bir
oyga to‘lgandan keyin har ikkala ko‘zi moslashgan holda harakat
qiladigan bo‘ladi. Ana shu davrdan boshlab bola biron narsaga
tikilib qaray olish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan bola dastlabki bir hafta davomida yaxshi
eshitmaydi. U faqat qattiq tovushlarnigina eshitishi mumkin.
Bunga sabab shuki, bola ona qornidaligida uning o‘rta qu-
loqlari suyuqlik bilan to‘lib qol
gan bo‘ladi. Keyinchalik bu
suyuqlik shimilib, singib ketgandan so‘ng o‘rta quloqning havo
to‘lqinlari kiradigan yo‘li ochilib, bola eshitadigan bo‘ladi.
Ko‘rish va eshitish kabi murakkab analizatorlarning chaqaloq
bolalarda hali yaxshi takomillashmaganligining sabablaridan
yana biri yangi tug‘ilgan bolalarda bosh miyaning po‘sti yetarli
darajada rivojlanmaganligidir. Barcha analizatorlarning marka-
ziy qismlari esa bosh miya po‘stida joylashgan bo‘ladi. Bola
tug‘ilgandan keyin birinchi oylarda uning bosh miyasi va, ayniq-
sa, bosh miya po‘sti tez rivojlanadi. Miya po‘stida analiza torlar
markaziy qismlarining rivojlanishi natijasida dastlabki shartli
reflekslarning vujudga kelishi uchun sharoit tug‘iladi. Ana shu
tariqa bola bir oylik bo‘lgandan so‘ng uning teri, harakat, hid
va ta’m bilish, ko‘rish va eshitish analizatorlarida shartli refleks-
lar paydo bo‘la boshlaydi. Bir oylik bolani qo‘lga olishingiz bi-
lan yig‘isi to‘xtab, tinchib qoladi. Bu bolaning qo‘lga o‘rganib
qolganini ko‘rsatadi. Bolaning qo‘lga o‘rganishi unda teri, hid,
harakat (kinestezik) va ko‘rish analizatorlari bilan bog‘liq bo‘lgan
murakkab shartli ref lekslar vujudga kelganligini ko‘rsatadi. Shu-
ni unutmaslik kerakki, noto‘g‘ri tarbiyalangan bolada bu refleks
nihoyat darajada mustahkam o‘rnashib qolib, natijada bola o‘z
o‘rnida yotmaydigan va faqat qo‘lda uxlashni talab qiladigan
bo‘ladi. Bu esa bolaning normal o‘sishiga zarar yetkazadi.
Bola ulg‘aygan sari ko‘rish va eshitish analizatorlari bilan
bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina shartli reflekslar yuzaga kela boshlaydi.
Keyinchalik bu analizatorlar bolaning tevarak-atrofdagi muhitni
bilib olishida tobora katta rol o‘ynaydi. Bola ikki oylik bo‘lganida,
uning deyarli hamma analizatorlarida shartli ref
lekslar paydo
bo‘ladi. Bu shartli reflekslar tobora ko‘payib va murakkablashib,
bola psixikasining o‘sishida fiziologik negiz bo‘lib qoladi.
258
Do'stlaringiz bilan baham: |