batan anchagina tez uradi. Masalan, katta odamning yura-
251
gi bir daqiqada o‘rtacha 70–75 marta ursa, chaqaloq bola-
ning yuragi 120 va undan ortiq marta uradi. Buning asosiy
sababi chaqaloq bolalar yuragining har bir qisqarishida bosib
chiqargan qon hajmini (miqdorining) ozligi, go‘qak muskul-
larining hali zaifligi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, chaqaloq
bolalar yura gining nisbatan tez urishi ular organizmida mod-
da almashish jarayonining intensivligi (jadalligi) bi lan ham
bog‘liqdir.
Chaqaloq bolalarda badanning haroratini idora qilish ha-
li yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Chaqaloq bo lalarda tanasin-
ing vazniga qaraganda terisining umumiy sathi (yuzasi) ni-
sbatan katta hamda terisi katta odamlar terisiga qaraganda
ancha yupqa bo‘ladi. Shu sababli ular normal taraqqiyot uchun
ke rakli haroratni yo‘qotib sovuq qotishi mumkin. Chaqaloq
bolalarning tana harorati tez o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bolaning
ortiqcha harakatlari ham, ovqat yeyishi ham temperaturasiga
ta’sir qiladi. Shu sababli chaqaloq bolalarni tarbiyalashda kun
tartibi ning ahamiyati nihoyatda kattadir. Chaqaloq bolalarni
hamisha o‘z vaqtida ovqatlantirish, uxlatish va o‘z vaqtida u bi-
lan shug‘ullanish (gaplashish, o‘ynatish) kerak.
Chaqaloq bolalarning ovqat hazm qilish a’zolari ham o‘ziga
xos xususiyatga ega. Ularninig oshqozonlari hali juda kichki-
na, oshqozon va ichak muskullari rivojlanmagan, juda zaif
bo‘ladi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarning eng yaxshi
ovqati ona sutidir. Bola lar katta odamlarga nisbatan tez-tez
ovqatlantiriladi. Agar katta odamlarga ovqat sarf qilingan quv-
vatni tiklash maqsadida kerak bo‘lsa, bolalar uchun ovqat sarf
qilingan quvvatni tiklashdan tashqari o‘sishi uchun ham ke rak.
Bolaning organizmi to‘xtovsiz o‘sadi, buning uchun esa juda
ko‘p ozuqa moddalar kerak bo‘ladi. Ozuqa moddalarni bola
ovqat orqali oladi. Shu sababli bolaning jismoniy jihatdan nor-
mal o‘sishida o‘z vaqtida ovqatlanishi va ovqatning sifati juda
katta ahamiyatga ega.
Normal tug‘ilgan bolaning o‘rtacha vazni 2800–3500 kg,
bo‘yi 45–52 sm bo‘ladi. Bir yil davomida uning vazni va bo‘yi
ayniqsa sezilarli o‘zgaradi. Normal o‘sib ulg‘ayayotgan bola ya-
rim yoshga yetganida uning vazni ikki barobar, bir yoshga yet-
252
ganida esa uch barobar ortadi. Bolaning vazni dastlabki oy-
larda, ayniqsa, 1–3 oyligida ko‘proq ortadi. Keyinroq borib
vaznining ortishi birmuncha sekinlashib boradi va bir yoshga
to‘lgach, bolaning vazni 9 kg ga yetadi. Bir yoshga to‘lgunga
qadar bolaning bo‘yi ham juda tez o‘sadi. Agar bola bir yosh-
ga to‘lguncha taxminan 25 sm ga o‘ssa, keyingi ikki yil ichida
faqat 18 sm ga o‘sadi. Yangi tug‘ilgan bolaning suyak sistema-
si deyarli yumshoq tog‘aydan iborat bo‘ladi. Keyingi taraqqiyot
davrida, ya’ni bir yoshga to‘lguncha uning skeleti suyakka ayla-
na boshlaydi. Agar bola chaqaloqlik davrida noto‘g‘ri parva rish
qilinsa, uning skeletidagi turli qismlar noto‘g‘ri o‘sib, biror ye-
ri qiyshiq bo‘lib qolishi mumkin. Ko‘pchilik hollarda bolaning
noto‘g‘ri o‘tirishi, noto‘g‘ri yotishi natijasida umurtqa suyagi
qiyshayib qolishi mumkin, chunki umurtqa suyagi juda elastik
(egiluvchan) bo‘ladi.
Oylar
0–1 1–2 2–3 3–4 4–5 5–6 6–7 7–8 8–9
9–10
10–
11
11–
12
Bo‘yi
(sm)
3
3
2,5
2,5
2
2
2
2
1,5
1,5
1,5
1,5
Og‘irligi
(gr)
600
800
800
750
700
650
600
550
550
450
400
400
Bolalarda paydo bo‘ladigan skolioz, umurtqa suyagining qiy-
shayib qolishi kasalligi ko‘pchilik hollarda bolalar gavdasining
normal o‘sishiga ota-onalar va tarbiyachilarning befarq muno-
sabatda bo‘lishlari tufayli yuzaga keladi. Skolioz (bukri) kasalligi
juda og‘ir majruhlikka olib keladi. Skolioz asosan ikki yo‘l bilan
paydo bo‘ladi. Ulardan birinchisi tug‘ma skolioz bo‘lsa, ikkin-
chisi individual hayot davomida orttirilgan skoliozdir. Biz asosan
ana shu individual hayot davomida bo‘ladigan skoliozning oldi-
ni olishimiz, ya’ni uning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligimiz
ke rak. Skolioz kasalligi dastavval mutlaqo bilinmaydi va juda
sekinlik bilan rivojlanadi. Vaqt o‘tishi bilan u ko‘zga tashlana
boshlaydi. Skolioz kasalligi juda qiyin davolanadi. Uni davo-
lashda ortoped-shifokorlar juda ko‘p qiyinchiliklarga duch ke-
253
ladilar. Qiz bolalarning muskul va skeletlari o‘g‘il bolalarga nis-
batan zaifroq bo‘lganligi tufayli ular skolioz kasalligiga moyilroq
bo‘ladilar. Skolioz kasalligi bola o‘sib borgan sari uning psixi-
kasiga ham salbiy ta’sirini ko‘rsata boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: