Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Sabot-matonat  – bunga qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘li 

qanchalik uzoq va qiyin bo‘lmasin, ularga erisha bilishdan ibo-

rat. Sabot-matonat tashqi va ichki to‘siqlarni yengishda namo yon 

bo‘ladi. Irodali kishi o‘z kuchlarini zo‘r berib sarflashga qobili-

yatli bo‘ladi. I.P. Pavlov aytib o‘tganidek, u o‘z ishini davom et-

tirish istagini orttiradi, xolos. Sabot-matonat pedagoglik ishi-

da o‘zining arzimagan manmanlik tuyg‘usi tufayli xato qarordan 

bosh tortishga qobiliyatli bo‘lmagan vaqtidagi o‘jarlik bilan aynan 

bir narsa deb bo‘lmaydi. O‘jarlik shaxsning salbiy xususiyat-

idir. Mustaqillik kishining boshqalar ta’siriga berilmasdan qa-

ror qabul qilish va belgilangan harakatni bajarish qobiliyati dir. 

Ana shu irodaviy sifati bilan ajralib turmaydigan kishilar odat-

da o‘z yo‘llarida uchragan qiyinchiliklar oldida o‘zlarini yo‘qotib 

qo‘yadilar. Bunday zaiflikka ko‘pincha maktab yoshidagi tar-

biyaning xususiyatlari sabab bo‘ladiki, bo laga mustaqil ishlash 

malakasini o‘rgatishmagan va unda o‘z harakatlari, ishlari uchun 




193

mas’uliyatdan qochishga intilish avj olgan bo‘ladi. Irodali ki-

shi ta’sirga beriluvchanlik kabi salbiy sifatga ega bo‘lmaydi. Bun-

day sifat mavjud bo‘lganda kishilar o‘z fikrlaridan juda oson-

lik bilan qaytadilar, boshqalarga bo‘ysunib qoladilar. Chinakam 

mustaqillik bilan negati vizm (lot. negatiwus – salbiy), ya’ni qan-

day qilib bo‘lsa ham tashqaridan bo‘ladigan ta’sirga qarshilik 

ko‘rsatishga intilish o‘rtasida hech qanday umumiylik yo‘q. Agar 

ta’sirga beriluv chanlik kishini o‘zining niyatlar va e’tiqodlariga 

muvofiq kelmaydigan xatti-harakatlarga undasa uni boshqalar-

ga qarama-qarshi o‘laroq nomaqbul harakatlar qilishga undaydi. 

Ta’sirga beriluvchanlik va iroda kuchining belgilari emas, balki 

uning  zaifligiga oid belgilardir. Ko‘pgina yomon odatlar irodasi  

zaif kishilarda aynan mustaqillikning yetishmasligi tufayli ta’sirga 

berilishga va taqlid qilishga moyil kishilarda bo‘ladi. Harakatni 

mustaqil bajarish o‘z kuchiga ishonch hosil qilishda yordam be-

radi, bu ishonch kishining muhim irodaviy xususiyatidir.

2. Noma’qul psixik jarayonlar va harakatlarning tormoz-

lanishi bilan bog‘liq iroda sifatlariga chidam, bardoshlilik, sabr- 

toqat, intizomlilik va uyushqoqlik kiradi. Chidam yoki o‘zini tu-

ta bilish bu kishining o‘z-o‘zini boshqara olishidir. U o‘zining 

xulq-atvori ustidan to‘liq nazorat qilish xususiyatini saqlab qolar 

ekan o‘zidagi yomon niyatlarni, ixtiyorsiz harakatlarni, affekt-

larni, g‘azablanishni, qo‘rquvni yengadi. Chidamning ma-

vjudligi kishini o‘z-o‘ziga tanqidiy qarashga o‘rgatadi, oqilio-

na bo‘lmagan xatti-harakatlardan o‘zini tiyishga yordam beradi. 

Chidam, o‘zini tuta bilish o‘qituvchi uchun juda zarur. Bola-

larning xulq-atvori ularning o‘quv ma’lumotlarini tu shunmasligi 

ko‘pincha o‘qituvchining jahli 

ni chiqaradi va vujudga kelgan 

vaziyat talab qiladigan darajada yo‘l tutish uchun zo‘r chidam 

zarur bo‘ladi. O‘zini tuta bilish o‘qituvchiga qattiq jahli chiqish-

dan o‘zini tiyishga, xijolatni, sarosimalikni bosishga yordam be-

radi.  Bardoshlilik va sabr-toqat singari irodaviy sifatlar ham 

o‘zini tuta bilishga yaqin turadi. Bunda kishi azob va qiyinchi-

lik chekishni yenga  

olishga qodir bo‘ladi. Irodali kishi qi-

yinchiliklarga qaramay o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish-

ga intiladi. Shaxsning barcha irodaviy sifatlarini, qo‘zg‘alish 

yoki tormozlanish jarayonining ustunligiga qa rab, guruhlar-




194

ga bo‘lish mumkin. Ba’zan kishi bir xil harakatlarni cheklab 

boshqalar borasida faollik ko‘rsatadi. Intizomlilik va uyushqoq-

lik singari iroda sifatlari ana shu tomonlari bilan farq qiladi. 

Intizom avvalo jamoa talablariga bo‘ysunishdan iborat bo‘ladi. 

Uyushqoqlik kishi o‘zini, ke rak bo‘lsa boshqalardan ham sa-

marali ishlashga majbur qila oladi. Tartibsizlik, o‘z vazifalari-

ga befarq bo‘lish kabilar intizomsizlik va uyushmaganlik-

ning ko‘rinishlari bo‘lib, ular iroda kuchining yetishmasligini 

bildiradi. Intizomsiz kishi boshqalarning ishiga ham muvaffa-

qiyatli rahbarlik qila olmaydi. Batartiblik, aniq lik, puxtalik har 

sohada namoyon bo‘ladi, ular kundalik xulq-atvorda va hatto 

mayda-chuyda bo‘lib ko‘ringan narsalarda ham seziladi.



Irodani tarbiyalashda mashq va treninglar

Har bir kishi irodani tarbiyalash ustida ishlashi zarur. Bar-

cha atoqli kishilar buni tushungan holda, yoshlik yillaridanoq 

irodani mustahkamlash ustida ko‘p ishlaganlar.

Kunlar va soatlar bo‘yicha mashg‘ulotlar, o‘qimoqchi bo‘lgan 

kitoblar ro‘yxatini tuzib chiqish, xulq-atvor qoidalarini belgi-

lab olish va ularning bajarilishini nazorat qilish kabilar irodani 

mustahkamlashga yordam beradi. 19 yoshli L.N. Tolstoy ham 

o‘ziga «irodani rivojlantirish uchun qoidalar» tuzib olgan ekan, 

u bu qoidalarga butun hayoti davomida amal qiladigan kun 

tartibini va ovqatlar ratsionini ham kiritgan edi. Irodani tarbi-

yalashda atrof dagilarning fikri, ularning kishi xulq-atvoriga ijo-

biy ta’siri yordam beradi. Kundalik mehnat shu jumladan o‘qish 

faoliyati ham irodani mustahkamlash uchun yaxshi maktab 

bo‘lishi mumkin. Agar ishda yoki o‘qishda ko‘p qiyinchiliklar 

mavjud bo‘lsa, ularni yengish irodaviy sifatlarni tarbiyalashning 

vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Irodani tarbiyalash uchun o‘z ustida muntazam ish olib bo-

rish kerak, bu ishni iloji boricha erta boshlash zarur. Shaxs-

ning irodaviy sifatlari irodaviy faoliyatda tarkib topishini unut-

maslik kerak. Shuning uchun ham mehnat hamisha irodani 

mustahkamlash ning vositasi bo‘lib kelgan. Har bir ishni oxiri-

ga yetkazish o‘z harakatlarini puxna o‘ylab bajarishga erishish 

juda muhimdir.




195

Irodani tarbiyalash kishi o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadga ham 

bog‘liqdir, bu maqsadni anglash irodani chi niqtirishga yordam 

beradi. Kishi o‘zini qat’iy nazorat qi lishi, o‘z ishini va xulq-

atvorini nazorat qilish odatini o‘zi tarbiyalamog‘i ke rak. O‘z 

irodasini o‘z kamchiliklarini yen gish bilan chiniqtirishi kerak. 

Bu sohadagi har bir muvaffaqiyat kishining o‘ziga  ishonchini 

oshi radi, uni yanada irodaliroq qiladi. Bunda to‘g‘ri hayot ke-

chirish, kun tarti bi, nerv sistemasini umumiy mustahkamlash, 

o‘zining iroda kuchini doi miy mashq qildirib borishdan ibo-

rat jismoniy va psixik chiniqish yordam beradi. Irodani mus-

tahkamlash va chiniqtirishda treninglar ning muhim o‘rni bor.




Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish