ga tushiradigan va ijodiy bo‘ladi. Esga tushiradigan xayol (uni
tasavvur xayoli yoki reproduktiv ishlab chiqarish xayoli ham
deb ataydilar) boshqalar tomonidan bajarilgan tasvirlashlar yo-
ki aks ettirishlar (masalan, chizmalar, sxemalar va h.k.) asosi-
da paydo bo‘ladi. Biz kitob o‘qir ekanmiz, tabiat manzarasi yo-
ki voqealarni tasavvur qilamiz, yozuvchi tasvirlagan obrazni
fikran ko‘ramiz. O‘quvchi tarixni o‘qir ekan o‘z xayolida uzoq
o‘tmish gavdalanadi. Ijodiy xayol obrazlarni (albatta, ilgari-
gi idroklar asosida) mustaqil ravishda yaratishdan iboratdir. Bu
xayol kishining ijodiy faoliyati bilan bog‘langan. Xayolning ana
shu turi esga tushiradigan xayoldan murakkabroqdir. Olim, ixti-
rochi, konstruktorning va umuman biror yangi, original narsani
yaratmoqchi bo‘lgan har qanday kishining faoliyatini ijodiy xa-
yolsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Xayol jarayonlari, shakllari
Insoniyat taraqqiyotining boshlaridanoq kishilar o‘z ehtiyoj-
larini qondirish maqsadida yangi narsalarni o‘ylab topganlar.
Odamlar qo‘llari bilan ishlar ekanlar, eng oddiy mehnat qu-
rollarini ixtiro qilganlar, bu qurollar qo‘llar vazifasini tezroq va
yaxshiroq bajargan. Ayrim san’at asarlari predmetlardan bir xil
xususiyatlar va xossalarni ajratib olish hamda ularni yangidan bir-
lashtirib, uyg‘unlashtirish yo‘li bilan hosil qilingan. Bu timsollar-
ni sintezlashning eng sodda shakli agglutsinatsiya (lot. agglutinare
– yopishtirmoq, yelimlamoq) bo‘lib, kundalik hayotda birlashti-
rib bo‘lmaydigan turli sifatlarni birlashtirib, muayyan tasavvurlar-
169
ni bir-biriga qo‘shib yoki ulardan foydalanib, narsa va hodisalar-
ning yangi obrazlarini yaratishdan iborat xayol fenomenidir.
Agglutsinatsiya yo‘li bilan ertak obrazlari, afsonalar, mult-
filmlar yaratiladi (Suv parisi, tovuq oyog‘ida turgan uycha, hind
afsonalaridagi ko‘p qo‘lli xudolar, yetti boshli ajdar va h.k.). Ho-
zirgi zamon agglutsinatsiyasidan texnik, badiiy ijodi yotda keng
foydalanilmoqda. Masalan, samolyot amfibiya (yunon. amibtos
– ikki yoqlama hayot kechirish), quruqlik va suv ga moslashgan
gidrosamolyot, avtokran, – avtomobil va kran qorishig‘i va h.k..
Tassavvur formalarini o‘zlashtirish jihatidan agglutsinatsiyaga
yaqin turuvchi giperbalizatsiya (yunon. huperbole – bo‘rttirish,
kuchaytirish)dir, ya’ni obrazlarni kattalash tirish yoki kichray-
tirishdir. Xalq ertaklarida jimitdek bola o‘ylab topilgan, Gul-
liver, No‘xotpolvon, Dyumovochka, gnomlar va boshqa obraz-
lar yaratilgan. Rassomning o‘simliklar dunyosidan andaza olib,
naqsh yaratishi sxematizatsiya (yunon. sxema – obraz, shakl vu-
judga keltirish)ga misol bo‘la oladi. Bu usul bilan o‘rtoqlik ha-
zillari, karikaturalar yaratiladi. Tipiklashtirish (yunon. tupos –
iz, chiziq)dan badiiy adabiyot da keng qo‘llaniladi, ular orqali
narsalarning takrorlanadigan muhim tomonlari ajratilib kon kret
obrazlarda gavdalantiriladi. Xa yolning ishlashi uchun bilimlar
nihoyatda zarur bo‘ladi. Xa yoli jamiyat uchun foydali narsalar ni
yaratishga qaratilgan kishilarda bilim ayniqsa ko‘p bo‘ladi. Xa-
yol bunday kishilarni ijod qilishga, gipotezalar yaratishga, ular-
ni tekshirib ko‘rishga undaydi, bilim va tajriba esa kishining fikr
doirasini kengaytirib, fantaziya uchun boy ma’lumot beradi.
a
b
Do'stlaringiz bilan baham: |