Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

19-rasm. a – suv parisi; b – uch boshli ajdarho.


170

Sfinks 


Kentavr

 21-rasm. Sfinks.  

22-rasm. Kentavr.

Xayolning  orzu va fantaziya kabi shakllari farqlanadi. U 

ham mustaqil tarzda yangi obrazlar yaratishdan iboratdir, lekin 

orzu hamisha kelajakka qaratilgan bo‘lib, kishining istaklarini 

ifodalaydi. Ijodiy xayoldan farqli orzu ayni vaqtdagi faoliyatga 

be vosita kiritilmagan bo‘ladi. Orzu qilishning ikki xili: foydali 



va zararli (quruq so‘zlar) orzular bo‘ladi. Ma’lum maqsadga in-

tilgan kishilarning orzulari butunlay boshqacha xarakterga ega 

bo‘ladi. Fantaziya «go‘yo» degan so‘z yordami bilan o‘yinga 

olib kirilgan xayoliy vaziyatdir. Fantaziya o‘yin faoliyatining 

dasturi sifatida namoyon bo‘la oladi. Masalan, bola go‘yoki 

o‘zini shifokor hisoblab kasallarni davolaydi.



Xayol sifatlari

Xayol odatda kechinmalarga boy bo‘ladi. Xayolda tasvir-

lanadigan yorqin manzaralar ko‘pincha yuksak ta’sirchanlik 

oqibatida vujudga keladi. Qo‘rquv tuyg‘usi kishini xayoliy 

xavf-

 

xatarlarni tasavvur etishga majbur qiladi va, aksincha, 



bu xavf-xatarlarni xa yol qilish qo‘rquv tuyg‘usini ko‘p marta 

kuchaytirishi mumkin. Bu narsa quvonch yoki qayg‘u emot-

siyalariga ham taalluqli dir. Xayol ularni kuchaytiradi, bu ke-

chinmalarning o‘zi esa xayolni kuchli ravishda ishlashga un-

daydi. Kuchli va faol xayol surish buyuk mutafakkirga xos zarur 



171

narsalardir. Faktlar, hodisalar va voqealarni noaniq ko‘rsatish, 

bo‘rttirib yuborish yoki kamaytirishga moyillik ko‘pincha xa-

yol ustidan nazoratning yo‘qligi tufayli yuz beradi. Bu sifat ay-

rim bolalarda mavjud bo‘lib ular yolg‘on gapirganlarida ba’zan 

haqiqiy narsa bilan xayoldagi narsani aralashtirib yuboradi-

lar, lekin yillar o‘tishi bilan to‘g‘ri tarbiyalangan bolalarda-

gi bu kamchilik yo‘qoladi. Bunday sifat katta yoshdagi kishi-

da avj olsa ancha yomon bo‘ladi. Bu kishi o‘ziga-o‘zi baho 

berishda, haqiqatda o‘zida yo‘q ustunlik mavjud deb, tasavvur 

qilishi mumkin. Bunday kishi o‘z kamchiliklarini sezmaydi 

va atrofdagi kishilar nafratini qo‘zg‘atuvchi maqtanchoq bo‘lib 

qolishi mumkin. Aksincha, ong tomonidan nazorat qilib tu-

riladigan xa yol o‘z-o‘zini tanqidiy baholashga yordam bera-

di. Chunki kishi o‘zining qanday bo‘lmoqchi ekanligini aniq 

tasavvur qiladi.



23-rasm. Shakllarni fikran ikki qismga bo‘lib  

kvadrat hosil qiling.




172

XAYOL


XAYOL 

TURLARI


XAYOL 

JARAYONI


Ixtiyoriy

Agglutsinatsiya

Ixtiyorsiz

Giperbolizatsiya

Ijodiy

Tipizatsiya



Tiklovchi  

(tasavvur)

Sxematizatsiya

Passiv 


xayol

Aktiv 


xayol

XAYOL SHAKLLARI

FANTAZIYA

ORZU


FOBIYALAR

Agrofobiya

Kaustrofobiya

Monofobiya

Atrofobiya

Eyrotrofobiya

Didaktogen

Yatrogen


Nazafobiya

Ilgari idrok etgan va etmagan predmet va hodisalarni ongimiz-

da yaratishdan iborat bo‘lgan psixik jarayon XAYOL deyiladi.


173

Tarbiyachi mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rar ekan uning bo-

rishini tasavvur qiladi. Xayol yetarli darajada rivojlantirilma-

sa bolalarning intellektual o‘sishlari ham yaxshi rivojlanmay 

qoladi. Tarbiyachi badiiy asarlarni o‘qish yoki aytib be rish bi-

lan shug‘ullanar ekan, muallif gapirgan narsalarni fikran 

tasavvur qiladi. Bola ertak va hikoyalarni eshitayotganda o‘zi 

ko‘rmagan, xayolida o‘ziga notanish tabiat manzarasini tasav-

vur qiladi. Tasavvur obrazlari bo‘lmasa hikoyalarni tushunib 

bo‘lmaydi. Xayol bola shaxsining umumiy rivojlanishiga, xu-

susan, axloqiy tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Xayol ta’siri ostida 

qahramonning ideal obrazi yaratiladi va kishi ana shu obraz-

ga o‘xshash uchun intiladi.


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish