164
laqachonlar o‘lib ketganini aytadi. Shunda tar biyachi qizchani
chaqirib, nima sababdan shunday yolg‘on gapirganini so‘raydi
va urishadi. Qizcha bo‘lsa, yig‘lab buvisi borlarga juda havasi
kelganini va o‘zi xayolida ana shunday buvi yaratganini aytadi.
Ana shunday hollarda, albatta, bolalarni yolg‘onchilikda ayb-
lab bo‘lmaydi.
Nihoyat, xayolning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shun-
daki, agar idrok obrazlari ayni hozirgi
paytdagi narsalar bilan
bog‘liq bo‘lsa, xotira obraz lari o‘tgan zamondagi narsalarning
obrazlarini tiklash bilan bog‘liq bo‘lsa, xayoliy yo‘l bilan yaratil-
gan obrazlar hozirgi va o‘tgan zamongagina emas, balki kelajak
zamonga, odam intilayotgan maqsadlarga qaratilgan bo‘ladi. Ma-
salan, odam kelajakda nima ishlar qilishini xayolan tasavvur qilib
ko‘rishi mumkin.
Xayol turlari
Inson quyidagi holatlarda xayolot olamiga kirib borishi mum-
kin:
1) inson hеch qanday yo‘l bilan hal qilib bo‘lmaydigan masa-
lalar, muammolar iskanjasidan bеrkinish maqsadida;
2) turmushning og‘ir
sharoitlaridan, zahmatlaridan himo-
yalanish niyatida;
3) shaxsiy
nuqsonlarning tarkibidan;
4) ushalmagan armondan;
5) patologik holatga (ruhiy nuqsonga) uchraganda;
6)
alkogolizm, narkomaniya va boshqa vaziyatlarda.
Xayolot (fantaziya) turmushda gavdalanishi mumkin bo‘l-
magan, amalga oshirish imkoniyati yo‘q xatti-harakatlar das-
turini namoyon etib, u passiv (sust) xayol dеb nomlanadi.
Xayolning
bundan tashqari ixtiyoriy, ixtiyorsiz, qay-
ta tiklovchi va ijodiy turlari ham mavjud. Ixtiyoriy xa-
yol qandaydir ijodiy mehnat bilan band bo‘lgan kishi o‘z
xa yolini ishlashga majbir qilganda ro‘y beradi.
Bu hol ba-
diiy asarlarni yaratish jarayonida, ixtirochi,
konstruktor-
ning faoliyatida va hatto qilayotgan narsani o‘ylab ko‘rish va
yaxshi tasavvur qilish zarur bo‘lgan oddiy ishda ham yuz bera-
di.
165
Ixtiyorsiz xayol kishining oldida hech qanday vazifa turmagan
vaqtda, lekin beixtiyor ravishda orzu qilib, xayol sura boshlaganda
paydo bo‘ladi. Ixtiyorsiz xayol kuchli ehtiyojlar tufayli ham pay-
do bo‘ladi. Masalan: odam juda tashna yoki och payti da uning
xayolida turli taomlar, suvlar paydo bo‘la boshlaydi. Shuningdek,
kishining hissiy holatiga ham bog‘liq. Qo‘rqayotgan vaqtda odam
xayoliga qo‘rqinchli obrazlar kela boshlaydi.
Obrazlarning mustaqilligi va originalligiga qarab xayol
Do'stlaringiz bilan baham: