Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Xotira turlari.
O‘zlashtirish va esga tushirish xususiyatlari-
ga ko‘ra xotira bir necha turlarga ajratiladi. Masalan: muzeyga 
uyush tirilgan sayohatni eslar ekanmiz, o‘zimiz ko‘rgan narsa-
larning obrazini va o‘zimiz guvohi bo‘lgan hodisalarni fikran ko‘z 
oldimizda gavdalantiramiz. Bu obraz xotirasidir. Bunda birinchi 
signal sistemasi katta o‘rin egallaydi. Ekskursiya rahbari ning tu-
shuntirishlarini, ular bilan o‘tkazilgan suhbatlarni, ekskursiya-
ga birga borilgan o‘rtoqlar bilan o‘zaro fikr almashuvlarni eslash 
chog‘ida biz ma’no xotirasidan yoki so‘z-mantiq xotirasidan foy-
dalanamiz. Bu xotira ikkala signal sistemasining o‘zaro bir-biri-
ga ta’sir ko‘rsatishiga tayanadi, bunda ikkinchi signal sistemasi 
dominantlik (ustunlik, yetakchilik) rolini o‘ynaydi. Agar biz o‘z 
do‘stimizning boshiga tushgan baxtsizlikni eslasak, bunda biz ya-
na yangidan g‘amginlik yoki hatto musibat hissini kechiramiz, bu 
esa emotsional xotiraning yoki his-tuyg‘ular bilan aloqador xo-
tiraning ko‘rinishidir. Harakatlar bilan aloqador motor yoki ha-
rakat xotirasi (sportchi, raqqosa, suzuvchi va h.k.) deyiladi.
Xotira jarayonlari
Xotira quyidagi jarayonlardan iboratdir:
a) esda olib qolish; 
b) o‘zlashtirilgan ma’lumotni esda saqlash; 
d) esga tushirish va tanish;
e) unutish.
Esda olib qolish va uning turlari. 
Xotira jarayonlari esda
olib qolishdan, ya’ni narsa va hodisalar o‘rtasida aloqa o‘rnatish-
dan iboratdir. Esda olib qolish bosh miya po‘stlog‘ida yuzaga ke-


134
ladigan turli murakkablikdagi assotsiatsiyalarga bog‘liqdir. Xoti-
ramizda nimaiki saqlanayotgan bo‘lsa, shularni ko‘pchiligini biz 
ixti yorsiz ravishda esda olib qolganmiz. Masalan: ko‘chada ketayot-
gan paytimizda oldimizga aniq maqsad qo‘ymagan bo‘lsak ham 
juda ko‘p narsalar ixtiyorsiz tarzda esda saqlanib qoladi. Ko‘pincha 
beixtiyor idrok qilingan narsa va hodisalar esda saqlanib qoladi. 
Lekin esda saqlanib qoladigan ma’lumotga hissiyot ta’sir qilishi 
mumkin. Masalan: bizda bironta hissiyot tug‘diradigan ma’lumot 
hissiyotimizga hech bir ta’sir qilmaydigan ma’lumotga qaraganda 
esimizda ham tezroq, ham mustahkamroq o‘rnashib qoladi.
Ammo odamning hayoti va faoliyati undan ixtiyoriy esda
olib qolishni talab etadi. Maktabda fan asoslarini o‘rganish, 
biron-bir kasb bo‘yicha ishga tayyorgarlik ko‘rish odatda ixti-
yoriy esda qoldirishni talab etadi. Muayyan bilimlarni egal-
lash uchun sistematik va ixtiyoriy ravishda esda qoldirish
 
uqib
olish deb ataladi. Uqib olish maktab o‘quvchilari o‘quv ishining 
muhim qismi hisoblanadi. Ixtiyoriy esda olib qolish deb ko‘zda 
tutilgan maqsadga muvofiq tanlangan ma’lumotlarni ongli ra-
vishda kuch sarf qilib esda olib qolishga aytiladi. Ixtiyoriy es-
da olib qolish anglab, bilib esda olib qolishdir. Masalan: es-
da olib qolishga jazm qilish, maqsadga erishish uchun intilish, 
kerak ma’lumotni tanlash, motivatsiya (nima maqsad bilan esda 
qoldirish kerakligini bilish) – bularning hammasi tafakkur faoli-
yati bilan bog‘liq bo‘ladi. Ixtiyoriy esda qoldirishda iroda ning 
ham ahamiyati katta. Masalan: ba’zi paytlarda esda olib qolish-
ning qiyinchiliklariga duch kelar ekanmiz, bunda albatta iroda 
ishtirok etadi. Ixtiyoriy esda olib qolishning nerv-fiziologik aso-
sida birinchi va ikkinchi signallar sistema doirasida yuzaga kela-
digan shartli reflekslar, muvaqqat aloqalar yotadi. Odatda qiziqish 
yengillik bilan esda qoldirishning eng birinchi shartlaridandir. 
Bizda qiziqish tug‘dirgan narsa tezroq va mustahkamroq esda 
qoladi. Esda qoldiriladigan ma’lumotga bo‘lgan qiziqish diqqa-
timizni o‘ziga jalb etadi, his-tuyg‘ularimizga ta’sir qilib zavq-
lantiradi. Bu esa o‘z navbatida esda olib qolishni kuchaytiradi. 
Ayrim kishilar xotirasining zaifligi analiz qilinganda esda yaxshi 
saqlab qololmasliklarining sababi ular diqqatining bo‘shligida, 
tarqoqligida, ya’ni miya po‘stidagi tegishli qo‘zg‘alish manbala-


135
rining zaifligida ekanligi aniqlangan. Ma’lumotni idrok qilishda 
sezgi organlari qanchalik ko‘p ishtirok etsa, ma’lumot shuncha-
lik tez va puxta esda qoladi.
Ma’lumotni idrok qilishda sеzgi organlari qanchalik ko‘p ish-
tirok etsa, ma’lumot shunchalik tеz va puxta esda qoladi. Bu 
haqda mashhur rus pеdagoglaridan K.D. Ushinskiyning quyi-
dagi gaplari juda ham o‘rinlidir. «Bolaning esida biror narsa ning 
mahkam o‘rnashib qolishini xohlovchi pеdagog, bola sеzgi or-
ganlarining mumkin qadar ko‘prog‘ini – ko‘zi, qulog‘i, tovush 
organi, muskul sеzgisi va hatto, iloji bo‘lsa, hidlash va ta’m bi lish 
organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishga ha rakat 
qilishi kеrak», K.D. Ushinskiyning bu fikri allaqachon amalda is-
bot qilingan.
Ma’lumotni takrorlash ham albatta ixtiyoriy esda olib qo-
lishga ijobiy ta’sir qiladi. O‘tkazilgan tekshirishlardan ma’lum 
bo‘lishicha, asosan uch xil yo‘l bilan takrorlash mavjud:
– surunkasiga takrorlash;
– qismlarga bo‘lib takrorlash; 
– bir yo‘la surunkasiga undan so‘ng yana qismlarga bo‘lib 
takrorlash.
Bu psixologiyada kombinatsiya usuli deb yuritiladi. Esda
olib qolinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni taqsimlashda kishi ning 
tafakkuri va diqqati faol qatnashadi. Binobarin, ma’lumotlarni 
taqsimlash va rejalashtirish jarayonining o‘ziyoq esda olib qo-
lishning sifatiga ijobiy ta’sir qiladi.

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish