Maktabgacha yoshdagi


IV bob. SHAXSNING HISSIY-IRODAVIY



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

IV bob. SHAXSNING HISSIY-IRODAVIY
HOLATLARI
4.1. His-tuyg‘ular. Hissiyot va emotsiya to‘g‘risida tushuncha
Kishilar idrok qilayotgan narsalariga, bajarayotgan va 
o‘ylayotgan narsalariga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar
shaxslar, harakatlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa 
qiladi, yana boshqalari g‘azab, nafratimizni qo‘zg‘atadi. Biz xavf 
ostida qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz, qiyinchiliklarni yen-
gish zavq, shodlik uyg‘otadi. Har bir kishi mehnat qilar ekan, o‘z 
oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish uchun intilar ekan ana shun-
day va boshqa kechinmalarni boshidan o‘tkazadi.
Odamning o‘zi bilgan va bajarayotgan narsaga o‘z munosabati-
ni boshdan kechirishi 
his-tuyg‘ular yoki emotsiyalar
(lot. emo-
vere – qozg‘atish, hayajonga solish) deyiladi. His-tuyg‘ularning 
manbai biz idrok qiladigan, ish ko‘radigan predmetlar va ho-
disalarning xususiyatlari vujudga keltiradigan ehtiyojlar, intilish-
lar, istaklardir. Oddiy nutqda sezish, his qilish tushunchalari ara-
lashtirib yuboriladi. Biz: «Men qo‘rquvni sezyapman», «Og‘riqni 
his qilyapman» deymiz, holbuki, «Qo‘rquvni his qilyapman», 
«Og‘riqni sezyapman» deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Sezgilar biz-
ga narsa va hodisalarning xossalarini bildiradi, his-tuyg‘ular esa 
kishining ichki holatini, uning ana shu narsa va hodisaga mu-
nosabatini ahglatadi. His-tuyg‘ular barcha psixologik jarayonlar 
bilan mustahkam bog‘langan bo‘lib, ko‘pincha ular tomonidan 
keltirib chiqariladi va o‘z navbatida ularga ta’sir ko‘rsatadi. Sezgi-
larning o‘zi ham ko‘pincha kechinmalarimiz ostida o‘zgaradi. 
Kishi kayfiyatiga qarab ayni bir xil predmetni ba’zan turlicha id-
rok qiladi. Vaxshiy hayvonlar to‘g‘risidagi hikoyalardan qo‘rqib 
ketgan bola qorong‘ida shox-shabbani ham bo‘ri deb qabul qili-
shi mumkin, odatda kunduzi shu joydan o‘tayotganda hech qan-
day qo‘rquvni his qilmaydi. 
Emotsiyalar xotiralar bilan mustahkam bog‘langandir. Biz 
boshdan kechirgan, ya’ni muayyan his-tuyg‘u bilan idrok qil-
gan hamma narsa xotiramizda yaxshi saqlanadi, o‘tmish haqida-
gi xotiralar bizda biror his-tuyg‘u uyg‘otadi. Hissiy qo‘zg‘alishlar 


172
yurakda ham aks etadi. Shuning uchun ham qadimgi faylasuf-
lar miyaning ba’zi funksiya larini, ayniqsa hissiyot bilan bog‘liq 
bo‘lganlarini yurak bilan bog‘lashgan.
Sеzgi va idrokdan tortib to tafakkurgacha bo‘lgan barcha opе-
ra t siyalar hissiy o‘zgarishlar bilan kеchadi. Inson tabiati shunday 
tu zilganki, u hissiy voqеalarga ko‘proq ahamiyat bеradi. Hissiyot 
haqidagi dastlabki nazariyalar XX asr boshlarida odam o‘z-o‘zini 
bayon etishiga asoslangan edi. O‘sha davrda ikkita kashfiyotchi 
P. Jеyms va G. Langе nomi bilan atalgan nazariya kеng ko‘lamda 
tarqalgan edi. Jеyms-Langе nazariyasi his-tuyg‘ularning paydo 
bo‘lishini quyidagi tarzda tushuntirib bеradi. Atrof-muhitdagi 
hodisalar odam ruhiyatiga, u orqali esa vеgеtativ nеrv sistеmasiga 
ta’sir o‘tkazar ekan, organizmda muayyan o‘zgarishlarni kеltirib 
chiqaradi. Bu o‘zgarishlar odam tomonidan talqin qilinadi, ay-
nan ana shu talqin hissiyotning o‘zi ekan. Bu jarayon quyidagicha 
ta’riflanadi. Avval odam tanasida qandaydir bir his paydo bo‘ladi, 
masalan, eti jimirlaydi, ko‘zi yosharadi, kеyin esa qalbida qanday-
dir tuyg‘u paydo bo‘ladi.
XX asr boshlanishida Jеyms-Langе nazariyasi juda ko‘p tan-
qidga uchragan bo‘lsada, lеkin so‘nggi paytlarda bu nazariyaga 
qiziqish paydo bo‘lib, bu nazariyaga yaqin turadigan hissiyot ha-
qida yangi nazariyalar paydo bo‘ldi. Bu nazariyalarning paydo 
bo‘lishi ko‘p jihatdan individual psixologiyaning rivojlanishi bi-
lan ham bog‘liq. 
Psixologiyada kuchli his-tuyg‘ular hisoblangan qo‘rquv, ha-
yajon, tushkunlik, rashk odatiy ruhiy faoliyatni izdan chiqara-
di. Bolalarda hislarning tashqi ifodasi juda ham yaqqol namoyon 
bo‘ladi. Katta odamlar o‘zlarining ayni chog‘dagi hissiyotlarini 
yashirishlari mumkin. Lеkin bolalar, ko‘pincha, buning uddasi-
dan chiqa olmaydilar.
Psixik jarayonlar qatori hissiyotlar ham bolalarda juda er ta bosh-
lanadi. Birinchi bosqich – his-tuyg‘u va ehtiyojga qarab qoniqish-
qo niqmaslik birga kеladigan hisdir. Ikkinchi bosqich – ijtimoiy 
hislar: yoqtirish, o‘z-o‘zini yaxshi ko‘rish, xafagarchilik hissidir. 
Birmuncha kеchroq (qariyb uch yoshdan boshlab) bolalarda estеtik 
did hissi rosmana namoyon bo‘ladi. Bola «chiroyli-xunuk» dеgan 
narsalarga aqli yeta boshlaydi. Uchinchi bosqich – hissiyotning 


173
jadal, hattoki, zo‘r bеrib avj olishi, qo‘zg‘aluvchanlikning oshgan-
ligi va maktabgacha yoshda bеqaror bo‘lishi bilan xaraktеrlana di. 
Ayni paytda axloq-odob hissi rivojlana boshlaydi. So‘nggi bosqich 
– bolalarda maktab yoshida oliy hissiyotning rosmana rivojla-
nishi bilan xa raktеrlanadi. His-tuyg‘uni tarbiyalash katta ahami-
yat kasb etadi. U umuman tarbiyaning doimiy hamrohi bo‘lmog‘i 
lozim. 
Pedagog his-tuyg‘ularning ta’lim-tarbiyaviy ishdagi ahami-
yatini esda tutishi lozim. Bolalarda kuchli ijobiy emotsiya-
lar uyg‘otadigan bilimlar bola beparvolik bilan qaraydigan 
ma’lumotlarga nisbatan tezroq va mustahkamroq o‘zlashtiriladi. 
Erishilgan muvaffaqiyatlar va yaxshi xulq-atvor uchun aytiladigan 
maqtovli gaplar odatda bolada yoqimli his-tuyg‘uni uyg‘otadi, 
rag‘batlantiruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ma’qullamaslik, 
tanbeh, jazolashlar odatda bolada yoqimsiz emotsional holatning 
vujudga kelishiga sabab bo‘ladi va bola bunday kechinmalarning 
takrorlanmasligi uchun harakat qiladi. 

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish